MUHR VA SHTAMPLARDAN XAVFSIZ FOYDALANISH BO‘YICHA MUTAXASSIS TAVSIYALARI

Muhr va shtamplar jismoniy va yuridik shaxslarning rasmiy hujjatlarini qalbakilashtirishdan saqlovchi himoya vositasi hamda muhr egasining imzosini tasdiqlovchi bosma shakli hisoblanadi. Muhr va shtamplarning hujjatlardagi akslari hujjatlarda bayon qilingan faktlarni va hujjatning rasmiy tabiatini tasdiqlash uchun xizmat qiladi.

Muhr – vakolatli shaxs tomonidan u ifodalayotgan maqsadi yoki boshqa axborotning haqiqiyligini qo‘shimcha ravishda rasman tasdiqlash uchun ishlatiladigan, tayyorlanishi, saqlanishi va foydalanilishiga alohida tartib belgilangan vosita.

Shtamp – tayyorlanishi, saqlanishi va foydalanilishiga alohida tartib belgilangan, axborotni tasdiqlash yoki hujjatlarni ro‘yxatga olish va tashkilotning rekvizitlari ko‘rsatilgan vositasi.

Amaliyotda hujjatlarni tasdiqlashda elektron raqamli imzodan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan bo‘lishi hamda tadbirkorlik subyektlari uchun ulardan foydalanishning majburiyligi bekor qilinishiga qaramasdan, mamlakatimizda hamon muhr va shtamplardan keng foydalanilmoqda.

Shu bilan birga, foydalanib kelinayotgan muhr va shtamplarning aksariyat qismi qalbakilashtirishdan yetarlicha himoyalanganlik darajasi ta’minlanmagan oddiy elementlardan iborat.

Bu esa o‘z navbatida ayrim nohalol shaxslarga mazkur muhr va shtamplarni soxtalashtirish imkoniyatini yaratmoqda.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 228-moddasida soxtalashtiruvchining o‘zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish uchun jinoiy javobgarlik belgilab qo‘yilgan.

Bugungi kunda, Respublika sud ekspertiza markazida sud-tergov organlarining qaroriga (ajrim) asosan muhr va shtamplar izlarining haqiyqiyligiga doir ko‘plab savollarga javob berishga qaratilgan ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazib kelinmoqda.

Tadqiqotlarning natijalari ayrim holatlarda muhr va shtamplardagi oddiy himoya elementlaridan foydalanilishi oqibatida ularni qalbakilashtirishga erishilinayotganligini ko‘rsatmoqda.

Mazkur sohada ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribalarida muhr
va shtamplarning himoyalanish darajasiga doir aniq standart talablar belgilanganligi hamda muhr va shtamplarning turli xil eng xavfsiz elementlari mavjud bo‘lgan turlaridan foydalanadi.

Jumladan, har qanday hujjatlarni himoya qilishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadigan Relef muhr (“quruq”, “siqish”, “bosma naqsh solish” uchun mo‘ljallangan muhr) turi mavjud bo‘lib, ko‘pgina G‘arb davlatlari turli hujjatlarni tasdiqlash uchun bunday muhrlardan uzoq vaqtdan buyon foydalanib kelishmoqda.

Misol uchun, AQShda muhim davlat hujjatlarini tasdiqlash uchun ishlatiladigan “buyuk rasmiy muhr” bosma naqsh solish ko‘rinishida qilingan. “Relef” muhri siyohsiz bo‘lganligi tufayli qo‘shimcha xarajatlarsiz ko‘p yillar davomida ishlatilishi mumkin. Naqshli bosma muhrni printer/nusxa ko‘chirish mashinasi va boshqalar orqali skanerlash yoki boshqa hujjatga o‘tkazish deyarli mumkin emas.

“Relef” muhri chizilgan rasmni takrorlashga muvaffaq bo‘lingan taqdirda ham, undagi asl o‘ymakorlik chuqurliklarini taxmin qilish juda ham qiyin bo‘lib, shuning uchun ekspertlarga muhrning nashrini soxtadan ajratish qiyin bo‘lmaydi.

Mazkur turdagi muhrlar hujjatlarni himoya qilishdan tashqari, har qanday firma yoki kompaniyaga mustahkamlik beradi, muayyan hujjatning ahamiyatini oshiradi va turli hujjatlarni to‘ldirishi va “bezatishi” mumkin.

 

 

 

 

 

Bundan tashqari, ko‘plab xorijiy davlatlarda, xususan, MDH davlatlaridan Ukraina, Belarussiya, Rossiya singari davlatlarda muhrlarni qalbakilashtirishdan himoya qilish usullaridan keng foydalaniladi. Bu esa, ushbu sohadagi jinoyatlarning kamayishiga hamda muhr va shtamplarni qalbakilashtirish imkoniyatini cheklanishiga xizmat qiladi.

Jumladan, qalbakilashtirishdan himoya qilish maqsadida quyidagi muhrlardan keng foydalaniladi:

  1. Mikrotekst (mikromatn)

“Mikromatn” himoyasi 0,5-0,8 mm harf balandligidagi matnni ijobiy yoki salbiy dizaynda chop etishni o‘z ichiga oladi. Ushbu turdagi himoya rasmiy muhrlarda qo‘llaniladi va tashkilotlarning muhrlarini himoya qilishning umumiy qabul qilingan vositasidir.

 

  1. Makrame (tangir panjaralari)

“Makrame” himoyasida kichik elementlardan (giloshir panjaralari) foydalanadi, bu esa muhr xavfsizligini ko‘paytirish imkonini beradi. Giloshir panjarasi qalinligi
0,1 millimetrdan
kam bo‘lgan
nozik chiziqlardan iborat murakkab naqshdir. Ushbu nashrlar yuqori aniqlikdagi lazerli o‘yma bilan amalga oshiriladi.

