Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 21-fevral kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Farg‘ona viloyati bo‘limi hamda Andijon viloyati FVB hamkorligida viloyat FVB xodimlari uchun “Yong‘in yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda ashyoviy dalilarni olish tartibining o‘ziga xos xususiyatlari, sud yong‘in texnikaviy ekspertizasini tayinlashning asosiy shartlari va savollar qo‘yish tartibi” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Xususan tadbirda Markazining Farg‘ona viloyati bo‘limi eksperti B.Zaynobiddinov tomonidan sud yong‘in-texnikaviy ekspertizasini tayinlashda qo‘yiladigan savollar va taqdim etiladigan hujjatlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.