Jamiyatimizda bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi jinoiy-huquqiyga qaraganda fuqarolik huquqiy munosabatlarning ustunligiga va huquqning sugʼurta va moliyaviy sohalari rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ekspertlik amaliyoti sud-tergov va surishtiruv murojaatlarining koʼp darajada oshganligini, shuningdek, bozor rivojlanishi bilan sugʼurta va bank xizmatlarining, sud transport-baholash ekspertizalarini oʼtkazish haqida yoki mutaxassis fikrini olish haqida sugʼurta kompaniyalari tomonidan murojaatlarning oshganligini koʼrsatadi.
Sud-ekspertiza faoliyati – adolatli sudlovni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi ilmiy-amaliy yo‘nalish bo‘lib, u jinoyat, fuqarolik va ma’muriy ishlarda ekspert xulosalari orqali muhim faktlarni aniqlashga xizmat qiladi. Transport-baholash ekspertizasi – sud autotransport texnikasi va baholash sohalarining kesishgan nuqtasida joylashgan ekspertiza turi bo‘lib, u transport vositalarining qiymatini, ularga yetkazilgan moddiy zararni, ularning ta’mir holatini aniqlashga qaratilgan.
Uslubiy qoʼllanma Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya Vazirligi sud ekspertiza muassasalari tizimida, jumladan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida transport-baholash ekspertizalari va tekshiruvlarining umumiy tartiblarini[1], asosiy qonun-qoidalarini, amalga oshirish usullarini va tashkil qilishni belgilash maqsadida ishlab chiqilgan. Uslubiy tavsiyalar 1999 yil 19 avgustda Oʼzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʼgʼrisida”gi qonuni[2], 14 iyun 2006 yildagi “Oʼzbekiston Respublikasi mulkni baholashning Milliy standartlari” talablarini[3], jumladan, transport vositalariga nisbatan ekspert faoliyati, transport vositalaridan texnik foydalanish va yoʼl harakati xavfsizligi masalalari boʼyicha meʼyoriy-huquqiy hamda meʼyoriy-texnik hujjatlar talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqildi.
Transport-baholash ekspertizasining huquqiy asoslari
Transport vositalariga oid ekspertiza tayinlanishi:
– O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi;
– O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi;
– “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonun;
– Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Uslubiy tavsiyalarning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
– sud transport baxolash ekspertiza tadqiqotlarini yagona uslubiy asosda oʼtkazilishini taʼminlash;
– ekspertiza tadqiqotlari natijalarining toʼliqligini, aniqligini va ishonchligini (asosliligini) taʼminlash Uslubiy tavsiyalar quyidagilar uchun foydalanishga moʼljallangan:
– Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida tizimida ishlaydigan sud ekspertlari tomonidan transport-baholash ekspertizalarini oʼtkazishda;
– stajerlarni ekspertlik faoliyatiga tayyorlash uchun, shuningdek, sud ekspertlari malakasini oshirishda; – jismoniy va yuridik shaxslar arizalari boʼyicha transport-baholash tekshiruvlarini oʼtkazishda. Uslubiy tavsiyalar quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
– Аvtomototransport vositasini (kelgusida АMTV) va uning ehtiyot qismlarni eskirishi miqdorini aniqlash usullari[4];
– АMTV qiymatini aniqlash usullari;
– АMTVni tiklashga xarajatlarni aniqlash usullari;
– АMTVning yaroqli qoldiqlari qiymatini aniqlash usullari;
– АMTV tovar qiymati yoʼqotilishi qiymatini aniqlash usullari;
turli xil tavsiyalar, maʼlumotnomalar, jadvallar, zaruriy texnik, yuridik va iqtisodiy atamalar. Uslubiy tavsiyalar maʼlumotlarini qoʼllash sud ekspertlari uchun yagona uslubiy asosni, shuningdek, olingan maʼlumotlarning ishonchliligi, aniqligi, asosligi va xolisligini taʼminlashga yoʼnaltirilgan.
