- Elektr qurilmalaridan yongʻin chiqish sabablari
Elektr qurilmalarining ekspluatatsiya qilishdan kelib chiqishi mumkin boʻlgan yongʻin xavfi elektr tarmogʻida mashina va apparatlarda yonishi mumkin boʻlgan himoya qatlami va yongʻin manbai borligi sababdir.
Elektr qurilmalaridan yongʻin chiqishining asosiy sabablari boʻlib:
– Elektr simlarida, mashina choʻlgʻamlarida va apparatlarda qisqa tutashuv (QT) hodisasi;
– Elektr oʻtkazgichlarda, mashinlarda va apparatlarda ortiqcha yuklanish hodisasi;
– Ulash (kontakt) joylarida katta oʻtish qarshiligi, uchqun va elektr yoyi hisoblanadi.
Bulardan tashqari, yongʻinga qarshi qoidalarni va tartiblarni buzilishi hisoblanadi.
- Elektr qurilmalaridan yongʻin chiqish sabablari
Elektr qurilmalarining ekspluatatsiya qilishdan kelib chiqishi mumkin boʻlgan yongʻin xavfi elektr tarmogʻida mashina va apparatlarda yonishi mumkin boʻlgan himoya qatlami va yongʻin manbai borligi sababdir.
Elektr qurilmalaridan yongʻin chiqishining asosiy sabablari boʻlib:
– Elektr simlarida, mashina choʻlgʻamlarida va apparatlarda qisqa tutashuv (QT) hodisasi;
– Elektr oʻtkazgichlarda, mashinlarda va apparatlarda ortiqcha yuklanish hodisasi;
– Ulash (kontakt) joylarida katta oʻtish qarshiligi, uchqun va elektr yoyi hisoblanadi.
Bulardan tashqari, yongʻinga qarshi qoidalarni va tartiblarni buzilishi hisoblanadi.
Qisqa tutashuvning-asosiy sabablari
– elektr simlarida, kabel, mashina va apparatlarda ximoya qatlamining buzilishi va eskirishi;
yashinni toʻgʻridan-toʻgʻri tushishi;
elektr jihozlariga qarovsizlik;
elektr simlari va apparatlarning ximoya katlamining mexanik jarohatlanishi;
ochik elektr simi tarmoklarida shamol taʼsirida va x.z.
Qisqa tutashuvdan muhofazalanish ikki yoʻnalishda olib borilishi kerak:
– birinchidan qisqa tutashuvga hosil boʻlishiga yoʻl quymaslik, yaʼni extiyotkorlik;
– ikkinchidan xavfli toklar taʼsir vaqtini cheklash, yaʼni ximoya apparatlarini (saklagich, avtomat) kullash.
Qisqa tutashuvning oldini olish:
– elektr qurilmalarini toʻgʻri tanlab xonalarga mos kilib loyixalashtirish;
– loyixaga va meʼyoriy xujjatlarga asasan montaj qilish;
– elektr qurilmalarini toʻgʻri ekspluatatsiya (pasportdagi va birkadagi kursatkichlari asosaida) qilish kiradi.
- Elektr qurilmalarida ortiqcha yuklanish.
Yuklanish – deb shunday xodisaga aytiladiki, unda sim va kabellarning elektr tarmogʻida, mashinalar chulgʻamlarida va apparatlarda ishchi (Iishchi) tok ruxsat etilgan (Iruxs.et.) tokdan uzoq vaqtga kattadir, yaʼni Iishchi > Iruxs.et. Uzoq vaqtli ruxsat etilgan tokning qiymati oʻtkazuvchining kesim yuzasiga va materialiga, yotqizish uslubiga, oʻtkazuvchining konstruksiyasiga va atrof muhitning haroratiga bogʻliq.
