Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy asbob uskunalar orqali sivush moylarini zichligini aniqlash imkoniyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Sivush moyi, zichlik, izopropil spirt, amil spirt, densinometr.
СОВРЕМЕННЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ ЭКСПЕРТИЗ ВОЛОКНА И ИЗДЕЛИЙ ИЗ НИХ
Аннотация. В данной статье представлена информация о возможностях определения плотности смазочных масел с использованием современного оборудования.
Ключевые слова: Сивушское масло, плотность, изопропиловый спирт, амиловый спирт, денсинометр.
MODERN POSSIBILITIES OF CRIMINAL EXPERTISE OF FIBER MATERIALS AND ITEMS MADE FROM THEM
Annotation. This article provides information about the possibilities of determining the density of lubricating oils using modern equipment.
Key words: Sivush oil, density, isopropyl alcohol, amyl alcohol, densinometer.
Sud-ekspertlik faoliyati dolzarb sohaviy yo‘nalishlardan biri bo‘lib, mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilinishida, fuqarolarning ishonchini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan qo‘lbola spirtli ichimliklarni tayyorlash va ularni savdo tarmoqlarida sotish holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Sifatsiz spirtlardan tayyorlangan ichimliklar iste’mol qilinishi natijasida odamlarning salomatligiga zarar yetkazish, hatto o‘lim holatlari ham amaliyotda uchramoqda. Shu va shunga o‘xshash holatlarning oldini olish, bunday hodisa sodir bo‘lganda uning tafsilotlarini aniqlash maqsadida sud-tergov idoralari maxsus bilimlardan samarali foydalanishi alohida o‘rin egallaydi.
Tarkibida spirti bo‘lgan suyuqliklar ekspertizasi hozirgi kunda eng dolzarb muammolarni hal etadigan ekspertiza turlaridan biridir. Ushbu ekspertiza tarkibida spirt, sivush moyi, propanol, izopropanol, butanol bor yoki yo‘qligini, uning miqdorini, quvvatini va qo‘shimcha moddalarning mavjud yoki mavjud emasligini, ularning miqdoriy tarkibini, davlat standarti talablariga javob berishi yoki javob bermasligini, spirtli ichimliklarni inson iste’mol qilganda zaxarlanish yoki noxush oqibatlariga olib kelish holatlarida diagnostik, klassifikatsion va identifikatsion vazifalarni hal etish maqsadida tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6256 sonli Farmoni bilan, O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik sohasini har tomonlama takomillashtirish, bu sohadagi muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda mamlakatda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, sud-ekspertlik sohasini qisqa muddatda tizimli isloh qilishning aniq chora-tadbirlari ko‘rsatib o‘tilgan. Farmonga muvofiq ilmiy tadqiqot natijasiga ko‘ra sud ekspertlari xizmatda foydalanishi uchun uslubiy tavsiyalar yaratish belgilangan.
Kundalik hayotda va ko’pincha adabiyotda “sivush moylari” iborasi ishlatiladi. Aslida, sivush moylari yuqori (C3—C10) alifatik spirtlar, efirlar va boshqa birikmalarning aralashmasi (jami 40 ga yaqin komponent, ulardan 27 tasi aniqlangan) texnik spirtni rektifikatsiya qilish natijasida olinadi. Ularning ba’zilari muqarrar ravishda rektifikatsiyada qoladi. Barcha sharob va dunyodagi distillatlarining ta’mi va xushbo’yligi, shu jumladan konyak va viski, asosan, ularda sivush moyi mavjud bo’ladi. Sivush moylari spirtli ichimliklarning mikroqo‘shimchalari hisoblanadi. Ular alkogol mahsulotlariga ma’lum organoleptik xususiyatlarni, ya’ni o’ziga xos ta’m va xushbo’ylikni beradi. Quvvati past bo‘lgan pivo yoki shampan vinosi kabi spirtli ichimliklarda ham sivush moylari mavjud bo‘ladi. Sivush moylari quvvati yuqori bo‘lgan brendi va rom kabi alkogolli maxsulotlarning tarkibida ham mavjud va ular uchun davlat standartlarida me’yor ko‘satgichlari belgilanmagan. Sivush moylari tozalanmagan etanolda texnik hom ashyo sifatida mavjud va tozalash jarayonida undan ajralib olinadi.
Ko’pchilik odamlar orasida suyuqlik tarkibidagi sivush moylari sog’liq uchun mutlaqo zararli degan keng tarqalgan fikrlar mavjud bo‘lib, go’yo, ertalab odam o‘zini og’ir his qilishi bularning barchasi sivush moylaridan deb o’ylashi haqiqatga to‘g‘i kelib, bunday shubhali ichimliklarni ichmaslik zarurligini yoshlar orasida keng targ‘ibot qilish zarur. Sivush moylari ishlab chiqarishda xom ashyoning fermentatsiyasi natijasida hosil bo’ladigan quyuq qizil yoki och sariq rangdagi yog’li moddalar bo‘lib, ularning tarkibi taxminan 40 ta moddadan iborat va ular 2 guruhga bo’linadi:
- 1. Qaynash nuqtasi 78,4 °C (etil spirti qaynashi). Bu aseton, sirka-yog’li efir va asetaldegidlar kiradi.
- Qaynash nuqtasi 78,4 °C dan yuqori,.bunday moddalarga asetil, izoamil, izobutil va propil spirti kabi zaxarli birikmalar kiradi.
