Transport vositalarini haqiqiy yurgan masofasini aniqlashda e’tibor beriladigan muhim jihatlar

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada transport vositalarining real bosib o‘tgan masofasini aniqlashdagi asosiy metodlar, diagnostik qurilmalar yordamida ma’lumot olishda e’tibor berilishi zarur bo‘lgan muhim jihatlar, odometr manipulyatsiyasi xavfi va ushbu ko‘rsatkichlarning sud-avtotexnika ekspertizasidagi roli ilmiy asosda tahlil qilinadi.
ANNOTATION: This article scientifically analyzes the main methods for determining the actual distance traveled by vehicles, important aspects that need to be considered when obtaining information using diagnostic devices, the risk of odometer manipulation, and the role of these indicators in forensic automotive examination.
АННОТАЦИЯ: В данной статье на научной основе анализируются основные методы определения реального пробега транспортных средств, важные аспекты, на которые необходимо обратить внимание при получении информации с помощью диагностических устройств, риск манипулирования одометром и роль этих показателей в судебно-автотехнической экспертизе.
Kalit so‘zlar: LAUNCH X-431 PAD, kilometraj, ODO CHECK, ECU, BCM, TCM, ABS, odometr rollback.
Keywords: LAUNCH X-431 PAD, mileage, ODO CHECK, ECU, BCM, TCM, ABS, odometer rollback.
Ключевые слова: LAUNCH X-431 PAD, пробег, ODO CHECK, ECU, BCM, TCM, ABS, откат одометра.
Avtomobil bozorida keng tarqalgan muammo – bu spidometr ko‘rsatkichlarini sun’iy tarzda kamaytirishdir ya’ni xalq tilida probegini aylantirish. Bu orqali avtomobil “kam yurgan” deb ko‘rsatilib, uning narxi oshiriladi yoki boshqa manfaatlar uchun foydalaniladi. Ushbu holat ko‘plab huquqiy nizolar, shikoyatlar, hatto jinoiy ishlarning sababiga aylanmoqda. Bunday vaziyatlarda sud avtotexnika ekspertizasi asosiy hal qiluvchi rolni o‘ynaydi, ayniqsa transport vositasining real ekspluatatsion holati va haqiqiy yurgan masofasini aniqlashda.
Avtotransport vositalarining haqiqiy masofani aniqlash ishonchli, ancha murakkab va texnik bilimlarga asoslangan yondashuvni talab etadigan tadqiqotlardan biri hisoblanadi.
Avtotransport vositalarining texnik holatini monitoring qilish va ekspluatatsion parametrlarini tahlil etish zamonaviy diagnostik qurilmalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. LAUNCH X-431 PAD kabi zamonaviy skanerlar avtomobil tizimlaridagi raqamli kodlar orqali turli diagnostik ma’lumotlarni uzatish imkonini beradi. Ayniqsa, avtomobilning umumiy bosib o‘tilgan masofasi (kilometraj) bo‘yicha aniq ma’lumot olish sud-avtotexnika ekspertizasida muhim o‘rin tutadi . Maxsus asbob uskunalarga o‘tsak, biz bilamizki har qanday zamonaviy avtomobil ichki diagnostik sensorlar asosida ishlaydigan elektron boshqaruv bloklari bilan jixozlangan bo‘lib, barcha g‘ayritabiiy (elektron nosozliklar boʼiycha) maʼlumotlar kontroller xotirasiga yozilib qolish va uni saqlab qolish imkonini beradi. Butun dunyo boʼylab boshqaruv bloklaridan maʼlumot olish uchun diagnostika skanerlari va ushbu bloklar bilan “axborot almashish” imkonini beradigan tizimlar qoʼllaniladi. Markaz ekspertlari ixtiyorida zamonaviy Launch X431 PAD V skaneri boʼlib, ushbu skaner eng zamonaviy diagnostik uskunalardan biri boʼlib, 100dan ortiq avtomobillarini elektron tizimdagi maʼlumotlarni olishga imkoniyat beradi. Ekspertlar uchun eng muhim maʼlumotlar, yaʼni avtomobilda YTHdan oldin nosozliklar mavjud boʼlganmi, agar mavjud boʼlgan boʼlsa, ushbu nosozliklar YTHga taʼsir qilganligi toʼgʼrisidagi faktlarni aniqlash imkonini beradi. Shu bila birga, bir qator horijiy transport vositalardagi elektron bloklar YTH vaqtidagi tezlik toʼg‘risidagi maʼlumotlarni saqlab qoladi va ushbu maʼlumotlarni ham maxsus skaner yordamida aniqlash imkoniyati mavjud boʼladi .
