RESPUBLIKA SUD EKSPERTIZA MARKAZINING FARGʻONA VILOYAT BOʻLIMIDAGI QOʻSHIMCHA JORIY ETILGAN EKSPERTIZA TURLARINING DOLZARBLIGI

Anotatsiya:  Sud yongʻin-texnikaviy ekspertizasining vazifalari, tekshirish obyektlari, yongʻinlarni kelib chiqishi va ularni oʻrganish masalalari yoritilgan.

Kalit soʻzlar: Yongʻin hodisasi, sud yongʻin-texnikaviy ekspertizasida yongʻinlarni oʻrganish, ehtiyotsizlik oqibatida sodir boʻladiga yongʻinlar, qasddan sodir etiladigan yongʻinlar, kuchli tabiat hodisalari oqibatida sodir boʻladigan yongʻinlar.

Annotatsiya: В стате рассмотрены задачи судебно-пожарно-технической экспертизы, объекты обследования, причины возникновения пожаров и вопросы их изучения.

Ключевые слова: Пожарное происшествие, расследование пожаров при судебно-пожарно-технической экспертизе, пожары по неосторожности, умышленные пожары, пожары, вызванные силными природными явлениями.

Annotation: The tasks of the forensic fire-technical expertise, the objects of inspection, the origin of fires and the issues of their study are covered.

Key words: Fire incident, investigation of fires in forensic fire-technical examination, fires caused by carelessness, fires caused by intention, fires caused by strong natural phenomena.

Kirish: Ushbu tezisda mamlakatimizda sud ekspertlik sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, sud yongʻin-texnikaviy ekspertizasining vazifalari, tadqiqot obyektlari, sud yongʻin-texnikaviy  espertizasida yongʻinlarni oʻrganish turlari, yongʻinlarning kelib chiqish sabablari haqida axborot berilgan.

 Asosiy qisim: Sud ekspertizasi – fuqarolik, xoʻjalik, jinoyat va maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini oʻtkazish va xulosa berishdan iborat boʻlgan protsessual harakat hisoblanadi.

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, jinoyatlar va huquqbuzarlikka qarshi kurashish masalalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarga maxsus bilimlarni qoʻllash yoʻli bilan koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan.

Sud ekspertining xulosasi odil sudlovni amalga oshirish fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni aniqlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarga adolatli qaror chiqarish uchun asosiy xujjatlardan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda sud ekspertlik faoliyatini rivojlantirish, sud ekspertizasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2010-yil                1-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi                               OʻRQ-249 soli Qonuni tasdiqlangan.

Sohani rivojlantirish yuzasidan Preziden Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, qabul qilinmoqda.

Jumladan, 2023-yil 5-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi   PF-6256-sonli Farmoni qabul qilingan boʻlib, Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021-2025-yillarga moʻljallangan konsepsiyasi tasdiqlangan.

Konsepsiyaning toʻrtinchi bob ikkinchi bandida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining hududiy boʻlimlarida joylardagi zarur ehtiyojlar hamda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda ekspertiza tadqiqotlarining qoʻshimcha turlarini joriy qilish nazarda tutilgan.

Farmon ijrosi yuzasidan Respublika sud ekspertizasi markazining Fargʻona viloyat boʻlimida ekspertiza tadqiqotlarining qoʻshimcha turlari joriy etildi.

Sud yongʻin-texnikaviy ekspertizasi yangi joriy etilgan tadqiqot turlaridan biri hisoblanadi.

Sud yongʻin-texnikaviy ekspertiza yoʻnalishi, Sud yongʻin-texnikaviy va sud elektrotexnika ekspertiza turlari boʻyicha Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari sud-tergov va surishtiruv organlari tomonidan yongʻin ishlari yuzasidan taqdim etiladigan qaror va ajrimlar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazilishi belgilangan.

Sud yongʻin-texnikaviy ekspertiza tadqiqoti – yongʻin paydo boʻlgan joy, vaqti va sabablarini, olov tarqalish yoʻllarini, yongʻin xavfsizligi qoidalari buzilish holatlarini, turli modda va materiallarning yongʻindan xavfli xususiyatlarini, yongʻin xavfsizligi qoidalari buzilishi dalillari bilan bir tomondan va yongʻin paydo boʻlishi, tarqalishi va uning asoratlari oʻrtasida ikkinchi tomondan bogʻliq sabablar bor-yoʻqligini oʻrganadi.

Sud yongʻin-texnikaviy ekspertizasining tadqiqot obyekti boʻlib;

– bino va inshootlarning yonib ketgan va kulga aylangan, kuygan va qiyin yonadigan konstruktiv elementlari;

– yonib ketgan va qisman yongan predmetlarning qoldiqlari;

– elektr jixozlari va elektr moslamalari;

– turli xil texnik inshootlar va texnologik jixozlar;

– isitish moslamalari, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar izlari mavjud predmetlar;

– oʻt olish va yonib ketish xususiyatiga ega modda va materiallar, oʻt qoʻyish qurollari yoki ularning qoldiqlari;

– avtomobillarning yongan qisimlari, elektr jixozlari, elektr moslamalari hisoblanadi.

