Zamonaviy dunyoda aholini to‘q va boy yashayotgani bildiruvchi belgilardan biri ularni qanchalik ko‘p, sifatli, xavfsiz parfyumeriya va kosmetika maxsulotlari brendlaridan erkin, davomiy foydalanish imkoniyatlarining yaratilganligi va sharoitlarining mavjudligi ko‘rsatib beradi.
Kosmetika va parfyumeriya mahsulotlarining sanoati Respublikamizda rivojlanishi juda orqada bo‘lsada biroq bu mahsulotlaga talab katta, va ular odatda chet eldan import qilinadi. Respublika xududida deyarli ishlab chiqarilmaydi. Shuning uchun Respublikamizda kosmetika va parfyumeriya mahsulotlarining kontrafakt va falsifikatsiya qilinmaydi deb bemalol aytishimiz mumkin.
Kosmetika va parfyumeriya mahsulotlari Respublikamizga asosan Xitoy, Turkiya, Eron, Koreya kabi davlatlardan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan import qilinib olib kelinadi.
Kosmetika va parfyumeriya mahsulotlarining birinchi navbatda Maishiy xizmat xodimlar(sartorosh, parikmaxer, vizajist dizayner, moda sanoatida ishlovchi modellar)i kу́proq foydalanishadi va ular tomonidan reklama va realizatsiya qilinadi.
Kosmetika va parfyumeriya mahsulotlari Respublikamizda har qanday ochiq yoyma bozorlardan tortib nufuzli savdo markazlarining bo‘limlarida erkin narxlarda sotiladi.
Kosmetika va parfyumeriya sanoati bugungi kunda juda ko‘plab davlatlarda ommaviy va arzon sifatsiz mahsulotlarni ist’molchilarga taqdim etmoqda ularning ba’zilari esa inson xayoti uchun xavflidir.
Bugungi kunda dunyodagi har bir mamlakatda qonun bilan belgilangan kosmetika ro‘yxati mavjud bo‘lsada, ba’zi mamlakatlarda sovun kosmetikaga tegishli ro‘yxatga kiritilmagan. Jahon Oziq-ovqat va Farmasevtika idorasi kosmetikani “inson tanasiga surtish, qo‘yish, sochish yoki purkash, in’eksiya qilish yoki boshqa yo‘l bilan qo‘llash mumkin bo‘lgan deyarli hamma narsa sifatida belgilaydi. Kosmetika va parfyumeriya sanoati garchi bir soxaga oid bo‘lsada ularni maxsulotlarini alohida alohida holda tasnif qilish turli anglashilmovchiliklarni oldini oladi. Xullas Kosmetik mahsulotlarga quyidagilar kiradi:
- Teri uchun kremlar
- Losionlar
- Parfyumeriya
- Lab bo‘yog‘i
- Tirnoq bo‘yoqlari
- yuz va ko‘zni bo‘yash vositalari
- Sochni kimyoviy jingalaklashtirish vositalari
- Soch bo‘yoqlari
- Tish pastalari
- Dezodorantlar kiradi
Kosmetika mahsulotlari odam tanasidagi kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun ishlatiladigan dorilar vositalaridan farqli o‘laroq, tananing tuzilishi yoki funksiyalarini o‘zgartirmaydi yoki ta’sir qilmaydi.
- Yuz terisini parvarish qilish uchun quyidagi kosmetika turlari mavjud:
- Yuz uchun Tonal krem,
- Kukun(pudra)lar Kukun (pudra)lar presslangan yoki maydalangan shakllarda,
- Suyuq, qaymoqli yoki kukunli mahsulotlar.
- Ko‘zni bo‘yanish uchun rangli kremlar
- Ko‘z uchun qalam va ko‘z qopqog‘i asosan o‘qlarni chizish uchun
- Kirpik o‘sishi chizig‘ini vizual ravishda ta’kidlash uchun
- Qoshlar uchun maxsus qalamlar
- Lablar chetini bo‘rtirish uchun maxsus lab qalamlari
- Qoshlar uchun maxsus qalamlar
Turli xil tozalash vositalari gellar, ko‘piklar, kremlar, mitsellyar suvi, yog‘li eritmalar emulsiya qiladigan va bo‘yanishni olib tashlaydigan yog‘ga asoslangan eritma, yumshoq jeleli sut, yuz yuvish kremi zich silikon asosidagi bo‘yanishni eritadigan gidrofil moylar.
Toniklar odatda suv, limon kislotasi, o‘simlik ekstraktlari va boshqa ingredientlarni va faol moddalarni o‘z ichiga oladi va choy daraxti yog‘i, salitsil kislotasi yoki glikolik kislota kabi ba’zi teri turlariga mo‘ljallangan.