Ortiqcha yuklanishning asosiy sabablari:
– ishchi tokga simlarning kesim yuzasining toʻgʻri kelmasligi, yaʼni Iishchi > Iruxs.et.;
– sim yuzasini hisobga olmagan xolda koʻzda tutilmagan tok qabul-qiluvchilarni bir tarmoqqa parallel ulash;
atrof muhitning haroratini koʻtarilishi;
elektr dvigatellarida kuchlanishning pasayishi yoki yuklamaning ortishi;
elektr moslamalarida zavod kursatkichlaridan tok va kuchlanishning ortib ketishi va x.z.
Ortikcha yuklanishdan muhofazalanish:
-oʻtkazuvchilarni kesim yuzasini qizishga asoslanib toʻgʻri tanlash yaʼni Iishchi < Iruxs.et.;
-katta quvvatga moʻljallangan isteʼmolchilarni bir tarmoqqa parallel ulamaslik;
-simlarni, mashina va apparatlarni sovushi uchun kerakli sharoitni yaratish GOST va PUE ga asosan ularning qizishini ruxsat etilgandan ortmasligini taʼminlash;
-ximoya apparatlarini (eruvchi saqlagichlar, avtomat oʻchirgichlar va issiqlik releli magnit ishga tushiruvchilar) qoʻllash va x.z.
- Katta oʻtish qarshiligi
Katta oʻtish qarshiligi – deb shunday qarshilikka aytiladiki, unda tok bir simdan ikkinchi simga yoki simni qandaydir apparatga oʻtish joyida (yomon ulanishda) hosil boʻladi.
Katta oʻtish qarshiligining kelib chikish sabablari:
- elektr moslamalarining ulash (kontakt) joylarining mustaxkam bajarilmaganligi;
- elektr moslamalarining ulash (kontakt) joylarini zang, kurum bosishi;
- atrof muxit taʼsirida izolyatsiyalanmagan ulash (kontakt) joylarini oksidlanishi;
- elektr moslamalarining ulash (kontakt) joylaridagi materiallarni bir biriga mos emasligi va x.z.
Katta oʻtish qarshiligidan muhofazalanish:
- sim va kabellarni mustahkam bogʻlanishini taʼminlash (kavsharlab, payvandlab, presslab). – sim va kabel oxirlarida maxsus qisqichlarni qoʻllash (ayniqsa alyuminiy simlarda);
- ulash joylarini izolyatsiyalash (izolyatsiya lentasi, buyoklash, moylash va x.z.);
- ulash (kontakt) joylarini zang, kurumdan doimo tozalash;
- ulash (kontakt) joylaridagi materiallarni tugri tanlash va x.z.
Qisqa tutashuv
Qisqa tutashuv turli sabablarga koʻra sodir boʻlishi mumkin, ammo buni aniq bilish uchun tajriba talab etiladi. QT quyidagilar tufayli yuzaga kelishi mumkin:
- elektr simlarini izolyatsiyasini buzilishi;
- elektr tarmoqlarining shikastlanishi;
- elektr podstansiyasining ishlashidagi nuqson va xizmat koʻrsatuvchi hodimlarning xatolari;
- qasddan qisqa tutashuv.
Qisqa tutashuv holatida elektr simlarini tekshirish quyidagi ishlarni oʻz ichiga oladi:
- vizual tekshirish;
- rentgen nurlarini tahlil qilish;
- morfologik tadqiqotlar;
- metallografik tadqiqotlar.
Qisqa tutashuvni birlamchi va ikkilamchi darajaga ajratish mumkin. Agar yongʻin qisqa tutashuv tufayli sodir boʻlgan boʻlsa, u birlamchi deyiladi. Yonish paytida qisqa tutashuv sodir boʻlsa hamda simlarning izolyatsiyasining erishi natijasida qisqa tutashuv hosil boʻlsa u ikkilamchi darajali q.t. deb nomlanadi.
