Joriy yilning 26-27-fevral kunlari Markaz xodimlarning ishchanlik qobiliyatlari va mehnat unumdorligini oshirish, eng muhimi esa, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida Markaz mehnat jamoasi o‘rtasida “Sport — sogʻlom hayot garovi” shiori ostida sportning shaxmat turi boyicha musobaqa o‘tkazildi.
Qizgʻin bahslarga boy oʻtgan musobaqada, ishtirokchilar gʻoliblik uchun oʻzaro dona surib, oʻz faolligini koʻrsatdilar.
Musobaqa mezonidan kelib chiqib o‘z ishtiroki, erishgan natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlandi hamda munosib taqdirlandi.