Yuz niqoblari kosmetika mahsulotlari singari, niqoblar ham maqsad va harakat jihatidan farq qiladi. Loyli, tuproqli niqoblar.
Pilling mahsulotlari-terining ko‘rinishini yaxshilash uchun terining yuqori qatlamidan o‘lik teri hujayralarini olib tashlashga yordam beradigan mahsulotlar. Bunga eksfoliantlar fizik va kimyoviy bo‘linadi. skrablar abraziv po‘stlar: sho‘r suvlar, tuz, shakar, maydalangan meva urug‘lari bilan skrablar, qahva.
Kimyoviy skrablar terining sirtini muloyimlik bilan jilolaydilar, shuningdek qo‘shimcha foydali xususiyatlarga ega.
Niqoblar odatda gelga o‘xshash mustahkamlikka ega, ular terini tozalashga yordam beradigan kislotalarni, terini namlashni, ajinlarni tekislashni yoki notekis teri rangini tuzatish uchun boshqa ingredientlarni o‘z ichiga oladi.
Kimyoviy eksfoliantlarga limon kislotasi, sirka kislotasi, olma kislotasi, bodom yog‘i, yog‘ kislota, sut kislotasi, salitsil kislotasi, papain va bromelin kiradi. Kimyoviy eksfoliantlar asosan ferment toifalariga kiradi. Matoli niqoblari yuzning konturi bo‘ylab kesilgan, ko‘zlari va lablari uchun teshiklari bo‘lgan yupqa paxta yoki tolali varaqdan iborat bo‘lib, unga terini parvarish qilish vositalari yupqa qatlamda surtiladi; shuningdek, bu salfetkalarni turli vosita bilan namlash mumkin, masalan, gialuron kislotasi yoki kofein, va hokazo.
Kosmetika mahsulotlari ma’lum funksiyalarni bajaradigan turli xil ingredientlardan iborat bo‘ladi . kosmetika mahsulotlarining ingredientlari bir necha guruhlarga bo‘linadi:
- Abrazivlar-bu boshqa materiallarni mexanik qayta ishlash uchun massiv yoki maydalangan holatda ishlatiladigan qattiqligi yuqori bo‘lgan materiallar.
- Tabiiy abraziv chaqmoq tosh, korund, ko‘pik toshlar granit, va boshqalar.
- Absorberlar (absorbentlar)
- Antimikrob moddalar.
- Antioksidantlar organik birikmalarning oksidlanishini sekinlashtiradigan yoki oldini oladigan tabiiy yoki sintetik moddalardir.
- Antistatik vositalar, statistik elektr energiyasini kamaytiradigan moddalar shampunlar va sochlar uchun konditsionerlarda ishlatiladi.
- Pigmentlar
- Erituvchilar
- Buyoqlar
- Qazg‘oqqa qarshi vositalar v xk.z lar kiradi.
Xullas kosmetika mahsulotlari ikki asosiy guruhga bo‘linadi: gigienik (sovun, losion va boshqalar.) va dekorativ kosmetika (lab bo‘yog‘i, makiyaj va boshqalar.).
Kosmetikada odam tanasidagi terini tozalash, pardozlash, yoshartishish, parvarishlash,va uni jozibadorlikni oshirish yoki tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish uchun “Rossiyada kosmetika ro‘yxatiga aromaterapiyaning asosiy vositalari bo‘lgan efir moylari ham kiritilgan.
Parfyumeriya maxsulotlari kosmetik maxsulotlarning ajralmas tarkibiy qismi hisoblansada biroq ularning ham o‘ziga xos turlarga ajratish mumkin. Bular quydagilar:
- Atir (Duxi)-bu bitta xid bo‘yicha (aromatik -parfyumeriya) kompozitsiyaga xam oxang ravishda birlashtirilgan turli xil efir moylarining to‘plamidir. U -parfyumeriya mahsuloti bo‘lib, kosmetik maqsadlar uchun ishlatsa bo‘ladigan kuchli hid taratuvchi suyuqlikdir.
- Aromatik suyuqliklarning spirtli eritmalari ham parfyumeriya vositasi sifatida ishlatiladi.
- Parfyumerlangan suv
- Vaqtinchalik xushbo‘ylik beruvchi (tualetnaya voda) suv.
