Davlat ekspertiza muassasalari jinoyatchilikka qarshi kurashni ilmiy tashkil etishga katta hissa qo‘shmoqda. Ular kundalik faoliyatida ekspertiza o‘tkazish bilan chegaralanib qolmay, balkim sodir etilgan jinoyatlarning sabab va sharoitlarini aniqlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar va kelajakda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadilar.
Davlat mulkini o‘g‘irlash, qotillik, zo‘rlash, bezorilik, firibgarlik, avtohalokatlar, xaridorlarni aldash va hokazo jinoyatlar yoki boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishidan oldingi faktlarni aniqlash davlat ekspertiza muassasalarida faoliyat yuritadigan eksperttlarning maxsus bilimlariga asoslanishi kerak.
O‘tkazilgan ekspertiza tadqiqotlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularning ahamiyatli qismi prokuratura, ichki ishlar vazirligi va jinoyatchilikka qarshi kurash sudining kundalik faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.
Soxtalashtirishning jinoiy harakat sifatida o‘ziga xos xususiyati, xususan, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlarni kiritish, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki birlamchi yozuvlarni o‘chirib soxta hujjat tuzish va taqdim etishdan iborat. Shu tarzda, qalbakilashtirish jinoyatini sodir yetgan shaxs ma’lum bir noqonuniy maqsadga erishishga intiladi. Soxtakor qalbakilashtirish yo‘li (usul va uslub) bilan o‘ziga foydali bo‘lgan manfaatlarga erishadi. Shundan kelib chiqqan holda qalbakilashtirishni amaliy va nazariy jihatdan maqsadsiz amalga oshirish mumkin emas.
Ushbu yo‘nalishdagi qalbakilashtirish tarkibini hisobga olsak, qalbakilashtirish kelajakda boshqa jinoyatlar tug‘ilishiga zamin yaratadi, unda ma’lum bir tuproqda bir boshqa o‘ziga xos jinoiy jazoga olib boradigan harakatning tarkibini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan urug‘ mavjud. Shuni ta’kidlash kerakki, hujjatlarni qalbakilashtirish aniq bir niyatni ko‘zlagan holda sodir etiladi. Aybdor o‘z oldiga aniq maqsadni qo‘yib ongli ravishda unga erishishga intiladi.
Hujjatlarning yuridik kuchini ko‘rsatuvchi zarur rekvizitlaridan biri – bu imzodir.
Ayni vaqtda imzodan ko‘p hollarda, u yoki bu hujjatlarni, ya’ni hisob va hisobot, ma’lum bir shaxsni tasdiqlovchi yoki tavsiflovchi, nikoh, tug‘ilishni ro‘yxatdan o‘tkazish, ishlab chiqarish faoliyati, ijtimoiy faoliyat va boshqa hollarda har qanday faktlarni, voqealarni tasdiqlovchi hujjatlarda tez-tez foydalaniladi.
Bunday holda, hujjatdagi imzo aynan ko‘rsatilgan shaxs tomonidan amalga oshiriganligiga ishonch hosil qilish muhimdir. Shu sababli, imzolarni tegishli shaxslar tomonidan bajarilishi yoki imzolarni qalbakilashtirish faktini aniqlash katta ahamiyatga ega. Ammo har doim ham biron bir dalilni tasdiqlovchi hujjatlarda ushbu hujjat tegishli bo‘lgan shaxsning o‘z qo‘li bilan imzolanmagan holatlar ham uchraydi.
Va bu bahsni hal qilish uchun xatshunoslik ekspertizasi tayinlanadi. Imzo ekspertizasi turli xil jinoiy ishlarni, ko‘pincha esa davlat va jamoat mulkini o‘g‘irlash bo‘yicha ishlarni tergov va sud jarayonida amalga oshiradi. Masalan, u fuqarolik ishlari bo‘yicha, bahsli meros to‘g‘risidagi ishlarda vasiyatnomaning haqiqiyligini aniqlash, alimentni undirish, nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish faktlari va boshqa holatlarda tayinlanadi.
Imzolarni ekspertizadan o‘tkazishda sud ekspertining vazifasi ularning soxtaligi va usulini, shuningdek ijrochini aniqlashga yo‘naltiriladi. Ekspertning to‘g‘ri va asosli xulosasi jinoyatni ochishga, aybdorlarni aniqlashga va fuqarolik nizosini adolatli hal qilishga yordam beradi.
Xatshunoslik ekspertizasi bo‘yicha mutaxassisning faoliyati jinoyat ishi hujjatlari yoki fuqarolik va iqtisodiy da’volar bilan tanishishdan boshlanadi. Vaziyat turlicha bo‘lishi mumkin: firibgarlik, ishonchni yoki xizmat vazifasini suiiste’mol qilish.
Amaliyota ikkita bir xel dastxatni uchratish mumkin emas, ustalik bilan bajarilgan “avtopodlog” muallifning qalbakiligi oxir oqibatda asl ijrochi aniqlanadi. Bu har bir harfni uning yo‘nalishini, bosma va ulanish hususiyatini tuzilishini, va boshqa grafalogik jixatlarni tekshirish jarayonida amalga oshiriladi.
Ekspert xulosasi hukm chiqarishga qodir emas:”aybsiz – aybdor” faqatgina sud yuridik faktlarga ohirgi baho berish imtiyoziga ega. Lekin ekspert xatshunosga tadqiqot uchun taqdim etilgan har bir hujjat qo‘l yozma orqasida inson, uni hamiyati, obro‘si va hatoki uning taqdiri turad.
Odamlarning qiyn holatlarga olib kelgan ba’zi qalbaqi hujjatlar haqida so‘zlab bermoqchiman: nafaqaxo‘r fuqaro murojaat qildi, u hatto uning nomiga kredit berilganligini va har oy uning pensiyasidan mablag‘ olinishini bilmagan, kredit shartnomasida imzo haqiqatan ham haqiqiy emas;
ba’zida kredit to‘g‘ri rasmiylashtirilganga o‘xshaydi, ammo ushbu kreditning kafili kafillikka rozilik bermagan va uning o‘rniga kafillik shartnomasidagi imzo noma’lum shaxs tomonidan qo‘yilgan;
yoshlar o‘zaro munosabatlarni nikoh rishtalari bilan bog‘lab, hujjatlashtirishgan, lekin aslida yigit, ya’ni turmush o‘rtog‘i nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni topshirmagan yoki aksincha, turmush o‘rtog‘i farzandiga aliment to‘lamaslik uchun farzandidan vos kechib turmush qurishni rad etgan yoki turmush o‘rtog‘ini roziligisiz ajrashgan, yoki bolani chet elga olib chiqish uchun otaning roziligisiz soxta ruxsatnoma berilgan, bu holatlarda ekspertiza o‘tkazilib kerakli natijaga erishib muammo odilona hal qilindi.
Shunday qilib, ekspertning faoliyati qonun va tartibni saqlash va yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi, sud va tergov organlariga huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktika choralarini ishlab chiqishda yordam beradi.
X.Sulaymono nomidagi RSEMning Samarqand viloyat bo‘limi yetakchi ekspert Fazilova N.S.