Mamlakatimiz o‘zining transport sanoatiga erishganidan so‘ng shaxrimiz ko‘chalarida transport vositalarining soni yildan yilga ortib bormoqda. Shu bilan birga afsuski yo‘l transport xodisalari soni xam ortib bormoqda. Yo‘l xarakati xavfsizligini ta’minlash masalasini xal kilishda xuquqiy mexanizmlar sezilarli o‘rin egallaydi. Yo‘l transport xodisasida transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar mikdorlarini aniklashda transport-baxolash ekspertizasi muxim omil vazifasini o‘taydi. Transport-baxolash ekspertizasini o‘tkazish orkali tergov xamda surishtiruv organlari yoki sudlar tomonidan yo‘l transport yoki boshka xodisa natijasida avto-moto transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar miqdori, ularning ta’mirlashga sarflanadigan mablag‘ miqdori yoki avto-moto transport vositasining narxi aniklanadi.
Transport-baxolash ekspertizasida quyidagi masalalar xal etiladi:
- avto-moto transport vositalarining va uskunalarining turi, rusumi, modeli, ishlab chikarilgan vakti, ularning texnik pasportlari yoki boshka ilova xujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mosligini tekshirish (agar buning uchun boshka turdagi ekspertiza o‘tkazish talab qilinmasa);
- avto-moto transport vositalarining shikastlanishining xususiyatlari va ularning bartaraf qilish usullarini aniklash;
- avto-moto transport vositalarining ta’mirlash ishlarining qiymatini aniqlash;
- avto-moto transport vositalarining baxosini aniklash;
- avto-moto transprt vositalarining extiyot kismlarini narxini aniklash;
- avto-moto transport vositalarining tovar kiymatini yo‘kotish miqdorini aniqlash;
- avto-moto transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar mikdorini aniklash;
- avto-moto transport vositalarining eskirish kiymatini aniklash;
- avto-moto transport vositalarining tiklashga sarflanadigan mablag‘ni aniklash bo‘yicha tegishli xisoblarning amaldagi normativ xujjatlarga mos kelishini tekshirish.
I.Qurbonov X.Sulaymonova nomidagi RSEMning Namangan viloyat bo‘limi mudiri