Simsiz lokal tarmoqlar – Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalari.

Wi-Fi texnologiyasi. Hozirgi paytga kelib simsiz lokal tarmoqlar, simli lokal tarmoqlarga qo‘shimcha lokal tarmoqlar sifatida qaralmoqda. Boshqacha qilib aytganda simsiz lokal tarmoqlar simli, ya’ni kabelli lokal tarmoqlar bilan raqobatlashuvchi tarmoqlar emas. Simsiz lokal tarmoqlarning ko’pgina afzal tomonlarini yaqqol ko’rish mumkin. Ularni o’rnatish va modifikatsiyalash, ya’ni yangilab turish juda ham oson, bunda katta-katta hajmli kabellarga va ularni ulash uchun zarur bo’lgan qurilmalarga extiyoj bo’lmaydi. Simsiz tarmoqlarning yana bir afzalligi, unda foydalanuvchilarning ko’chib yurish imkoniyatining (rus tilida – мобильность) borligidir.

Ammo simsiz lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan axborot uzatish muhiti, ya’ni simsiz muhit holatining turg’un emasligi, va u ishlashi davomida o’zini qanday tutishi noma’lum ekanligi kabi muommolarga ega. Wi-Fi texnologiyasining – ya’ni IEEE 802.11 standartining protokollari steki ham 802 komitet standartlarining umumiy tuzilishiga mos keladi, ya’ni u ham – fizik sath, MAC sathi, hamda ulardan yuqorroqda joylashgan LLC sathlaridan iborat. IEEE 802.11 protokollari stekining tuzilishi 1-rasmda keltirilgan. Fizik sathda spetsifikatsiyalarning bir necha variantlari mavjud. Ular – foydalanadigan chastotalar diapazoni, kodlash usullari, hamda ma’lumotlarni uzatish tezliklari bilan bir-biridan farqlanadilar. Bu standartning, ya’ni WiFi ning – hozirda ko’p foydalanilayotgan quyidagi spetsifikatsiyalari mavjud:

1. 802.11a spetsifikatsiyasi – unda chastotaning nisbatan yuqori diapazoni 5 GGs qo’llanilishi hisobiga ma’lumotlar uzatish tezligi oshirilgan. Bu spetsifikatsiyada ma’lumotlarni uzatishda – chastotali multiplekslashning ortogonal usuli, OFDM-dan (Orthogonal Frequency Division Multiplexing) foydalanilgan.

2. 802.11b spetsifikatsiyasida esa, 2,4 GGs diapazonidan foydalanilgan. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 11 Mbit/s-ga etkazilgan. Bu komplementar kodlardan foydalangan holda kodlash texnikasi CCK-dan (Complementary Code Keying) foydalanuvchi DSSS (Direct Sequence Spread Spectrum) – to‘g‘ri ketma-ketlik asosida spektrni kengaytirish usulini qo’llash hisobiga amalga oshirilgan.

Gfgfn

1-rasm. IEEE 802.11 standarti protokollari steki.

3. 802.11g spetsifikatsiyasida 2,4 GGs diapazonda ishlovchi OFDM usulini qo’llanilishi hisobiga 54 Mbit/s tezlikka erishilgan. MAC sathi simsiz lokal tarmoqlarda, simli lokal tarmoqlardagiga nisbatan ko’proq vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar tarkibiga quyidagilar kiradi:

1.Birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanish.

2.Bir nechta bazaviy (asosiy) stansiyalar mavjud bo’lganda, foydalanuvchilarni ko’chib yura olishini ta‟minlash.

 3.Simli lokal tarmoqlardagi kabi xavfsizlikni ta’minlash. 802.11 standarti simsiz lokal tarmoqlarining ikki xil topologiyasi mavjud: 1.BSS – bazaviy yoki asosiy xizmatlar to‘plami ko‘rsatiladigan tarmoq (Basic Servis Set). Bu tarmoqda bazaviy stansiya, barcha foydalanuvchilar uchun mo„ljallangan stansiya (ulanish nuqtasi, antenna yoki kommutator) bo’lmaydi. Foydalanuvchilar, ya’ni tarmoqdagi kompyuterlar – o’zlarida o’rnatilgan simsiz tarmoq adapterlari yordamida, o’zaro bevosita axborot almashinadilar (2-rasm). BSS tarmog’iga kirish uchun – tarmoqqa ulanish muolajasini bajarish kerak.