Sivush moylari sof etil spirtidan tashqari barcha turdagi alkogolli ichimliklarda mavjud. Ammo ularning alkogol tarkibida sivush moyini o’lchash mumkin emas. Bularning barchasi ularning kontsentratsiyasiga bog’liq. Agar u haddan tashqari ko’p bo’lsa, ko’ngil aynish va bosh og’rigi kuzatiladi. Izoamil spirti sivush moylarining asosiy tarkibiy qismidir va shu bilan birga ulardagi eng zaharli modda bo’lib, ko’p miqdorda kuchli zaharlanishga olib kelishi mumkin. Sivush moylari spirtli ichimlikning eng zararli moddasi bo’lib xisoblanadi. Ular alkogolga ma’lum organoleptik xususiyatlarni, ya’ni o’ziga xos ta’m va xushbo’ylikni beradi. Pivo yoki sharob kabi past darajadagi spirtli ichimliklarini tarkibida ham sivush moyi mavjud.
Sivush moyilari shisha idishlarda turli ranglarda yashil yoki qora rangli ko‘rinishdagi dog‘lar qoldiradi. Bu sivush moylarining konsentratsiyasi oshganligini anglatmaydi. Ushbu ko‘rinish suyuqlikning ifloslanganligidan dalolat beradi. Yuqori sifatli toza sivush moylari loyqa, quyqali, cho‘kmalarsiz, o‘ziga xos rangga ega bo’ladi. Toza sivush moylari juda shaffof ko‘rinishga ega.
Toza sivush moylari sifatli hom ashyodan yuqori texnologik jarayonlar yordamida ehtiyotkorlik bilan olinadi.
Shuni esda tutish kerakki, sivush moylarining yetishmasligini ham salbiy tomoni bor. Misol tariqasida inson qonida eritrotsitlar (qizil qon tanachalari) mavjud bo’lib, ular kislorodni tana to’qimalariga etkazib beradi va karbonat angidridni tanadan chiqaradi. Eritrotsitlar maxsus lipid membranasi bilan qoplangan bo‘lib, agar sivush moylarining miqdori kam bo’lganda, u lipid membranasini eritib yuborishi natijasida qizil qon hujayralari bir-biriga yopishib, qon tomirlarini to’sib qo’yadi, bu esa yurak xurujiga olib kelishi mumkin.
Sivush moylariga praponol, butanol, izoamil spirtlari va ularning izomerlari kiradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, mualiflar tomonidan sivush moylarini zichligini aniqlash bo‘yicha hozirgi zamonaviy uskunalardan foydalangan holda davlat tilidagi ilmiy asoslangan uslubiy tavsiya loyihasi ishlab chiqilishi ko‘zda tutildi. Buning uchun tadqiqotlarni amalga oshirish sivush moylari tadqiqotlari bo‘yicha xorij va MDH davlatlarining ekspertlik sohasidagi tajribalari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida quyidagilar aniqlandi:
Rossiya, Gruziya, Armaniston ayniqsa Ukraina kabi davlatlarda yoshlar orasida izopropil spirtidan foydalanib koktel tayyorlab ichish hotlari mavjudligi kuzatilgan.
Misol uchun, hozir ijtimoiy tarmoqlar orqali shu koktellarni tayyosh bo‘yicha videoroliklar keng tarqalgan va bular yoshlarni yengil yelpi hayot kechirishga undamoqda. Bunda asosan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni jalb qilish nazarda tutilgan.
Bugungi kunda Sivush moylarini iste’mol qilish bo‘yicha chet el mamlakatlarda taqiq qo‘yilmagan. Bu esa moddalarni iste’mol qilishda zaharlanishlar soni ortib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Bu inson kelajagi uchun o‘ta achinarli holat hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda voyaga yetmaganlar o‘rtasida sivush moylarini iste’molini cheklash va yosh avlodni psixologik qaramlikdan asrash bo‘yicha ular orasida targ‘ibot ishlarini keng olib borish zarur bo‘ladi.
Mamlakatimiz qonunchiligiga ko‘ra, tarkibida jozibadorlikni oshirishga qaratilgan moddalar (aromatizatorlar, bo‘yoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari) bo‘lgan suyuqlikni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va sotishni hamda iste’mol qilishni nazoratga olish kerakligini ko‘rsatadi.
Sivush moylarining tadqiqotlari quyidagi tadqiqotlar sxemasi bo‘yicha olib boriladi:
- Sivush moylarinini tashqi ko‘zdan kechirish
- Sivush moylarining reaksiya muxitini aniqlash
3.Organoleptik tadqiqot
- Sivush moylarining zichligini aniqlash.
Adabiyotlar.
- 1. В.С.Митричев, В.Н.Хрусталев «Основи криминалистического исследования материалов, веществ и изделий из них», Питер 2003.
- 2. ЎзДСт 3115-2016. Гост Республики Узбекистан. Спирт этиловый ректификованный из пищевого сыря. Технические условия.
- 3. “О’з Дст 3490:2020 ”Ректификатланган техник этил спирти Техник шартлар”.
- ГОСТ 2222 “Метанол технический” Минск. Белоруссия 1995г.
- Ўз ДСт 945. “Водки и водки особые. Общие технические условия”
- ГОСТ 32035. “Межгосударственный стандарт «Водки и водки особые Правила приемки и методы анализа”
- О’зДСт 943. “Изделия ликероводочные Общие технические условия”
- ГОСТ 3639 “Межгосударственный стандарт. Растворы водно-спиртовые.Методы определения консентратсии этилового спирта”
- Википедиа. https://wikipediya.org
- Uztext.cом https:// uztext.com
- Sudex.uz. https:// sudex.uz.com
- 12. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 73 – сонли қарори. Суд экспертизаси тадқиқотларини ўтказиш тартиби тўғрисидаги намунавий низом.
Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik
ekspertizasi laboratoriyasi eksperti
Karimova Dilnoza Tavakkaljonovna