Sud transport-trasologiya ekspertizasini oʻtkazishda hal etiladigan masalalar.

Trasologiya soʻzining maʼnosi iz va fikrlash soʻzlaridan tashkil topgan boʻlib, sud transport-trasologiya ekspertizasi transport vositalari toʻqnashganganligi fakti tasdiqlanganidan soʻng, oʻzaro toʻqnashgan transport vositalaridagi izlar boʻyicha oʻtkaziladigan tadqiqotlarni ifodalaydi.

Sud transport-trasologiya ekspertizasini oʻtkazish natijasida quyidagi asosiy (va boshqa) masalalarni hal etish mumkin, xususan:

  1. Transport vositalarining toʻqnashuvi ularning qaysi qismlari bilan sodir etilganligini;
  2. Birlamchi toʻqnashuv vaqtida transport vositalarining oʻzaro joylashuv vaziyatini;
  3. Birlamchi toʻqnashuv vaqtida transport vositalarining yoʻlning boʻylama oʻqiga nisbatan joylashish   vaziyatini;
  4. Toʻqnashuvning qaysi joyda sodir boʻlganligini;
  5. Toʻqnashuvni yoʻlning qatnov qismini qaysi tomonida sodir boʻlganligini;
  6. Transport vositalaridagi jarohatlarning sodir boʻlish ketma-ketligini;
  7. Transport vositalari harakatining toʻqnashuvdan keyingi yoʻnalishi va harakterini;

8.Birlamchi toʻqnashuv vaqtida transport vositalarini harakatda boʻlganligi yoki ulardan birini toʻxtab turganligini;

  1. Transport vositalarini toʻqnashuv vaqtida orqaga xarakatlanganlik xolatini;
  2. Bir yoʻnalishda harakatlangan transport vositalarini toʻqnashuvida ulardan birining yoʻnalishi oʻzgartirganligini;
  3. Yoʻl transport hodisasi (YTH) mexanizmini;
  4. Toʻqnashuvda qatnashgan transport vositalari haydovchilari, guvohlar, xolislar va boshqalarning koʻrsatmalarini YTHning mexanizmiga toʻgʻri kelish-kelmasligi masalasiga oydinlik kiritish va boshqa masalalarni.

Endi, yuqorida bayon qilingan yaʼni sud transport-trasologiya ekspertizasini oʻtkazish natijasida hal etilishi mumkin boʻlgan masalalarning har birini tadqiqot qilish ketma-ketligiga toʻxtalib oʻtamiz.

