Davlat moliyasini boshqarishni isloh etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning tarkibiy qismi sifatida, davlat xaridini tashkil etishni tubdan isloh etish, uni tartibga soluvchi huquqiy bazani shakllantirish, davlat xarajatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Davlat xarajatlarining muhim tarkibiy qismi sifatida davlat xaridi alohida o‘ringa ega. Ma’lumki, davlat o‘z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator xarajatlar qilishi zarur. Ushbu xarajatlar, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli tarmoqlarga investitsiya qilishga, aholining turmush darajasini ko‘tarishga xamda ijtimoiy vazifalarni bajarishga qaratilgan, davlatni boshqarish, mudofaani ta’minlash kabi aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan, rejalashtirilgan xarajatlardan iborat bo‘ladi. Umumdavlat xarajatlari, asosan, davlat budjeti va davlatning boshqa markazlashtirilgan fondlari orkali moliyalashtiriladi.
Davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish mexanizmining samarali bo‘lishi, ko‘p jihatdan, davlat xaridi uchun karor qabul qilayotgan davlat xizmatchilarining malaka darajasi, professional tayyorgarligi va haqqoniyligiga bog‘liq. Ko‘pgina davlatlarda davlat xaridi bilan shug‘ullanadigan xodimlarni tayyorlash va ular malakasini oshirish bevosita hukumatning zimmasiga yuklatilgan vazifasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yuqoridagi ko‘rsatilgan yo‘nalishlardagi muammolarni bartaraf etishga katta e’tibor qaratilmoqda va davlat xaridini amalga oshirishda ishtirok etuvchi boshqa sub’ektlar ishtirokida, davlat xaridi jarayonining mexanizmlarini hamda uning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha faol ish olib borilmokda. Xususan, davlat xaridi tizimini boshqarish bo‘yicha tizimli yondashuvga bo‘lgan talab hamda davlat xaridining iqtisodiyotning ayrim sohalariga bo‘lgan ta’sir etuvchi mexanizm sifatida foydalanish strategiyalari shakllantirilmoqda.
Davlat xaridlarida xarid qilingan mahsulotlarni shartnomada ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini aniqlash uchun kuyidagi elementlardan foydalanish samarali yo‘nalish hisoblanadi: davlat xaridlarida xarid qilingan mahsulotlarni shartnomada ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini aniqlash yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish; davlat xaridi siyosatini davlatning iqtisodiy siyosati maqsadlariga muvofiqlashtirish; davlat xaridi sohasidagi amalga oshirilayotgan siyosatni monitoring qilish va baholashni tatbiq etish, davlat xaridlari siyosatini davlat iqtisodiy siyosati maqsadlariga muvofiqlashtirish; davlat xaridlari sohasida amalga oshirilayotgan siyosatni monitoring qilish va baholash.
Qayd etish lozimki, shartnoma taraflari tomonidan xarid qilingan mahsulotlarni shartnomada ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini aniqlash, davlat xaridlari tizimini tahlil qilish, uning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish dolzarb hisoblanadi.
Bugungi kunda sud-ekspert tadqiqotlarining holisligini, har tomonlamaligini, to‘liqligini va ilmiy asoslanganligini ta’minlash maqsadida sud-tovarshunoslik ekspertizalarning sinfiga kiruvchi alohida tur hisoblangan xarid qilingan mahsulotlarni shartnomada ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini aniqlashda zamonaviy uslubiyotning asoslarini takomillashtirish, davlat xaridlari tizimini o‘zgarishi natijasida ekspert tadqiqotlarini yangi tizimga xoslash, tadqiqot o‘tkazishni tartibga soluvchi yagona uslubiyot yaratish majburiyati yuzaga keldi.
Qolaversa, sud-tergov idoralari tomonidan ekspert xulosasini ish uchun ahamiyatli dalil sifatida baholashda xulosaning yetarli darajada ilmiy asoslanganligiga shubha tug‘ilmasligi uchun ekspertning qayd etilgan faoliyatini tartibga soluvchi yagona uslubiy qo‘llanma zarur.
Davlat organlari tomonidan davlat xaridlari yo‘li bilan sotib olingan tovarlar ekspertizasining dolzarbligi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi O‘PQ-684-sonli “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda RSEMda sud-tovar ekspertizasini o‘tkazishni tartibga soluvchi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talablari bilan tartibga solinadi.
Ekspertlik tadqiqotining asosiy vazifasi – davlat xaridlari tushunchasi, shartnoma taraflari tomonidan xarid qilingan mahsulotlarni shartnomada ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini aniqlash predmeti, ob’ekti, ekspertiza imkoniyatlari, hal etadigan masalalar doirasi, ekspert vakolatlari, shuningdek ushbu tadqiqotni o‘tkazishda axborot tashuvchilarni tadqiq qilish usullari to‘g‘risida tushuncha berishdan iborat.
Ekspertlik tadqiqotini o‘tkazishning asosiy maqsadi bo‘lib, shartnoma taraflari tomonidan xarid qilingan mahsulotlarni shartnomada ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini aniqlash va tadqiqotlar uslublarini qo‘llash qobiliyatini shakllantirish; jinoiy, iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yurituvida ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan holatlarni aniqlash uchun davlat xaridi obektlarining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni o‘zida mujassam qilgan hujjatlarni tadqiq qilish, ularni tahlil qilish, qayd etish maqsadida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish; tadqiqotni bajarish uchun uslubiy asos yaratish; shartnoma taraflari.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi
Respublika sud ekspertizasi markazi
Tovarshunoslik ekspertizasi bo’limi mudiri A.I.Pak