Sud transport-baholash ekspertizasi predmeti: avto-moto transport vositalari va extiyot qismlarning rusumi, modeli, turi (vazifasi), avto-moto transport vositalari va extiyot qismlarning ishlab chiqilgan vaqti, avto-moto transport vositalari va extiyot qismlarning umumiy texnik holati hamda ishga yaroqliligi, avto-moto transport vositalari va extiyot qismlarning jihozlanishining to‘liqligi, avto-moto transport vositalarining birikmalari, agregatlari, detallarini mansubligi (agar buning uchun boshqa turdagi ekspertiza o‘tkazishning zarurati bo‘lmasa), avto-moto transport vositalari va extiyot qismlarning shikastlanishlari, nuqsonlari, nosozliklari.;
Sud transport – baholash ekspertizasi ob’ektlariga avto-moto transport vositalari butunligicha murakkab mahsulot sifatida; avto-moto transport vositalarining agregatlari, birikmalari va detallari; avtomobil ishlab chiqaruvchilarning vakolatxonalari, avto-moto transport vositalari va ularning ehtiyot qismlari sotiladigan ixtisoslashgan bozorlar va ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar hamda avto-moto transport vositalarini ta’mirlash korxonalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar; tadqiqotlar o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar.
Transport baholash ekspertizalarida quyidagi masalalar hal etilishi mumkin:
– avto-moto transport vositalari va uskunalarni identikafikatsiya qilish, agar buning uchun boshqa turdagi ekspertizalarni o‘tkazish talab qilinmasa;
– avto-moto transport vositalari va uskunalarining turini, rusumini, modelini, ishlab chiqilgan vaqtini ularning texnik pasportlari yoki boshqa ilova hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mosligini tekshirish, agar buning uchun boshqa turdagi ekspertizalarni o‘tkazish talab qilinmasa[5];
– avto-moto transport vositalarining texnik holati va shikastlanishlari mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni tekshirish, agar buning uchun boshqa turdagi ekspertizalarni o‘tkazish talab qilinmasa;
– avto-moto transport vositalaridagi shikastlanishlarning xususiyatini va ularni bartaraf qilish usullarini aniqlash;
– avto-moto vositalarini ta’mirlash ishlarining qiymatini aniqlash;
– avto-mototransport vositalarining qiymatini aniqlash;
– avto-moto transportlari extiyot qismlarining qiymatini aniqlash;
– avto-moto transport vositalarining tovar qiymatini yo‘qotish miqdorini aniqlash;
– avto-moto transport vositalirga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash;
– avto-moto transport vositalarining eskirish qiymatini aniqlash;
– avto-moto transport vositalarining ta’mirlash va ishlab chiqish sifatini baholash;
– avto-moto transport vositalarining tiklashga sarflanadigan mablag‘ni aniqlash bo‘yicha tegishli hisoblarni amaldagi normativ hujjatlarga mos kelishini tekshirish;
Transport baholash ekspertizalarni o‘tkazish aksariyat hollarda avto-moto transport vositalari va uskunalarni ekspert tomonidan ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq. Biroq, bunday ekspertizalarni avto-moto transport vositalari va uskunalarni ko‘zdan kechirmasdan, taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘tkazilishi mumkin. Buning uchun ekspertiza tayinlagan organ (shaxs)tomonidan taqdim etilayotgan hujjatlarning ekspertiza o‘tkazish uchun yaroqligi haqidagi yuridik baho berilishi hamda (yoki) bunday ekspertiza o‘tkazilishi lozimligi haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatma mavjud bo‘lishi kerak.
Transport baholash ekspertizalarini o‘tkazish uchun avto-moto transport vositasining texnik pasporti, YHXB tomonidan taqdim etilgan avto-moto transport vositasi haqidagi ma’lumotnoma, oldi-sotdi shartnomasi (agar mavjud bo‘lsa); ishonchnoma (agar mavjud bo‘lsa); avto-moto transport vositasini ko‘zdan kechirish dalolatnomasi; avto-moto transport vositalarini ta’mirlash bo‘yicha tuzilgan dalolatnomasi va xisob varaqalari; YHXB tomonidan tuzilgan transport vositasida ta’mirlashdan oldin mavjud bo‘lgan shikastlanishlar haqidagi ma’lumotnoma kabi dastlabki ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etilishi lozim.
Transport baholash ekspertizalarni avto-moto transport vositalarini yoki uskunalarni ko‘zdan kechirmasdan o‘tkazishda taqdim etilgan dastlabki ma’lumotlarning yetarli yoki yetarli emasligi har bir holatda ekspert tomonidan alohida aniqlanadi.