  1. Transport vositalarining toʻqnashuvi ularning qaysi qismlari bilan sodir etilganligi masalasi TVni koʻzdan kechirish jarayonida, transport vositalarini toʻqnashuv joyidagi dastlab urilgan xolatida ishtirok etgan yuzalarni va ulardagi mos jaroxat izlarini aniqlash orqali hal etiladi. Bunda, transport vositalaridagi texnik shikatlanishlar oʻzlarining oʻlchamlari, yer satxidan balandligi, sodir boʻlish mexanizmi va ayrim holatlarda yuza qismlarida  qoldiriladigan oʻziga xos belgilari (boʻyoq yuqumlari va boshqalar)ga koʻra bir-biriga toʻgʻri kelgan holatlardagina, ular mos jaroxatlar, deb qabul qilinadi. Koʻzdan kechirish transport vositalari ekspertiza tayinlagan organ(shasx)ning majburiy ishtirokida oʻtkaziladi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
  2. Birlamchi toʻqnashuv vaqtidagi transport vositalarining oʻzaro joylashuv vaziyatini aniqlash uchun, ular oʻrtasidagi birlamchi kontakt qaysi qismlari bilan sodir etilganligi va bunda ishtirok etgan  yuzalardagi mos jaroxat izlari aniqlanib olinganidan soʻng, mos jaroxatlar asosida transport vositalarining birlamchi toʻqnashuv vaqtidagi oʻzaro joylashuv vaziyati natura (bir-biriga amaliy) yoki masshtabli (bir-biriga chizma) shaklda yaqinlashtirish usuli boʻyicha tiklanib, soʻngra ularning boʻylama oʻqlari orasidagi burchak oʻlchanadi. Transport vositalarining birlamchi toʻqnashuv vaqtidagi boʻylama oʻqlari orasidagi burchak, ularning oʻzaro  joylashuv vaziyatini belgilaydi.
  3. Birlamchi toʻqnashuv vaqtida transport vositalarining yoʻlning boʻylama oʻqiga nisbatan joylashish vaziyatini,hyech boʻlmaganda bitta transport vositasidan xodisaga qadar tormoz izlari qoldirilgan xolatda aniqlash mumkin boʻladi. Bunda, dastlab xodisaga qadar tormoz izi qoldirilgan transport vositasining birlamchi toʻqnashuv vaqtida yoʻlning boʻylama oʻqiga nisbatan joylashish vaziyati aniqlanadi. Undan keyin, transport vositalarining birlamchi toʻqnashuv vaqtidagi oʻzaro  joylashuv vaziyati aniqlanadi. Yuqorida bayon qilib oʻtilgan ikki maʼlumot asosida, xodisaga qadar tormoz izlari qoldirmagan transport vositasining  yoʻlning boʻylama oʻqiga nisbatan joylashish vaziyati aniqlanadi.
  4. Toʻqnashuvning qaysi joyda sodir boʻlganligi, uslubiyatga asosan tuproq uyumi, voqea joyidagi tormoz izlari tugagan joy, ularning yoʻnalishi keskin oʻzgargan joy, asfaltdagi qirilish izlar, shisha siniqlari, toʻkilmalar, moy izlari va singan extiyot qismlar sochilgan joylari kabi belgilar asosida aniqlanadi.
  5. Toʻqnashuvni yoʻlning qatnov qismini qaysi tomonida sodir boʻlganligi, toʻqnashuv joyi aniqlanganidan keyin “toʻqnashuv joyi”ni aniqlashga asos boʻlgan belgilarnivoqea joyini koʻzdan kechirish bayonnomasi va uning chizmasidayoʻlning qatnov qismini qaysi tomonida belgilanganligidan, ushbu belgilarni yoʻlning qatnov qismi chegaralariga nisbatan joylashish kordinatalaridanhamda bunga aloqador maʼlumotlardan kelib chiqib aniqlanadi.
  6. Transport vositalaridagi jarohatlarning sodir boʻlish ketma-ketligi, transport vositalarining toʻqnashuvdan oldingi harakat yoʻnalishlari, birlamchi toʻqnashuv ularning qaysi qismlari bilan sodir etilganligi, transport vositalarini olgan texnik shikastlanishlarining sodir boʻlish mexanizmi, texnik shikastlanishlarning joylashuvi- chuqurligi-yer sathidan balandligi, jaroxatlarning yuzasidagi oʻziga xos belgilari hamda shikastlangan qismlarning hajmiga qarab aniqlanadi.
  7. Transport vositalari harakatining toʻqnashuvdan keyingi yoʻnalishi va xarakteri, ularning toʻqnashuvdan oldingi harakat yoʻnalishlari va tezliklarini, birlamchi toʻqnashuv ularning qaysi qismlari bilan sodir etilganligini, ularning shaxsiy ogʻirliklari va yuklanganlik darajasini, gabarit oʻlchamlarini, ularning toʻqnashuv burchagini hamdayoʻlning toʻqnashuv vaqtidagi xolatini tahlil qilinib aniqlanadi.
  8. Birlamchi toʻqnashuv vaqtida transport vositalarini harakatda boʻlganligi yoki ulardan birini toʻxtab turganligi masalasi,transport vositalarining toʻqnashuvdan oldingi harakat yoʻnalishiga nisbatan olgan texnik jaroxatlarning yoʻnalishlari, joylashuvi va transport vositalarini toʻqnashuvdan keyingi holatlari inobatga olib aniqlanadi.
  9. Transport vositalarini toʻqnashuv vaqtida orqaga xarakatlanganlik xolatitransport vositalarini olgan texnik shikastlanishlari, voqea kuni tuzilgan chizma va transport vositalarini toʻqnashuvdan keyingi xolatlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
  10. Bir yoʻnalishda harakatlangan transport vositalarining toʻqnashuvida ulardan birining yoʻnalishi oʻzgartirganligi masalasi, transport vositalarini olgan texnik shikastlanishlari, toʻqnashuv burchagi va transport vositalarini toʻqnashuvdan oldingi va toʻqnashuvdan keyingi xolatlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
  11. Transport-trasologiya ekspertizasining asosiy vazifalaridan biri, bu boʻlib oʻtgan toʻqnashuvdan keyin yoʻl transport hodisasi mexanizmini tiklashdan iboratdir. Transport vositalarining toʻqnashuvi boʻyicha YTH mexanizmi deyilganida, oʻzaro toʻqnashgan transport vositalarini bir-biriga yaqinlashishi, kontaktga kirishishi-bir biridan ajralishi va ularning harakati toʻliq toʻxtagunicha boʻlgan xolatlarni oʻz ichiga olgan jarayon tushuniladi. Transport vositalarining toʻqnashuvi boʻyicha YTH mexanizmi, transport vositalarining toʻqnashuvgacha boʻlgan harakat yoʻnalishlari, birlamchi toʻqnashuv ularning qaysi qismlari bilan sodir etilganligi, ularning toʻqnashuv vaqtidagi oʻzaro va yoʻl oʻqiga nisbatan joylashish holati, ularning toʻqnashuvdan keyingi harakat trayektoriyalari, toʻqnashuvdan keyin harakatdan toʻxtagan joylarining yoʻlning qatnov qismi qirgʻoqlariga nisbatan joylashish kordinatalari bilan ifodalanadi.

12.Toʻqnashuvda qatnashgan transport vositalari haydovchilari, guvohlar, xolislar va boshqalarning koʻrsatmalarini YTHning mexanizmiga toʻgʻri kelish-kelmasligi masalasi, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan savollarning texnik yechimlaridan kelib chiqib mazmunan hal etiladi.

X.Sulaymonova nomidagi  RSEMning

Sirdaryo viloyat boʻlimi yetakchi eksperti B.B.Axmedov

Skip to content