Biroq, elektr zanjirlarining tajribasi nafaqat yongʻin sodir boʻlgan taqdirda ham talab qilinadi. Koʻpincha, qisqa tutashuv sodir boʻlgandan soʻng, elektr jihozlari ishlamay qoladi. Bu qurilmaning oʻtkazgichlarida katta oqimdagi elektr toki harakatlanish natijasida, haddan tashqari yuklama paydo boʻlishiga sabab boʻladi, buning natijasida esa uskunalar termik qizishga duch keladi yoki oqim qismlari orasidagi katta elektromagnit kuchlarning taʼsiri tufayli mexanik shikastlanishlarga olib keladi. Bunday holda, tekshiruv elektr moslamasining buzilishiga qisqa tutashuv boʻlganligini tasdiqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Testerni ishlash prinsipi
Avvalo, elektrotexnik obyektlarni tekshirishda Tester (ampermetr, voltmetr va ommetrlar) asbobi alohida oʻrin egallaydi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Tester (multimetr) elementlari.
Raqamli multimetr amperametr, voltmetr va ommetrlarini oʻzida mujassam qilgan, oʻlchov qiymatlarini kichik displeyda oʻqishni koʻrsatadigan, elektr parametrlarini oʻlchash uchun universal qurilmadir.
Raqamli multimetrning oʻlchash mexanizmi boʻlgan qurilmalardan afzalligi shundaki, qurilmaning strelkasi shkaladagi alohida boʻlinmalar orasida toʻxtasa, qurilmani shkala boʻyicha oʻqish qayta hisoblanishi kerak. Raqamli oʻlchash asboblari oʻqishlarni displeyda raqam sifatida koʻrsatish orqali qayta hisoblashga hojat yoʻq.
Bevosita tokni oʻlchash uchun amalga oshiriladigan tutashuv bilan amperametr ketma-ket ulangan boʻlishi kerak. Agar tokni oʻlchash uchun tuzilgan qurilma tasodifan kuchlanish manbai bilan parallel ravishda yoqilgan boʻlsa, kuchlanish ortiqcha tokni oʻlchagich orqali oqib oʻtishiga va uni shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Kuchlanishni oʻlchash uchun oʻlchagich kuchlanish manbai bilan parallel ulangan boʻlishi kerak. Parallel tutashuvning barcha tarmoqlarida kuchlanish bir xil boʻlgani uchun oʻlchanadigan kuchlanish oʻlchagichda ham boʻladi, natijada oʻlchagich kuchlanish darajasini koʻrsatadi.
Elektr choynak tekshirish.
Ekspert tadqiqotining dastlabki bosqichi:
- Vizual tadqiqot.
- Elektr choynak vizual koʻrib chiqiladi.
- Uning elektr simlarida erigan joylari boʻlsa, Obyekt № 1,2,3 belgilanib ketiladi (zarur holda qirqib olinadi).
- Obyektning ustki qismi etil spirti yoki xloroform yordamida artib tozalanadi.
- Instrumental tadqiqot
- Elektr choynak optik yoki metallografik mikroskop obyektiv (fokus) ostiga qoʻyilib, uning yordamida tadqiqot qilinadi.
- Obyektlar mikroskop yordamida 50x, 100x, 500x marta kattalashtirilgan holda koʻrilib, ulardagi oʻzgarishlar, alomatlar aniqlanadi.
- Tekshiruvlar tahlili
Tekshirish uchun taqdim etilgan
Elektr choynakni haqiqiy quvvatini aniqlash.
Elektr choynakning zavod tomonidan ishlab chiqarilgan quvvati: P=2000 Vt,
Zanjirdagi tok kuchi: I=9 A
Kuchlanishi: U=220 V
Xaqiqiy quvvati:
Misol.
Agar elektr choynak 220 V kuchlanishli tarmoqga ulangan. Choʻgʻlanma tolaning qarshiligi 40 Om boʻlsa, elektr choynakdagi tok kuchini aniqlash.
Berilgan: U=220 V R=40 Om I=?
|
Yechimi: |
XP1-kirish guruh kontaktlari va qizish element, St2-qizishdan himoya tizimi, St1-yoqish knopkasi (qizish datchigi yoki termooʻchirgich ham deyiladi).
