Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish va ushbu avtomobil vositalarining oynalari tusini aniqlash bo‘yicha sud avtotexnika ekspertizasi

Sud-avtotexnika ekspertizasining maqsadi transport vositalarining texnik holatini, yo‘llarni va ularning joylashishini, yo‘l belgilari va chiziqlarni, yo‘l- transport hodisasi mexanizmini (YTH), haydovchi va YTH ishtirokchilarining psixofiziologik holatini aniqlashdan iborat. Avtotexnik ekspertizaning keng tarqalgan turlaridan biri bu transport vositasining texnik holatini tadqiqot qilish ekspertizasi hisoblanadi.

Ekspertiza tadqiqotlarining bu turi, o‘z navbatida, transport vositalarining texnik holati va ularning yer usti transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi talablariga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha hal etilishi lozim bo‘lgan keng ko‘lamli vazifalarni qamrab oladi. Shunday qilib, Respublikamizda transport vositalarining xavfsiz ishlatishini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlardan O‘zbekiston Respublikasining 23.04.2009 yildagi O‘RQ-213-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi”[1], O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2022 yildagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”[2], “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan tashqil topgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 18 iyuldagi 547-son[3] va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 iyuldagi “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 465-sonli qarorlariga ko‘ra,   jismoniy va yuridik shaxslarga tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan[4].

Me’yoriy-huquqiy asoslar

O‘zbekiston Respublikasida quyidagi me’yorlar amal qiladi:

– Avtomobilning old oynasi kamida 70% yorug‘lik o‘tkazishi kerak;

– Yon old oynalar uchun bu ko‘rsatkich kamida 50% bo‘lishi lozim;

– Me’yordan ortiq qoraytirish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari asosida jazolanadi[5].

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar – texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar;

Shuningdek, Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud avtotexnika laboratoriyasida transport vositalari oynalari tusi o‘zgartirilganligini aniqlashda foydalanib kelinayotgan TONIK oyna tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanlik foizini aniqlovchi qurulmadan laboratoriyada foydalaniladi.

Transport vositalarning oynalarini qoraytirish sohasidagi standartlar tizimi haqida umumiy ma’lumot. ГОСТ 5727-88 “СТЕКЛО БЕЗОПАСНОЕ ДЛЯ НАЗЕМНОГО ТРАНСПОРТА: Общие технические условия” davlatlararo standarti ГОСТ 15150 standartiga muvofiq quruqlikdagi barcha makroiqlim mintaqalarida ishlaydigan yerdagi transport vositalari (motosikllar va chanalar bundan mustasno), traktorlar, qishloq xo‘jaligi va yuk ko‘tarish mashinalari uchun xavfsiz ko‘p qavatli va toblashgan oyna (shisha) (bundan buyon matnda mahsulotlar deb yuritiladi) uchun qo‘llaniladi. Ushbu standartning talablari majburiydir.

Bunda, M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari old yon oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi – 30 foizdan kam bo‘lmagan darajada, shuningdek, M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi – 30 foizdan kam bo‘lmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish) tasdiqlangan davlat standarti bo‘yicha, shuningdek, xorijiy davlatlarning ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan tusi yuqorida belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lmagan darajada o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o‘rnatilgan, erkin muomalaga chiqarish (import) va vaqtincha olib kirish bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan avtotransport 5 vositalaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ruxsatnomaga asosan amalga oshirilishi belgilangan.

Shu bilan birga, yon oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) avtotransport vositalarini yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan normativ hujjatlardagi talablarga mos kelishi, ya’ni yorug‘lik o‘tkazuvchanligi tekshirilishi dolzarb masalalardan biri xisoblanib, haydovchi (transport vositasining mulkdori) va Yo‘l harakati xavfsizligi xodimi o‘rtasida bir qator nizolarga olib kelishi mumkin. Bunday nizolarga oydinlik kiritish hamda oldini olish maxsus uskunalar va mutaxassislar yordamida amalga oshirilish mumkin bo‘ladi, shu sababli hozirgi kunda sud-avtotexnika ekspertizalarini bajarish jarayonida transport vositalarning oynalarini “TONIK” uskunasi yordamida yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchash uchun ekspertlar va mutaxassislar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilishiga qaror qilindi.

Ekspertlik tadqiqotlarni ob’ektlari va vazifalari:

Ekspertlik vazifalari: sud-avtotexnika yo‘nalishidagi diagnostika vazifalarini hal qilishda, shuningdek tadqiqotlarni bajarish jarayonida transport vositalarning oynalarini “TONIK” uskunasi yordamida yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchash, shunigdek qoraytirilgan oynalarni talab etilayotgan me’yorlarga javob berishini aniqlash. Tadqiqot ob’ektlari: transport vositalarning oynalari. Tadqiqot ob’ektlari belgilari: avtotransport vositalrdagi oynalarini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Tadqiqotning mohiyati: “TONIK” uskunasidan foydalangan holda transport vositalarning oynalarini yorug‘lik o‘tkazuvchanligini to‘g‘risida ma’lumotlarni olish va tahlil qilishdir.

