Zamonaviy sharoitda har qanday faoliyat samaradorligi energiya obyekti yoki yirik sanoat korxonasi nafaqat moliyaviy-iqtisodiy samaradorlik korxona tizimlari bilan balki energiya harajatlari darajasi va ishlab chiqarish siklida belgilanadi. Energiya resurslari uchun harajatlarning yuqori ulushi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning raqobatbardoshligini belgilaydi. Shu munosabat bilan energiya auditini oʼtkazish va korxonada energiya harajatlarini kamaytirishning eng istiqbolli yoʼnalishlarini aniqlashning dolzarbligi aniqlanadi.
Tezkor energetika tekshiruvi korxonaning haqiqiy energiya isteʼmoli, yoqilgʼi-energetika resurslarini ortiqcha sarf etilishi sabablari, energiyani tejash salohiyatini aniqlash, shuningdek, energiyani tejashga doir asosiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va energiya isteʼmoliga boʼladigan sarf harajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini beradi.
Energetik audit jarayoni energiya tejamkor uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar koʼmagida amalga oshiriladi. Fuqarolar loyiha davomida oʼz uylarining energomenejerlari sifatida energiyani hisoblash asboblarining koʼrsatmalarini kuzatishadi, soʼrov varaqalarini toʼldirishadi, isteʼmol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oylik toʼlov qogʼozlarini yigʼib borishadi.
Energetik audit – bu biz jiddiy oʼylab koʼrishimiz kerak boʼlgan narsa. Bu energiyani tejash va energiya samardorligini oshirish demakdir. Bu nafaqat energiyani va issiqlikni saqlashga, balki ularga sarflanadigan byudjetni tejashga ham yordam beradi.
Energiya auditi – ishonchli energiyani yigʼish va qayta ishlash foydalaniladigan energiya resurslari hajmi, energiya samaradorligi koʼrsatkichlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar, energiya pasportida aks ettirilgan natijalar bilan energiya tejash va energiya samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash degan maʼnoni anglatadi.
Energiya tadqiqotining maqsadi energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini baholash va energiya resurslari isteʼmolini kamaytirish boʼyicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish va shu bilan harajatlarni kamaytirishdir. Energiya auditi energiyani boshqarish tizimi, energiya samaradorligini oshirish, dasturini ishlab chiqish uchun boshlangʼich nuqtasi hamda har qanday sanoat korxonasi yoki nosanoat iqtisodiyot sektorlarining samaradorligi boʼyicha muhim komponent hisoblanadi. Bu sizga energiyadan foydalanishni tahlil qilish va korxonaning boshqa (masalan, suv) resurslari, ularning harajat, resurslardan ratsional boʼlmagan foydalanish sohalarini aniqlash, energiyani tejash chora-tadbirlari dasturi va loyihalarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Quyida energiya resurslari va energiya tejash haqida soʼz yuritamiz. Аmmo shuni esda tutish kerakki, energiya auditi korxona pul toʼlaydigan boshqa resurslarga: suv, kanalizatsiya, xom ashyo va boshqalarga teng darajada qoʼllaniladi.
Jahon hamjamiyatida ro’y berayotgan iqtisodiy globallashuv bugungi kunda resurslar jumladan energetik resurslardan samarali foydalanishmuammosi nafaqat iqtisodiy, ba lki siyosiy ahamiyatga ega va buni dolzarb vazifalar darajasiga koʼtardi. Oʼzbekiston boy energetik resurslarga ega mamlakat boʼlib, bugungi kunda ichki ehtiyojlarimiznigina qondirib qolmay eksport potentsialiga ham ega ekanimizni nomoyon qilmoqda. Tabiiy energoresurslar qayta tiklanmaydigan va tiklanuvchan turlarga boʼlinadi. Oʼzbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi elektr stantsiyalar quvvati 12357,6 Mvt boʼlib, uning 85,9% issiqlik elektr stantsiyalarga toʼgʼri keladi.
1 – rasm. O‘zbekiston elektr stantsiyalarining mavjud quvvatlari strukturasi. Issiqlik elektr stantsiyalarida yokilg‘i turlaridan eng ko‘p foydalaniladigan gaz bo‘lib, uning yoqilg‘ilar umumiy balansidagi ulushi 86,7% ni tashkil qiladi.
(2-rasm).
Аgrar soha ishlab chiqarishi respublika iqtisodiy tarmoqlari boʼyicha isteʼmol qilinayotgan elektr energiyasining katta qismini (30,8%dan ortiq) isteʼmol qiladi (3-rasm). Respublika energetikasi tizimida bugungi kunda foydalanib kelinayotgan energetik resurslar asosan gaz, mazut, koʼmir hisoblanadi. Uncha katta boʼlmagan miqdorda elektr energiya gidroelektrostantsiyalarida ishlab chiqiladi. Yuqoridagi energetik resurslar bugungi kunda respublikamiz ehtiyojini toʼla qondirib kelayotgan boʼlsada ularning zaxiralari toʼlib borishi bir necha oʼn va yuzlab yillarni talab etishini inobatga olganimizda ushbu yoqilgʼi resurslarni tejab ishlatish va ular hisobiga ishlab chiqarilayotgan elektr energiyadan samarali foydalanishmasalasi muhim davlat siyosati darajasidagi muammolardan bir ekanligini tushinish qiyin emas.
2-rasm. O‘zbekiston issiqlik elektr stantsiyalarida yokilg‘i iste’moli strukturasi.
3-rasm. 2004 yilda respublika iqtisodiyot tarmoqlari va aholi tomonidan elektr energiyasi iste’moli strukturasi.
Respublika mustaqilikka erishgandan keyin mamlakatda energetikani rivojlantirish va energiyadan oqilona foydalanishmasalalariga alohida e’tibor berilib, O‘zbekistonda “2010 yilgacha energetikani rivojlantirish” Davlat dasturi va 1997 yilda “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi” qonun qabul qilindi. Respublikaning “2010 energetikani rivojlantirish” dasturida quyidagilarga alohida e’tibor berilishi ko‘zda tutilgan:
-elektr energiyasidan samarali foydalanish va uni bir birlik mahsulot ishlab chiqishiga ketayotgan isrofini sezilarli kamaytirish;
-energetika tizimida rekonstruktsiya ishlarini keng ko‘lamda olib borish va tizimni yangi texnikalar bilan muntazam to‘ldirib borish;
-gaz va neftь mahsulotlarining elektr energiyasini ishlab chiqarishdagi salmog‘ini kama ytirish va uni o‘rniga ko‘mirdan foydalanishchora-tadbirlarini ishlab chiqish;
-kichik energetikani rivojlantirishga ko‘proq e’tibor berish; -ishlab chiqarishda noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va xakazolar.
Yuqoridagi energetikani rivojlantirishning 2010 yilgacha dasturi hamda «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunlar energetik resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan davlat strategiyasining asosini tashkil qiladi
Energiya auditi-bu energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini aniqlash va energiya ta’minoti harajatlarini kamaytirish bo‘yicha iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida obyektlarni energiya nazorati. Energiya auditining asosiy vazifasi energiya manbalaridan oqilona foydalanishni aniqlash va xaridorga energiya sarfini kamaytiradigan energiya tejash choralarini taklif qilishdir. Buning uchun energiya auditi zarur elektr energiya narxini pasaytirish elektr energiyasining yo‘qolishini aniqlash, qonun talablarini bajarish, energiya pasporti va energiya tejash dasturini yaratish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yongʻin-texnik ekspertizasi laboratoriyasi eksperti
Mirzayev Boburjon Botir o‘g‘li