- Odekolon
- Dezodorant
- Soqol olingandan keyin ishlatiladigan suyuqliklar
- Quruq duxi (paket)
- Sinovchi- testerlar
- Qo‘shimcha parfyumeriya mahsulotlari
Parfyumeriya mahsulotlari, odekolon, dezodarnt bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda ko‘plab parfyumeriya brendlari asosiy parfyumeriya mahsuloti bilan birga qo‘shimcha mahsulotlarni o‘z ichiga olgan to‘plamlarni ishlab chiqarishga harakat qilmoqda. Turli brendlar o‘z assortimentini dezodorantlar, dush gellari, kremlar, soqol olingandan keyin ishlatiladigan losionlar, spreylar, parfyumeriya moylari, choyshab, kiyim va pardalar uchun atirlar, shamlar va diffuzorlar bilan kengaytirmoqda.
CIDESCO- xalqaro kosmetologiya va estetika qo‘mitasi kosmetik va parfimeriya mahsulotlarni tasniflaydigan nufuzli tashkilot hisoblanadi. Aynan ushbu nufuzli tashkilot kosmetika va parfimeriya mahsulotlarini quydagi segmentlarga ajratadi, aynan ushbu tasnif umumiy qabul qilingan deb hisoblanadi, ular quydagilar: ommaviy bozor(mass market), o‘rta bozor middle market), Luks (hashamatli), professional va kosmetsevtikaga.
Kosmitsevtika zamonaviy dunyoda kosmetika farmasevtika bilan birlashish tendensiyasi oqibatida klib chiqqan yangi yo‘nalishdir. U kosmetika va dorilar aralashmasi bo‘lgan yangi kosmetika turidir. Bu soha “kosmetsevtikalar” deb ataladi. Biroq, ko‘plab mamlakatlar ushbu sohasini inson salomatligi uchun xavfli deb hisoblaydi va ishlab chiqaruvchilardan dori-darmon va kosmetika vositalarini aniq ajratishni talab qiladi.
Kosmetika va parfimeriya mahsulotlari falsifikat va kontrafakt qilinish xavfi yuqori bo‘lgan mahsulotlar turlaridan biridir. Bunga sabab ularning narxini qimmatligidir. Kosmetika va parfimeriya mahsulotlarini qalbakilashtirish yildan yilga oshib borining o‘zi bugungi kunda ham ularni qalbakilashtirishga qarshi kurashish dolzarbligini ko‘rsatadi.
Kosmetika va parfyumeriya mahsulotlari mavzusi bu katta mavzu bo‘lgani uchun bir maqolada ko‘plab ma’lumot berish imkoniyati yo‘q deb hisoblaymiz shu sabab ulardan foydalanishga doir qisqacha tafsiyalar keltiramiz:
Kosmetika va parfyumeriya maxsulotlarni qo‘llashda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya eting.
Sotib olingan kosmetika va parfyumeriya mahsulotini yo‘riqnomasi bilan to‘liq tanishib chiqing.
Kosmetika va parfyumeriya mahsulotidan foydalanishda ularning yo‘riqnomadasida ko‘rsatilmagan maqsadlarda foydalanmang.
Kosmetika va parfyumeriya maxsulotlarini yoqish, birovga purkash, sepish, ularni ichish va yeyish mutlaqo mumkin emas.
Kosmetika va parfyumeriya mahsulotidan foydalanish jarayonida ularning yo‘riqnomadasida ko‘rsatilmagan maqsadlarda foydalanganingizda bilinki, ishlab chiqaruvchi bu mahsulotlarning xavfsizligiga javobgar emas. Buni yodingizda tuting.
Kosmetika va parfyumeriya mahsulotlarini uch yoshgacha bo‘lgan bolalardan uzoqroq, ularni qo‘li yetmaydigan xavfsiz joylarda saqlang.
Kosmetika va parfyumeriya mahsulotlarini sizda va oila a’zolaringizda xususan voyaga yetmagan farzandlaringizda alergiya qo‘zg‘asa zudlik bilan vrachga murojat eting.
Kosmetika va parfyumeriya maxsulotlarini instruksiya bo‘yicha to‘g‘ri saqlang.
Kosmetika va parfyumeriya maxsulotlarini ishlatishda yaroqlilik muddatiga doimo e’tibor bering.
Ishlatib bo‘lingan va eskirgan kosmetika va parfyumeriya mahsulotlarini paketlarga solib, ustini mahkam yopib ajratilgan masxsus axlat qutilariga ularni qayta ishlashga yoki yo‘qotib yuborishga tashlang.
Siz ishlatib bo‘lgan va ekirgan kosmetika va parfyumeriya maxsulotlarini atrof muhit, xayvonot va o‘simlik dunyosiga ekologik jihatdan xavf tug‘dirishini unutmang.
S.S. Ataxodjaev MABKE laboratoriyasi katta eksperti
A.G‘. Asilbekov MABKE laboratoriyasi eksperti