Transportni baholash ekspertizalari oldiga quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:
– avto-moto transport vositasiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlansin;
– avto-moto transport vositasini tiklash uchun ta’mirlash ishlariga sarflanadigan mablag‘ miqdori aniqlansin;
– avto-moto transport vositasining bugungi kundagi o‘rtacha bozor bahosi aniqlansin
– avto-moto transport vositasining o‘tgan davrning muayyan vaqtidagi o‘rtacha bozor narxi aniqlansin; (ushbu savolni yechish uchun agar ekspertlik bazasida kerakli ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa va bu ma’lumotlarni ekspert tomonidan aniqlash imkoni bo‘lmasa ekspert ixtiyoriga ekspertiza tayinlagan idora tomonidan o‘tgan davrning so‘ralgan vaqtiga tovarlarga bo‘lgan narx-navolar haqida kamida ikki manbadan ma’lumotlar taqdim etilishi zarur bo‘ladi )[6];
– avto-moto transport vositasiga yetkazilgan moddiy zararni aniqlash bo‘yicha tuzilgan hisobotda (kalkulyatsiya) qo‘llanilgan uslublar « Yagona milliy baxolash standarti» va Metodik qo‘o‘lanmalar talablariga javob beradimi va ilmiy asoslantirilganligi aniqlansin;
– avto-moto transport vositalari ehtiyot qimlarining bugungi kundagi va o‘tgan davrning muayyan vaqtidagi bozor narxi aniqlansin.
Xulosa qilib aytsak: Sud transport-baholash ekspertizasini tayinlash – sud adolatining ta’minlanishida va mol-mulkka doir nizolarning hal qilinishida muhim omil hisoblanadi. Bu ekspertiza yuqori darajada aniqlik, ob’ektivlik va ilmiy asosga tayanishi zarur. Shuning uchun ham uni tayinlashda to‘g‘ri metodologiyani tanlash, ishonchli hujjatlar taqdim etish, malakali mutaxassisni jalb qilish – asosiy talablar sirasiga kiradi.
Shuningdek, sud ekspertizasining natijasi bevosita sud qaroriga ta’sir ko‘rsatganligi sababli, ekspertning xolisligi va malakasi, ishlatilgan uslubning ishonchliligi doimiy ravishda baholanishi lozim. Amaliyotda zamonaviy texnologiyalar, raqamli tahlil dasturlari va avtomatlashtirilgan baholash tizimlarining joriy qilinishi bu yo‘nalishda aniqlik va tezkorlikni oshiradi.
Kelajakda transport-baholash ekspertizasini takomillashtirish uchun xalqaro tajribani o‘rganish, malaka oshirish dasturlarini kengaytirish va maxsus me’yoriy metodikalarni ishlab chiqish zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
- 2011 йил 2 мартдаги Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг суд экспертиза муассасаларида суд экспертизасини ўтказиш тартиби тўғрисидаги ЙЎРИҚНОМА;
- 1999 йил 19 август кунидаги “БАҲОЛАШ ФАОЛИЯТИ ТЎҒРИСИДА”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни;
- 2006 йил 14 июнь кунидаги ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ МУЛКНИ БАҲОЛАШ МИЛЛИЙ СТАНДАРТЛАРИ (МБМС № 1, 2, 3, 4);
- Методические рекомендации для судебных экспертов по установлению стоимости АМТС и величины затрат на их восстановление, Ташкент-2010 г.;
- Методическое руководство для экспертов по определению стоимости, затрат на восстановление и утраты товарной стоимости автомототранспортных средств, С.-Петербург, 2001 г.;
- Методическое руководство по определению стоимости автомототранспортных средств с учетом естественного износа и технического состояния на момент предъявления, РД 37.009.015-98 с изменениями №№ 1, 2, 3, 4 Москва 2005 г.;
- O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2022.
- O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2023.
- “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrir), 2021-yil.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori: “Sud ekspertizasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” (2020-yil).
[1]2011 йил 2 мартдаги Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг суд экспертиза муассасаларида суд экспертизасини ўтказиш тартиби тўғрисидаги ЙЎРИҚНОМА;
[2] 1999 йил 19 август кунидаги “БАҲОЛАШ ФАОЛИЯТИ ТЎҒРИСИДА”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни;
[3] 2006 йил 14 июнь кунидаги ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ МУЛКНИ БАҲОЛАШ МИЛЛИЙ СТАНДАРТЛАРИ (МБМС № 1, 2, 3, 4);
[4] Методические рекомендации для судебных экспертов по установлению стоимости АМТС и величины затрат на их восстановление, Ташкент-2010 г.;
[5] Методическое руководство для экспертов по определению стоимости, затрат на восстановление и утраты товарной стоимости автомототранспортных средств, С.-Петербург, 2001 г.;
[6] Методическое руководство по определению стоимости автомототранспортных средств с учетом естественного износа и технического состояния на момент предъявления, РД 37.009.015-98 с изменениями №№ 1, 2, 3, 4 Москва 2005 г.;
Muallif: Isoqov Botir Sud avtotexnika laboratoriyasi eksperti.