O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoniga asosan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Navoiy viloyati bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan joriy yilning 20-mart kuni tantanali ochilish marosimi hamda OAV vakillari uchun Press-tur tashkil etldi.
Tadbirda Navoiy viloyati hokimligi, sudlar, advokatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, viloyat davlat hokimiyati boshqaruvi organlari, Adliya boshqarmasi, Adliya faxriylari, OAV vakillari va boshqa tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Navoiy viloyati hokimining o‘rinbosari Mirzayev Sadulla Mirzayevich so‘zga chiqib, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Navoiy viloyati bo‘limining yangi binosi va yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, hukumatimiz va Adliya vazirligiga yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori Akrom Xalilov tomonidan OAV va keng jamoatchilik vakillariga Markaz faoliyati va imkoniyatlari, joriy etilgan yangi ekspertiza turlari hamda Markazning Navoiy viloyati bo‘limining yangi binosi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirga tashrif buyurgan OAV vakillari uchun Navoiy viloyati hududiy bo’limda Press tur tashkil etilib, ularni qiziqtirgan barcha savollariga javoblar berildi.