ZAMONAVIY SUD EKSPERTIZA METODLARI

Sud ekspertizasining umumiy metodologiyasi sud ekspertizasi umumiy nazariyasining ajralmas qismi sifatida so‘nggi yillarda tadqiqotchilar e’tiborida biroz chetda qolmoqda. Umuman olganda, sud-ekspert tadqiqotlari metodologiyasi jinoiy, ma’muriy yoki fuqarolik ishi holatlari to‘g‘risida yangi bilimlarni yaratish jarayoni degan fikrlar mavjud.

123

Metodlarni tahlil qilish sud ekspertizalari juda xilma-xilligi sababli juda murakkab masala, undan tashqari, har bir sud ekspertizasi muayyan bir fanning alohida tarkibiy qismi bo‘lib, ularning farqlanishi sud ekspertizalarining tegishli sinflarini ham o‘zaro ajratadi. Shu sababli, sud-ekspertiza tadqiqotlarining mazmuni ham sezilarli darajada farqlanadi. Xususan, tadqiqotlarning metodlari va vositalarida ham farqlar (shuningdek, o‘xshashliklar) mavjud. O‘zaro farqlar mavjudligiga qaramay, sud-ekspertiza tadqiqotlarining umumiy metodologiyasi haqida fikr yuritish mumkin.

Ta’kidlash joizki, metodlarning yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlarining mavjudligi ekspert xulosasini “yakuniy bosqlichdagi haqiqat”ga, o‘zgarmas kategoriyaga aylantirmaydi. Ekspertiza tadqiqotlari sohasidagi masalalar bo‘yicha har qanday darajadagi ekspertning xulosasi, agar u yuqoridagi parametrlarga to‘liq mos kelmasa (100 foiz muvofiqlikni ta’minlash juda qiyin), tekshirish va isbotlash talab etiladigan vakolatli, ammo sub’ektiv fikr sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Shu sababli, ekspert xulosasining to‘liqligi va xolisligi deyarli har doim shubha ostiga olinadi.

Ekspertiza tadqiqotlari metodologiyasini uslubiy bilimlar daradjasini muvofiqlashtirish odatiy hol hisoblangan, fanlarning umumiy metodologiyasi nuqtai nazaridan baholash maqsadga muvofiqdir. Falsafiy metodologiya har doim birinchi o‘rinda turadi, undan keyin esa tadqiqotlar metodlari va texnikasi uchun asos bo‘lgan, aniq-ilmiy metodologiyalarda amalga oshiriladigan umum-ilmiy tamoyillar va tadqiqot shakllari keladi.

Falsafiy metodologiyaning eng yuqori darajadagi mazmuni bilishning umumiy tamoyillari va fanning kategorik tuzilishini tashkil etadi. Bu holda, falsafiy daraja barcha uslubiy bilimlarning mazmunli asosidir.

Tadqiqotning umum-ilmiy tamoyillari va shakllari keyingi darajani tashkil etadi, bu yerda uslubiy funksiyalarni bajaradigan, muqarrar ravishda bir vaqtning o‘zida fundamental fanlarning barchasiga yoki ularning muhim qismiga ta’sir ko‘rsatadigan umum-ilmiy tushunchalar mavjuddir.

Undan keyin esa, yuqorida aytilganidek, keng doiradagi uslubiy muammolarni hal qilish uchun rasmiy ishlanmalar va nazariyalar maydonga chiqadi. Keyingi darajada yoki bosqichda esa aniq-ilmiy metodologiya alohida fan doirasida qo‘llaniladigan metodlar, usullar va tadqiqot jarayonlari to‘plamini shakllantiradi.

Metodologiyaning so‘nggi darajasida mavjud (olingan) empirik materiallarni taqqoslash imkoniyatini va ishonchliligini, bu materiallarni qayta ishlash va bilimlarning umumiy to‘plamida hisobga olinishini ta’minlaydigan jarayonlar majmuidan iborat bo‘lgan tadqiqot metodologiyasi va texnikasi turadi. Bu holda gap ilmiy faoliyatni tartibga solish funksiyasini hisobga olgan holda aniq belgilangan me’yoriy xususiyatga ega bo‘lgan uslubiy bilimlarning yuqori darajasi haqida bormoqda.

