Xalqaro hamkorlik kengaymoqda.

Ayni damda Tailand Qirolligining Bangkok shahrida Osiyo sud ekspertiza tarmog’ining (Asian Forensic Sciences Network – AFSN) 16-yalpi yig’ilishi va Osiyo Tinch okeani tibbiy-huquqiy agentliklari Assotsiatsiyasining (Asia-Pacific Medico-Legal Agencies – APMLA) uchrashuvi hamda «Yorug‘lik va qorong‘ulik: texnologiya dalillarga qarshi» mavzusidagi simpoziumida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori Akram Xalilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Tadbirlar davomida Markaz delegatsiyasi tomonidan AFSN boshqaruv kengashi prezidenti, Filippin Milliy Politsiyasi Sud-ekspertiza guruhi (Philippine National Police Forensic Group) rahbari Constancio Chinayog Jr., AFSN boshqaruv kengashi xalqaro masalalari bo‘yicha vakili, Singapur Sud ekspertiza fanlari boshqarmasi (Health Sciences Authority) rahbari Angeline Yap, Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligining Sud ekspertizasi instituti (Institute of Forensic Science of China, Ministry of Public Security) delegatsiya rahbari Chen Song, Tailand Sud ekspertizasi markaziy instituti (Central Institute of Forensic Science Thailand – CIFS) rahbari Weerakit Harnpariphan va Hindiston sud ekspertlar akademiyasi (Indian Academy of Medicolegal Experts) prezidenti Adarsh Kumar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvilarda O‘zbekistonda sud ekspertizasi faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar uchrashuvlar ishtirokchilari e’tiboriga yetkazilib, sud ekspertizasi muassasalari o‘rtasida sud ekspertizasi sohasida keng qamrovli hamkorlik masalalari muhokama etildi.

AFSNning yalpi yig‘ilishi va simpoziumi davom etmoqda.

Skip to content