Sud-tovarshunoslik ekspertizalarini o‘tkazishda qo‘llaniladigan metodlar

Sud-tovarshunoslik ekspertizalarini o‘tkazishda o‘lchov, ro‘yxatga olish, hisoblash, organoleptik va boshqa metodlardan foydalaniladi. Mazkur metodlarning qo‘llanilishi odatda kompleks xususiyat kasb etadi, chunki biri ikkinchisining imkoniyatlarini to‘ldiradi va obyekt to‘g‘risida maxsus ma’lumotni beradi.

Organoleptik metod tovar sifatini sezgi organlari yordamida uning rangiga, hidiga, ta’miga, tashqi ko‘rinishiga ko‘ra aniqlashga asoslanadi. U qo‘llashda nisbatan oddiy, chunki maxsus jihozlar, anjomlarni qo‘llashni talab etmaydi va o‘rganish deyarli har qanday sharoitda juda tez o‘tkazilaveradi. Biroq uni qo‘llash ekspertning tajribasiga muayyan talablar qo‘yadi, o‘rgantlayotgan obyektning xususiyatlarini oqilona yuzaga chiqarf olish qobiliyatlarini talab qiladi.

O‘lchov, laboratoriya metodi o‘lchashda texnik vositalardan foydalanishni talab qiladi, mahsulotlarning materiali tabiatini aniqlash bilan bog‘liq oddiy xususiyatlari ko‘rsatkichlarini bevosita raqamlar olish imkoniyatini beradi va o‘z ichiga fizik-mexanik, kimyoviy, mikrobiologik, mikroskopik va boshqa tadqiqot metodlarini oladi. Ushbu metodlar ancha aniqroq, olingan raqamli natijalar esa nazorat qiluvchi normativ hujjatlar ko‘rsatkichlari bilan qiyoslash uchun qulay.

Fiziko-mexanik metodlar materiallarning quyidagi xususiyatlarini o‘rganish uchun qo‘llaniladi: fizik (qattiqlik, nisbiy massa, hajm massasi, bir kvadrat metrning massasi), issiqlik (issiqlik sig‘imi, haroratga chidamlilik va kengayish, materialning agregat holatini o‘lchash), elektrik, optik, so‘rilish xususiyatlari.

Kimyoviy metodlar tovarlarning kimyoviy xossalarini – tarkibini aniqlash, turli aralashmalar mavjudligini, bo‘yoqning mustahkamligini, materialning kislotalar, ishqorlar va h.k. bilan reaksiyaga kirishish xossalarini o‘rganish maqsadida amalga oshiriladi.

Ushbu metodlar sud ekspertizasining birinchi navbatda obyektning butunligini buzmaslik singari maxsus talablarini hisobga olgan holda qo‘llaniladi hamda iloji boricha shunday metodlar bilan cheklanadi.

Ro‘yxatga olish metodi belgilar sonini hisoblashga asoslanadi (masalan matoning zichligi 10 sm2 yuzadagi iplar sonini hisoblash hisoblash orqali aniqlanadi).

 Hisoblash metodi o‘lchov metodi natijasida olingan parametrlardan foydalangan holda hamda ushbu metod bilan o‘zaro bog‘liq ravishda sifat ko‘rsatkichlarini hisoblashga asoslanadi. Masalan, kalavaning metr raqamlari (iplarning chiziqli zichligi) hisoblanadi.

Hisoblash natijalari fizik shkalalarda (“hisoblanadigan” xususiyatlar) bilan bir qatorda tahlil qilinayotgan belgidagi o‘zgarishlarni ifodalaydigan, ekspertlar tomonidan qo‘llaniladigan sifat darajalari ko‘rinishida (“hisoblanmaydigan” xususiyatlar) ifodalanadigan ko‘rinishda ham bo‘lishi mumkin.

O‘rganish natijalari (xususiyat ko‘rsatkichlari) analogik bazaviy (normativ, namunaviy) xususiyatlar bilan taqqoslanadi va mahsulotning namunaga muvofiqligi (nomuvofiqligi) aniqlanadi.

Olingan natijalarni baholash tadqiqotning quyidagi muhim bosqichi tahlili bilan bir qatorda amalga oshiriladi. U qiyosiy tahlil natijalariga asoslanadi va sifat darajasini aniqlash jarayonini o‘zida ifodalaydi. Iste’mol xususiyatlarini baholash alohida ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi funksional-miqdoriy aloqadorlikni va umumiy sifatni aniqlashda, shuningdek, kompleks sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda ifodalanadi.

Mahsulotning butun iste’mol xususiyatlariga taalluqli bo‘lgan kompleks sifat ko‘rsatkichini barcha baholash birliklarini birlashtirish yo‘li bilan (o‘lchangan baholash) topiladi. U odatda o‘lchanmaydigan birliklar tizimida ifodalanadi (masalan, mahsulotning mo‘ljallangan maqsadda foydalanishga yaroqliligi to‘g‘risidagi masalani hal etishdir).

Tovarshunoslik ekspertizasi bo‘limi eksperti
M.B.Nizomov

Skip to content