Qurilma turli maqsadlarda, shu jumladan avtotransport vositalariga o‘rnatilgan tusi o‘zgartirilgan yoki qoraytirilgan oynalarning yorug‘lik o‘tkazuvchanligini aniqlash uchun mo‘ljallangan.

Qurilmadan ekspertlar hamda davlat yo‘l harakati va transport nazorati organlari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiq texnik nazorat vositasi sifatida ekspertlik muassasalarda, texnik ko‘rik diagnostika markazlarida, shuningdek, avtomobil oynasini qoraytirish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda foydalanish mumkin.

Qurilmaning ishlash shartlari:

– atrof-muhit harorati –10 dan +40° S gacha;

– 30°S da nisbiy namlik 95% gacha;

– havo bosimi 84 dan 106,7 kPa gacha.

Uskunaning texnik xususiyatlari

Nur o‘tkazuvchanligini o‘lchash diapazoni, % 4^100 Ko‘rsatkichlarning diskretligi, % 0,1 Ruxsat etilgan asosiy mutlaq xatolik chegaralari, % ±2,0 Sinov qilingan oyna qalinligi, mm 20 gacha 10 O‘lchovga tayyorgarlik vaqti, sek., 20 gacha Ta’minot kuchlanishi, V 3.6 (Li-ion batareya) Joriy iste’mol, mA, 160 gacha Zaryad qilmasdan uzluksiz ishlash vaqti, soat, 10 dan yuqori Gabarit o‘lchamlari, mm, gacha: – o‘lchov bloki 180x90x45 – yoritgich 95×35 – zaryadlovchi 80x70x30 Og‘irligi, kg, gacha: – o‘lchov bloki va yoritgich 0,5 – zaryadlovchi 0,05[6].

Avtomobil oynasining yorug‘lik o‘tkazuvchanligini aniqlash uchun РС Х 17 quyidagilarni amalga oshirish zarur: – fotodetektor va yoritgichning qarama-qarshi tomondan sinov oynasiga yaqinroqdan ozgina kuch bilan surting; – qo‘llaniladigan belgilarga e’tibor qaratib, ularni tashqi yuzalarga vizual ravishda markazlashtiring; Qurilmaning maksimal ko‘rsatkichiga erishilgunga qadar yorug‘lik moslamasining fotodetektorga nisbatan bir oz ko‘ndalang harakatlari orqali aniqroq hizalanishga erishish mumkin, bu o‘lchov natijasi sifatida olinadi. Yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchash natijasi foiz shaklida ko‘rsatiladi.

Agar ovozli xabar berish funksiyasi yoqilgan bo‘lsa, belgilangan chegaradan past yorug‘lik uzatish qiymatlarida intervalgacha ovozli signal eshitiladi. 5.3. “Texnik boshqaruv liniyasi” diagnostika uskunalari to‘plamining bir qismi sifatida ishlash. 5.3.1. Uskuna “Texnik nazorat liniyasi” uskunalar to‘plamining bir qismi sifatida foydalanilganda, oynaning yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchash diagnostika protsedurasi algoritmiga muvofiq amalga oshiriladi, bu quyidagi harakatlar ketma-ketligini nazarda tutadi: – transport vositasining raqamini kiritish; – chap tomondagi oynaning yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchash; – old oynaning yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchash; – o‘ng tomondagi oynaning yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchash; – ushbu avtomobilning o‘lchov natijalari to‘plamini РС-232 kanali orqali shaxsiy kompyuterga o‘tkazish. Eslatma – Kompyuter bilan aloqa seansini boshlashdan oldin aloqa kabelini uskunadan uzib qo‘yish mumkin. 5.3.2. Diagnostika protsedurasi yoqilganda, tayyorgarlik tugagandan so‘ng indikatorda quyidagi xabar paydo bo‘ladi:

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak; Sud avtotexnika ekspertizasi — bu huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida texnik dalillarni ishonchli tarzda aniqlash imkonini beruvchi muhim mexanizm hisoblanadi. Qoraytirilgan oyna masalasi bu boradagi dolzarb muammolardan biri bo‘lib, ilmiy asoslangan ekspertiza natijalari orqali bu muammoning oldini olish, tartibga solish va baholash mumkin bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida” Qonuni, 23.04.2009 yildagi O‘RQ-213-sonli;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2022 yildagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”
  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.07.2018 yildagi “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 547-sonli qarori;
  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2021 yildagi “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 465- sonli qarori;
  5. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi 6. Измеритель светопропускания стекол “ТОНИК”, руководство по эксплуатации М019.000.00РЕ, Научно-производственная фирма “МЕТА”, РФ.

[1] O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida” Qonuni, 23.04.2009 yildagi O‘RQ-213-sonli;

[2] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2022 yildagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”

[3] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.07.2018 yildagi “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 547-sonli qarori;

[4] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2021 yildagi “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 465- sonli qarori;

[5] O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi

[6] Измеритель светопропускания стекол “ТОНИК”, руководство по эксплуатации М019.000.00РЕ, Научно-производственная фирма “МЕТА”, РФ.

 

Muallif: Umidillayev Qahramon Sud avtotexnika laboratoriyasi mudiri.