Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti talablari hayotga chuqur kirib borishi bilan yo‘l transport xodisalari bo‘yicha transport vositalarini boholash tadqiqotlari katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Transport vositasiga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha ekspertizalar odatda yo‘l transport hodisasiga uchragan yoki janjal oqibatida avtomashinalarga yetkazilgan moddiy zararni aniqlash uchun tergov-surishtiruv xodimi, yo‘l harakati xavfsizlik xizmati nozirlari tomonidan chiqarilgan sud transportni baholash ekspertizasi tayinlash haqidagi qaroriga asosan, xamda sudyaning qarori yoki sud tomonidan chiqarigan ajrimga ko‘ra o‘tkaziladi. Ayrim holatlarda esa yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga ko‘ra mutaxassis fikri berish tariqasida o‘tkaziladi.
Bugungi kunda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarda: transport vositasi yo‘l transport xodisasiga uchraganligi, baxtsiz hodisa oqibatida ya’ni yong‘in, suv toshqinlari, kuchli shamol ta’sirida hamda o‘zga shahslar tomonidan transport vositasiga qasddan yetkazilgan moddiy zararlarning miqdorini aniqlash va aniqlangan summalarni sug‘urta kompaniyalari orqali to‘lov undirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bunda esa sud transportni baholash ekspertizasining xulosalari hamda mutaxassis fikri alohida ahamiyatga ega.
Avtomobillarga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash uchun ikki uslub–transport vositasining hodisaga qadar bahosini aniqlash taqqoslash uslubida, transport vositasini ta’mirlab qayta tiklashga sarflanadigan butlovchi qismlar va materiallar bahosi sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuv uslubida amalga oshiriladi.
Moddiy zararni aniqlashda transport vositasining eskirish foizi hisobga olinib, eskirish foiziga mos narxi tiklash qiymatidan olib tashlanadi.
- Transport vositasini ta’mirlab tiklash uchun ketadigan sarf-xarajatlari qiymatini aniqlash;
Bunda transport vositalarini ta’mirlab tiklash uchun ketadigan sarf-xarajatlari qiymatini aniqlashda yo‘l transport xodisasiga uchragan avtomobilni texnik soz holatiga keltirish uchun ta’mirlab tiklashga ketadigan barcha sarf-xarajatlari summasi aniqlanadi.
- Transport vositasini qoldiq qiymatini (narxi) aniqlash;
Bunda taqdim etilgan transport vositasini ko‘zdan kechirish vaqtidagi aniqlangan texnik xolatiga ko‘ra obyektning shu rusumdagi texnik soz holdagi transport vositasining o‘rtacha bozor bahosidagi qiymatiga nisbatan o‘rtacha bozor bahosi aniqlanadi.
Mazkur holatda transport vositasini qoldiq qiymatini aniqlash uchun asosan taqqoslash uslubida, ayrim holatlarda taqqoslash uslubiga qo‘shimcha sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuv uslubida amalga oshiriladi.
Transport vositasini qoldiq qiymatini (narxi) aniqlashda esa, yo‘l transport xodisasiga uchragan transport vositasini kelgusida foydalanishga yaroqli bo‘lgan mavjud qoldiq qiymati aniqlanadi.
Transport vositalarini baxolash tadqiqotlari obyekti bo‘lib quyidagilar xisoblanadi:
– Murakkab buyum sifatida baholanadigan barcha rusumdagi avtomoto transport vositalari, ularning agregatlari, birikmalari, extiyot qismlari va x.k;
Transport vositalarini baholash tadqiqotlari predmeti bo‘lib transport vositasining rusumi, modeli, avtomoto transport vositalari va uskunalarning turi, ularning ishlab chiqarilgan vaqti, transport vositalari va uskunalarning yurgan masofalari yoki ishlagan vaqti va ularning umumiy texnik rolati;
Transport vositalarini baholash tadqiqotlari o‘tkazuvchi ekspert yoki mutaxassisning vakolatiga quyidagilar kiradi va qo‘yiladigan savollar shulardan kelib chiqadi:
– Avtomoto transport vositalari va uskunalarning identifikatsiyasi, agar buning uchun boshqa turdagi ekspertiza o‘tkazilishi talab etilmasa ;
– Transport vositalari va uskunalar turini, rusumini, modelini, ishlab chiqarilgan vaqtini va texnik ko‘rsatgichlarini texnik pasport yoki boshqa hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga to‘g‘ri kelishini tekshirish, agar buning uchun boshqa turdagi ekspertiza o‘tkazilishi talab etilmasa;
– Transport vositalarini texnik holati va shikastlar mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni tekshirish, agar buning uchun boshqa turdagi ekspertiza o‘tkazilishi talab etilmasa;
– Transport vositalari shikastlanish xarakterini va ularni bartaraf etish usullari;
– Ta’mirlash ishlari narxini aniqlash;
– Extiyot qismlar narxini aniqlash;
– Avtomoto transport vositasi narxini aniqlash;
– Yo‘qotilgan tovar qiymati miqdorini aniqlash;
– Avtomoto transport vositasining ishlab chiqarish va ta’mirlash sifatini aniqlash;
– Transport vositasini ta’mirlash bo‘yicha sarf-xarajatlar hisobotini amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos kelishligini tekshirish.
X.Sulaymanova nomidagi Republika sud
ekspertizasi markazining Surxondaryo viloyat
bo‘limi eksperti, 2-darajali yurist
A.N.To‘rayev