Yuqoridagi keltirilgan tasnifda sud-ekspertiza tadqiqotlarining metodologiyasi aniq-ilmiy metodologiya darajasida va qatorida joylashgan. Sud ekspertizasi umumiy nazariyasining bir qismi hisoblanib va yanada “yuqori” darajadagi metodologiya sifatida uning metodologiyasining bir qismini o‘z ichiga olgan holda, sud ekspertizasining metodologiya har qanday turdagi sud ekspertizasining umumiy asoslarini belgilaydi.

Umuman olganda, sud-ekspertiza tadqiqotlarining metodologiyasi deganda uning metodlari, vositalari, tuzilishi va mantiqiy tashkil etilishi haqidagi ilmiy ta’limotni tushuniladi. Sud ekspertizalarini o‘tkazishning predmetli uslubiyotlari metodologik bilimlarning boshqa – tadqiqotlarning uslubiyoti va texnikasi – darajada joylashadi.

Sud ekspertizalari tegishli fanlarning ajralmas qismi ekanligidan kelib chiqib, sud ekspertizasi tadqiqotlarining metodlari ilmiy-tadqiqot metodlariga qaraganda kamroq xilma-xil bo‘lishini tasavvur qilish qiyin.

Sud ekspertizasi tadqiqotlarining metodologiyasi bilish jarayoni sifatida qaralgani sababli, sud ekspertizasining muayyan turlarini o‘tkazishning ekspertiza uslubiyoti va metodlari – sud ekspertizasi maqsadlariga erishish va vazifalarni hal qilish uchun yaratilgan yaxlit tizimni tashkil etishi bilan bog‘liq. Har qanday tizim singari, ushbu metodologiya ham takomillashtirishi kerak.

720 80 F7a238517d90273abc8380bab218a879

Muayyan metodlardan foydalanish ularni ma’lum bir fan yoki amaliy faoliyat sohasining o‘ziga xos metodlariga kiritishga imkon bermaydi
[7, s.1]. Amalda, bir fanning boshqa fanda qo‘llaniladigan metodi o‘zgartiriladi va ushbu metodda mavjud bo‘lmagan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, sud ekspertizasining asosiy tashkil etuvchi fanlardan biri bo‘lgan kriminalistika fanida ushbu masalalarga katta e’tibor berilgan. Adabiyotlarda jinoyatlarni ochish va tergov qilish amaliyotiga umum-ilmiy metodlarni aniqlashtirgna holda qo‘llashga oid misollari yetarli. Bunday ilmiy asarlarning ahamiyati umum-ilmiy eksperimental metod – tergov eksperimenti – asosida ishlab chiqilishi mumkinligida hisoblanadi.

Sud ekspertlik faoliyatining o‘ziga xosligi, shuningdek uning vazifalarining xilma-xilligi va murakkabligi, ekspert eksperimentini detallashtirish imkoniyatini qiyinlashtiradi, chunki sud ekspertizalarning har bir turi uchun eksperimental harakatlar o‘zaro sezilarli darajada farq qiladi.

Tegishli harakatlarning mohiyatini ochib berish uchun taklif qilingan metodlarning har bir guruhini ekspertizada foydalanish uchun jalb qilingan bilim sohalaridan olingan mavjud va tushunarli tushunchalar orqali izohlash kerak. Shuningdek, ayrim metodlarni o‘zaro aralashtirish ham muqarrar ko‘rinadi, chunki bir xil metodlarni qo‘llash natijasida turli xil ma’lumotlar olish mumkin.

Yuqoridagilarning barchasi hal qilinayotgan vazifalarning ko‘lamining kattaligi va turlichaligidan dalolat beradi hamda ekspertiza metodlarining keng majmuini formal emas, balki mazmun jihatidan tizimlashtirish dolzarb bo‘lib qolaveradi.

 

Muxamedjanova Madina Maxkamdjanovna

Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi
Sud ballistika va trasologiya ekspertizasi
laboratoriyasi eksperti

Skip to content