Asasasa

2- rasm. BSS topologiyali tarmoqlar.

STA1, STA2 – stansiyalar (kompyuterlar, ya’ni foydalanuvchilar, serverlar, kommutatorlar yoki marshrutizatorlar). 2.ESS – kengaytirilgan (qo‘shimcha) xizmatlar to‘plami qo‘rsatadigan tarmoq (Extended Servis Set – ESS). Bu tarmoq taqsimlangan muhit bilan birlashtirilgan bir nechta BSS tarmoqlardan iborat bo’ladi (3-rasm).

Cascascs

3-rasm. ESS topologiyali tarmoqlar.

AP (Access Point) – ulanish nuqtasi.

DS (Distribution System) – taqsimlangan tizim. DSS (Distribution System Service) – taqsimlangan tizim xizmati. Simsiz lokal tarmoqda kompyuterlar (tarmoq foydalanuvchilari) va stansiyalar (serverlar, kommutatorlar, marshrutizatorlar) ma’lumotlarni uzatishda birgalikda foydalaniladigan muhitdan quyidagicha foydalanishlari mumkin: 1.Bitta BSS tarmoq chegarasida o’zaro axborot almashinish bilan.

2.Bitta BSS tarmoq chegarasida ulanish nuqtasi – AP orqali axborot almashinish bilan.

3.Boshqa-boshqa BSS tarmoq o’rtasida ikkita ulanish nuqtalari AP1 va AP2 orqali, hamda taqsimlangan tizim DS orqali axborot almashinish bilan.

4.BSS tarmoq bilan, simli lokal tarmoq o’rtasida ulanish nuqtasi AP orqali axborot almashinish bilan.

Bluetooth texnologiyasi. Bluetooth texnologiyasi standarti Ericsson kompanii tashabbusi bilan Bluetooth SIG (Bluetooth Special Interest Group) guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. Bluetooth standarti IEEE 802 standartlari umumiy tuzilishiga to’g’ri keladigan IEEE 802.15.1 ishchi guruhi standartiga moslashtirilgan. Bluetooth texnologiyasida pikotarmoq, ya’ni cho‘qqili tarmoq (пик – cho’qqi) konsepsiyasi qo’llanilgan (4-rasm). Ushbu texnologiya yordamida, uzatuvchi qurilmalarning quvvatiga qarab, 10 metrdan 100 metrgacha, uncha katta bo’lmagan xududni qoplay olish mumkin bo’ladi. Pikotarmoq tarkibiga 255- tagacha qurilma kirishi mumkin, shulardan 8-tasi bir vaqtda faol bo’lib, o’zaro ma’lumotlar almashina olishi mumkin bo’ladi. Pikotarmoqdagi qurilmalarning bittasi asosiy – bosh qurilma, qolganlari esa unga bo‘ysinuvchi qurilmalar bo’ladi.

Faol bo’ysinuvchi qurilma, faqatgina bosh qurilma bilan ma‟lumot almashinishi mumkin, bo’ysinuvchi qurilmalar o’zaro to’g’ridan-to’g’ri bog’lana olmaydilar. Pikotarmoqda ettiti faol bo’ysinuvchi qurilmalardan boshqa qurilmalarni, energiya bilan ta’minlanishi pasaytirilgan rejimda bo’lishi kerak. Bunday rejimda, ular faol holatga o’tish uchun davriy ravishda bosh qurilma buyruqlariga quloq solib turadilar.

 

Sud-kompyuter texnikaviy ekspertizasi boʼlimi
eksperti Kamolov Baxtiyor

Skip to content