Kirish
Hozirgi zamonda elektr energiyasidan xavfsiz, samarali va oqilona foydalanish iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy farovonlik va atrof-muhit muhofazasi uchun katta ahamiyatga ega. Elektrotexnikaviy ekspertiza — bu elektr uskunalar, qurilmalar va tizimlarning texnik holatini baholash, ularning xavfsizlik, ishonchlilik va samaradorligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy-texnik tahlillar majmuasidir. Bu jarayon faqat mavjud holatni baholash bilan cheklanib qolmay, balki elektr tizimlarini yanada yaxshilash, samaradorligini oshirish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ham beradi.
- Elektrotexnikaviy ekspertizaning vazifalari
Elektrotexnikaviy ekspertizaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Elektr tarmoqlari, uskunalar va qurilmalarning texnik holatini to‘g‘ri va xolis baholash; • Mavjud nosozliklar va potensial xatarlarni aniqlash; • Elektr xavfsizligi me’yorlariga rioya etilishini tahlil qilish; • Elektr energiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; • Avariyalar yoki yong‘inlar sabablarini tahlil qilish va ularni oldini olish choralarini tavsiya qilish; • Raqamli texnologiyalar va sensorlar orqali real vaqtda monitoring qilish.
- Zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar
Hozirgi kunda elektr ekspertizasida qo‘llanilayotgan asboblar yuqori aniqlik, tezkorlik va xavfsizlikni ta’minlash imkonini beradi. Quyida ayrim zamonaviy texnologiyalar va uskunalar keltirilgan:
| Asbob/Texnologiya | Qo‘llanish sohasi | Afzalliklari |
| Termovizor | Elektr uzellarida qizish nuqtalarini aniqlash | Kontaktsiz, real vaqtda aniq tahlil |
| Ossillograf | Signallarni tahlil qilish | Yuqori aniqlikda signal formalarini ko‘rish |
| Power Analyzer | Elektr quvvatining sifatini o‘lchash | Aktiv, reaktiv va umumiy quvvatni aniqlash |
| Izolyatsiya testeri | Kabel va uskunalarda izolyatsiya holatini tekshirish | Elektr xavfsizligi uchun muhim |
| IoT sensorlar | Masofadan nazorat qilish | Onlayn kuzatuv va ma’lumotlar arxivlash |
| Vibratsiya analizatori | Elektr motor va generatorlarni tekshirish | Mexanik nosozliklarni erta aniqlash |
- Sxemalar orqali tahlil qilish
Elektroekspertizada sxemalardan foydalanish tahlilni vizual va aniq qilishda katta ahamiyatga ega. Masalan, uch fazali simmetrik yuklamaga ega elektr tarmog‘ining sxemasi orqali tok taqsimoti, kuchlanish tushishi, yuklama balansi va nuqsonli nuqtalarni aniqlash mumkin. Bu sxemalar CAD dasturlari yoki SCADA tizimlari orqali raqamli formatda tahlil etiladi. Sxemalar elektr tarmog‘ining umumiy holatini aniqlash, avariya holatlarini simulyatsiya qilish va ta’mirlash rejalarini tuzishda yordam beradi.
- Ilg‘or imkoniyatlar
Zamonaviy elektr ekspertizasi quyidagi ilg‘or imkoniyatlarni taqdim etadi:
- Distansion monitoring — IoT texnologiyalari yordamida masofadan elektr holatini kuzatish; • AI va mashinali tahlil — katta ma’lumotlar asosida anomaliyalar va xatarlarni avtomatik aniqlash; • Raqamli dvoyniklar — ob’ektlarni raqamli muhitda modellash va tahlil qilish; • Avtomatlashtirilgan hisobot tuzish — real vaqtda ma’lumotlarni tahlil qilib hisobot tayyorlash; • Ob’ektning texnik holati to‘g‘risida prognoz berish – profilaktika ishlarini samarali tashkil etish.
Xulosa
Elektrotexnikaviy ekspertiza nafaqat mavjud tizimlarning holatini baholash, balki ularni yanada takomillashtirish, xavfsiz va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash uchun ham muhim vosita hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarning joriy etilishi bu sohani yangi bosqichga olib chiqmoqda. Shu boisdan, elektr tizimlari bilan ishlovchi har qanday tashkilot, korxona yoki shaxs ushbu imkoniyatlardan foydalanishi kerak. Elektroekspertizaning rivojlanishi esa barqaror energetika tizimlarini yaratish va xavfsiz faoliyatni ta’minlashga xizmat qiladi.
YoTEL katta eksperti A.D.Pardaboev