Yongʻin hodisasi – yongʻin sodir boʻlgan joyda jamiki narsalarga oʻzining taʼsirini koʻrsatadi. U nafaqat moddiy, baʼzida insonlarning kuyishiga, oʻlimiga ham sababchi boʻladi. Shu hisobdan, bu hodisa insonning yashashi va rivojlanishi uchun yaratilayotgan barcha mavjudliklarga salbiy taʼsirini koʻrsatadi.

Yongʻinlarni yuzaga kelishi uchun asosiy uchta omil lozim boʻladi. Shulardan yonuvchi mahsulot, havo, yondiruvchi mahsulot. Ushbu omillardan bittasi boʻlmasa yongʻin yuzaga kelmaydi yoki yongʻin oʻz-oʻzidan oʻchish holatiga keladi.

Yongʻinlarning kelib chiqish sabablari turlicha boʻlsada, sud-yongʻin-texnikaviy ekspertizasida yongʻinlar asosan uchga boʻlib oʻrganish mumkin.

  1. Ehtiyotsizlik oqibatida sodir boʻladigan yongʻinlar.
  2. Qasddan sodir etiladigan yongʻinlar.
  3. Kuchli tabiat hodisalari oqibatida sodir boʻladigan yongʻinlar.

Ehtiyotsizlik oqibatida sodir boʻladigan yongʻinlar jumlasiga, elektr uskunalari va gaz moslamalaridan notoʻgʻri hamda nosoz moslamalardan foydalanish, payvandlash ishlarini yongʻin qoidalariga rioya qilinmasdan olib borilishi, yongʻin yuklamalari yuqori darajada boʻlgan joylar (har-xil omborxonalar, paxta yoki kip skirdlari, zavod, fabrika, maʼmuriy binolar, yonilgʻi quyish va saqlash joylari va boshqalar)da, chekish yoki yongʻin manbalaridan nooʻrin foydalanish, bolalar shoʻxligi, oʻz-oʻzidan yonuvchi maxsulotlarning saqlash qoidalarining buzilishi kabi yongʻinlar kiradi.

Qasddan sodir etilgan yongʻinlar “Yongʻin jinoyati” ostida, boshqa jinoyatlar yotishini yoki kelishmovchilik, nizolar natijasida kelib chiqishini koʻrsatadi.

Jinoyatchilar har-xil turdagi masalan: qotillik, oʻgʻrilik, oʻzganing mulkiga zarar yetkazish, iqtisodiy va boshqa jinoyatlarni sodir etib, yongʻin orqali oʻzlarining izlarini yoʻqotishga harakat qiladilar.

Kelishmovchilik yoki nizo natijasida qasd olish maqsadida yongʻinlar sodir etilishi mumkin.

Kuchli tabiat hodisalari chaqmoq, kuchli shamol, yer silkinishi, momaqaldiroq va boshqa tabiiy hodisalar turli obyektlar (elektr, tabiiy gaz obyektlari va tarmoqlari, yonilgʻi quyish shaxobchalari, ishlab chiqarish korxonalari, omborxonalar v.h.k)da yongʻinlar kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.

Yongʻin-texnikaviy ekspertizasining tadqiqot predmeti sifatida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimi bilan yongʻin-texnik eksperti tomonidan vakolatlari va bilimlari chegarasida yechiladigan savollar majmuasi hisoblanadi.

Respublika sud ekspertiza markazining Fargʻona viloyat boʻlimida sud-avto texnika, sud-qurilish, sud-xatshunoslik, sud-lingvistika yoʻnalishlarida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimi, advokatlik soʻrovi yuzasidan ekspetriza tadqiqotlarini oʻtkazib xulosa berish hamda jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlariga asosan mutaxassis fikri berish yoʻlga qoʻyilgan.

Markazning Fargʻona viloyat boʻlimiga qaror va ajrim, fuqarolik murojaatlari fargona@sudexmail.uz elektron pochta manzili, fargonarsem@exat.uz tizimlari orqali yoki pochta orqali 150103, Fargʻona shahar, B.Margʻiloniy koʻchasi 121 uyga yuborilishi, bevosita boʻlimga taqdim etilishi mumkin. Tel (73) 244-80-74, (73) 245-08-68

 

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining
Fargʻona viloyat boʻlimi Sud yongʻin-texnikaviy ekspertiza
Davlat sud eksperti
Zaynabidinov Boburjon Baxtiyarovich

Skip to content