4-Rasm.. Elektr choynakni prinsipial sxemasi
Quvurli elektr isitkich (TEN-Trubchatыy elektronagrevatel, bundan keyningi oʻrinlarda TEN deb yuritiladi) – bu issiqlik oʻtkazuvchi elektr izolyatori bilan toʻldirilgan metall quvur shaklidagi elektr isitish moslamasi. Isitish elementining yuzasiga kerakli oʻziga xos quvvatni oʻtkazish uchun maʼlum bir qarshilikka ega boʻlgan oʻtkazuvchan tola (odatda nixrom yoki fexral) aynan izolyatorning markazidan oʻtadi.
U koʻplab maishiy va sanoat elektr jihozlarida qoʻllaniladi: choynaklar, qozonxonalar, kir yuvish mashinalari, suv isitish va isitish qozonlari va boshqalar.
- Vizual tekshirish. Elektr choynakni sozligini tekshirish. Birinchi navbatda elektr choynakni qismlarga ajaratamiz. Buning uchun pastki qismdagi plastmass himoya taglikni vintlarni boʻshatamiz va himoya qopqogʻini yechamiz.
Quvurli elektr isitkichni chiqishlarini ajratib olamiz.
- 2. Tester yordamida uni qarshligini oʻlchash. Tester yordamida uni qarshiligini oʻlchash rejimida tekshiramiz. Agar TEN kuygan boʻlsa qarshlik nolga teng boʻlishi kerak. Agar TEN uzligan boʻlsa, multimetr uzilganligini koʻrsatadi (cheksiz katta qarshilik qiymati). Agar isiitish elementi soz boʻlsa, unda boshka joyni qidirish kerak.
Demak, elektrchoynak boshqa bir sababga koʻra yoqilmayapti.
Elektr moslamaning quvvati, kVt | 0,5 | 1,0 | 1,5 | 2,0 | 2,5 | 3,0 |
Isteʼmol qilinayotgan tok, A | 2,3 | 4,5 | 6,8 | 9,1 | 11,4 | 13,6 |
Qarshilik, Om ≈ | 95 | 49 | 32 | 24 | 19 | 16 |
TEN soz boʻlsa uning qarshligi bir necha Om dan yuz Om gacha qiymatni koʻrsatadi. Hammasi quvvatga bogʻliq, quvvat qancha katta boʻlsa, qarshilik shuncha kichik boʻladi. Quyida isteʼmol qilinayotgan quvvatdan, tok kuchi va qarshlik qiymatlari namuna uchun koʻrsatilgan.
Xulosa shuni koʻrsatadiki, mazkur maqolada elektr moslama va uskunalaridagi avariya holatlarini tekshirish usullari tadqiq qilingan.
Elektrodvigatel vizual tekshirish.
Uning statorini erigan joylari, obyekt № 1,2,3 belgilanadi. Obyektning ustki qismi etil spirti va xloroform yordamida artib tozalanadi. Elektrodvigatel erigan joyini optik yoki metallografik mikroskop obyektiv (fokus) ostiga qoʻyilib, yordamida tadqiqot qilindi. Obyektlar mikroskop yordamida 50x, 100x, 500x marta kattalashtirilgan holda koʻrilib, ulardagi oʻzgarishlar, alomatlar aniqlanadi.
Elektr simlar, kabellar, elektr shnurlar, elektr rozetkalar, elektr vilkalar, kombinatsiyalangan elektr qurilmalar, elektr chiroqlari, saqlagichlar, avtomatik oʻchirgichlar, elektr dvigatellar, elektr choynak, elektr isitkichlar, muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, mikrotoʻlqinli pechlarni tuzilishi shu asnoda tekshiriladi.
Murakkab maishiy texnikalar:
– Elektr moslama, uskuna va maishiy texnikalarning soz yoki nosoz xolga kelganligini testr asbobi yordamida tekshiriladi.
Yong‘in-texnik ekspertizasi laboratoriyasi
katta eksperti A.D.Pardaboyev