Launch X431 PAD  skanerida “ODO CHECK” nomli maxsus dasturi mavjud bo‘lib ushbu dastur orqali avtomobillalarning ishlab chiqarilgan vaqtidan hozirgacham bo‘lgan vaqtda bosib o‘tgan masofasini aniqlashda foydalaniladi .
Transport vositalarining real bosib o‘tgan masofasini aniqlashdagi asosiy metodlar, diagnostik qurilmalar yordamida ma’lumot olishda e’tibor berilishi zarur bo‘lgan muhim jihatlar, odometr manipulyatsiyasi xavfi va ushbu ko‘rsatkichlarning sud-avtotexnika ekspertizasidagi roli ilmiy asosda tahlil qilinadi. “ODO Check” — bu avtomobilning odometr (kilometraj) ko‘rsatkichlarini aniqlash, tekshirish va ba’zi hollarda boshqa modullardagi (masalan, ABS, TCM) mos ravishda saqlangan masofa bilan solishtirish imkonini beruvchi dasturiy modul.
Bu funksiya yordamida quyidagilar aniqlanadi: haqiqiy bosib o‘tgan masofa (odometr qiymati), manipulyatsiya ehtimoli (agar ECUda saqlangan masofa bilan indikatorlar mos kelmasa) avtomobilning texnik eskirish darajasi bir nechta boshqaruv bloklaridagi (ECU, BCM, TCM, ABS) masofa ko‘rsatkichlari. Transport vositalari masofasini aniqlash usullari; Odometr o‘qish: transport vositasining boshqaruv panelidagi ko‘rsatkich .
– ECU (Electronic Control Unit) orqali o‘qish: diagnostik qurilmalar yordamida elektron blokdagi ma’lumotlarni olish.
– Qo‘shimcha elektron modullar (ABS, TCM, BCM) orqali ma’lumot solishtirish.
– Xizmat ko‘rsatish tarixlari, texnik xizmat ko‘rsatish jurnalini tahlil qilish.
Odometr ko‘rsatkichlarining ishonchliligi va manipulyatsiya xavfi;
– Odometr qiymatlari texnik aralashuv (odometr rollback) orqali o‘zgartirilishi mumkin.
– Haqiqiy masofani aniqlash uchun bir nechta manba – ECU, ABS, TCM bloklaridagi ma’lumotlar solishtiriladi.
– X-431 PAD, Autel Maxisys, Bosch KTS kabi skanerlar yordamida ko‘p modullar bilan ishlash imkoniyati mavjud.
Transport vositalarining real bosib o‘tgan masofasini aniqlashdagi asosiy metodlar, diagnostik qurilmalar yordamida ma’lumot olishda e’tibor berilishi zarur bo‘lgan muhim jihatlar, odometr manipulyatsiyasi xavfi va ushbu ko‘rsatkichlarning sud-avtotexnika ekspertizasidagi roli ilmiy asosda tahlil qilinadi.
Transport vositalari masofasini aniqlash usullari: Odometr o‘qish: transport vositasining boshqaruv panelidagi ko‘rsatkich.
– ECU (Electronic Control Unit) orqali o‘qish: diagnostik qurilmalar yordamida elektron blokdagi ma’lumotlarni olish.
