O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi 2024-o‘quv yili uchun Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash o‘quv kurslariga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.
O‘quv kurslarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshiradi:
– Markaz direktori (komissiya raisi) nomiga ariza (arizada talabgorning qaysi tilda ta’lim olish istagi ko‘rsatiladi);
– pasport nusxasi;
– ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
– 3,5×4,5 hajmdagi ikki dona fotosurat;
– nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti nomidan tavsiyanoma (agar talabgor yuridik shaxs xodimi bo‘lsa).
Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga kelib yoki pochta yoxud info@sudex.uz elektron pochta orqali sifatli (ko‘rinarli, yaxshi o‘qiladigan) darajada taqdim qilishlari (suhbat jarayonida hujjatlarning asli ko‘rsatiladi) lozim.
Qabul komissiyasi tomonidan (o‘zbek yoki rus tilida) suhbat 2024-yil oktabr oyining birinchi o‘n kunligida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi binosi (Toshkent shahri, Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 46-uy)da o‘tkaziladi.
O‘qish muddati olti oydan (24 hafta) kam bo‘lmagan muddatda tashkil etiladi.
O‘qish uchun to‘lov miqdori o‘quv jarayoni an’anaviy ta’lim shaklida tashkil etilganda, amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining 45 (qirq besh) baravari miqdorida, masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining 40 (qirq) baravari miqdorida amalga oshiriladi.
Hujjatlar 2024-yil 1-oktabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: 71-209-11-55 ichki (214, 201)
Markaz veb-sayti: https://sudex.uz
Elektron manzil: info@sudex.uz