– Qo‘shimcha elektron modullar (ABS, TCM, BCM) orqali ma’lumot solishtirish.
– Xizmat ko‘rsatish tarixlari, texnik xizmat ko‘rsatish jurnalini tahlil qilish.
– Odometr qiymatlari texnik aralashuv (odometr rollback) orqali o‘zgartirilishi mumkin.
– Haqiqiy masofani aniqlash uchun bir nechta manba – ECU, ABS, TCM bloklaridagi ma’lumotlar solishtiriladi.
ODO Check — avtomobilning elektron boshqaruv bloklarida saqlanadigan odometr ko‘rsatkichlarini o‘qiydigan diagnostik vositadir. U quyidagi tizimlar bilan ishlaydi:
– ECU (Engine Control Unit)
– BSI (Body System Interface)
– TCU (Transmission Control Unit)
– ABS (Anti-lock Brake System)
Sud avtotexnika ekspertizasi doirasida avtomobilning texnik holatini baholashda yurgan masofa (odometr ko‘rsatkichlari) asosiy diagnostik ko‘rsatkichlardan biridir. So‘nggi yillarda avtomobil elektron tizimlarining murakkablashuvi diagnostika dasturlarining ahamiyatini oshirmoqda. Ayniqsa, ODO Check dasturi ushbu jarayonni avtomatlashtirish va aniqlik bilan o‘tkazish imkonini bermoqda.
Dastur CAN-BUS yoki K-Line protokollari orqali avtomobil elektron tizimlariga ulanadi. Yurgan masofa ba’zida bir nechta modulda saqlanadi. Bu esa manipulyatsiyani aniqlash imkonini beradi.
Germaniyada TÜV sertifikatlashtirish tizimida ODO Check analoglari avtomobil tarixini tekshirishda keng qo‘llaniladi. AQShda Carfax yoki AutoCheck platformalarida ham dasturiy ma’lumot asosida avtomobil “yurgan masofa tarixchasi” taqdim etiladi. Rossiyada “Единая база технического осмотра” orqali avtomobil yurgan masofasi monitoring qilinadi.
Dastur orqali olingan natijalar ekspert xulosasiga ilova qilinadi. Yurgan masofa bo‘yicha farqlar aniqlansa, bu firibgarlik sifatida huquqiy baholanadi. ODO Check orqali rasmiy diagnostika shakllantiriladi va xulosa sifatida taqdim etiladi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkin: ODO Check dasturi sud avtotexnika ekspertizasida transport vositalarining ekspluatatsion tarixini aniqlashda zamonaviy va ishonchli vosita hisoblanadi. U avtomobil yurgan masofasining real holatini aniqlash orqali firibgarlik holatlarini fosh etadi; eskirish darajasini baholashga yordam beradi; texnik nosozliklar sababini aniqlaydi va ekspertiza xulosalarini dalillarga asoslaydi.
Transport vositalarining yurgan masofasini aniqlashda sud avtotexnika ekspertizasi – nafaqat texnik, balki huquqiy jihatdan ham asosli dalil sifatida xizmat qiluvchi asosiy vositadir. Ushbu ekspertiza: Sud va tergov organlariga ishonchli dalillar taqdim etadi. Zamonaviy diagnostik vositalar va ekspert metodikalarining uyg‘unligi avtomobil savdosi va texnik xavfsizlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
 1. Sud-avtotexnika va sud-transport baholash ekspertizalarini bajarish jarayonida «launch x-431 pad v» universal avtomobil skanerlardan foydalanish (ekspertlar uchun metodik tavsiyalar), Toshkent, 2022
  2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi — sud-avtotexnika ekspertizasi qo‘llanmalari, 2022.
 3.  Launch X431 PAD III user manual, 2023.
 4. Тихомиров В.Ю. “Диагностика электронных систем автомобилей”, Москва, 2021.
Umidillaev Qahramon Hasanovich
Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya
vazirligi X.Sulaymonova nomidagi
Respublika sud ekspertizasi markazi
Sud avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi mudiri