Giloshir panjaralarining afzalliklari:

– qatronlar yoki siyoh texnologiyasi bilan nozik panjara chiziqlarini qayta ishlab bo‘lmaydi;

– bunday giloshir naqshini skanerlashda chiziqlar buziladi;

– murakkab muhr bo‘lganligi tufayli ekspertning haqiqiylikni ekspertizadan o‘tkazishi osonroq.

  1. Shrift yoki tasvirni bashorat qilish

Muhr uchun tasodifiy ko‘rinadigan maxsus kichik shrift buzilishlarini yoki rasmlarni qo‘shish orqali muhrning qalbakilashtirishga qarshi xavfsizligini sezilarli darajada oshirish mumkin. Bunday muhrlar ma’lum bir algoritmga muvofiq maxsus yaratilgan shrift bo‘lib, uni biror joyda “yuklab olish”ning imkoni yo‘q. Muhrlarda standart shriftlardan foydalanish qalbakilashtirishda sotuvchining ishini osonlashtiradi, bu holda u oddiy shriftni osongina olishi va muhrni soxtalashtirishi mumkin. Nostandart (maxsus) shriftdan foydalanib, soxtalashtirishni qiyinlashtiradi va standart shriftlardan farqli o‘laroq, “maxsus shrift” terib olish imkoniyatini istisno qiladigan yagona algoritmga muvofiq yaratiladi.

  1. Rastrli maydon

“Rastrli maydon” himoya usuli har 40 dan 80 mmgacha zichlikdagi alohida nuqtalardan iborat maydonini o‘z ichiga oladi. Ushbu turdagi himoya rasmiy muhrlarda qo‘llaniladi va tashkilotlarning muhrlarini himoya qilishning umumiy qabul qilingan vositasidir.

 

 

  1. Yarim tonli rasmlar

Bunday himoya usulida muhrlarda murakkab yarim rangli chizmalar yoki fotosuratlar mavjud bo‘ladi. Fonni to‘ldirishning o‘zi turli shakl va o‘lchamdagi ko‘p sonli kichik elementlardan iborat (standart dumaloq nashrda ulardan 10 000 tagacha bo‘lishi mumkin). Yarim tonli naqshni muhrdan tiklash juda qiyin, shuningdek, fotopolimer texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin emas. Yarim tonli rasmlar faqat 1000 dpi dan yuqori o‘lchamdagi lazerli o‘yma bilan amalga oshiriladi. Murakkab tuzilishi jihatidan yarim tonli rasmli muhrlar GOST R 51511-2001 xavfsizlik choralariga ega rasmiy muhrlardan farq qilmaydi.

 

  1. “Serber” himoya

Qalbakilashtirishga qarshi muhr bo‘lib, unda muhr ichiga ikkita rasm, oddiy ko‘rinadigan ko‘k va ikkinchi ko‘rinmas faqatgina ultrabinafsha nurlari ostida ko‘rinadigan rasm joylashtiriladi. Ultrabinafsha belgilari oddiy yorug‘lik ostida ko‘rinmaydi, ammo ultrabinafsha nurlar ostida paydo bo‘ladi. Ular giloshir panjaralari shaklida qilingan – eng nozik chiziqlarning murakkab naqshlari. Ultrabinafsha belgilarining giloshir panjaralari bilan kombinasiyasi qalbakilashtirishdan yuqori darajadagi himoyani ta’minlaydi. Ko‘rinmas UB belgilari hujjatga oddiy, ko‘rinadigan nashr bilan bir vaqtda qo‘yiladi.

Bundan tashqari, “Serber-2” himoyasining soddalashtirilgan versiyasi ham mavjuda bo‘lib, Serberdan farqli o‘laroq, faqat bitta yashirin tasvirga ega. Bunday mahsulotlarni qalbakilashtirishning murakkabligi shundaki, UB tasvirni skanerlash va faqat ultrabinafsha nurlar ostida paydo bo‘ladigan panjara va matnni “qo‘lda” ko‘paytirish juda qiyin.

  1. “I-Matrix” himoya

Ushbu himoya shtrix-kodda yashirin matnni ta’minlaydi, uni telefon orqali skanerlash va shu bilan muhr egasi haqidagi haqiqiy ma’lumotni topish mumkin. Shtrix-kodda ishlab chiqaruvchining muhri (manzil, kompaniya nomi, STIR, OKPO va boshqalar), muhr egasi (bank rekvizitlari, kodlar va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘yish mumkin.

 

  1. “Moiright” himoya

Bu nazorat shablonidan foydalangan holda ochilgan yashirin tasvirlarga ega bo‘lgan muhrlardir. Muhrdagi fon tasvirida muhrning yashirin elementlarini ochishga imkon beruvchi gologramma rastr naqsh mavjud. Shablonsiz yashirin tasvirlar oddiy ko‘z bilan ko‘rinmaydi. Yashirin tasvir vizual ravishda to‘la kichik nuqtalarga o‘xshaydi va faqat markaziy doirada joylashgan bo‘lib, uni faqat biriktirilgan kontrol shablonini ustidan bosganda ko‘rish mumkin.

 

“Moiright” texnologiyasining asosiy afzalliklari:

– yashirin tasvir mavjudligi va uni identifikatsiya qilishning shaxsiy usuli tufayli nashrni soxtalashtirishdan kafolatlangan yuqori darajadagi himoya;

– turli darajadagi murakkablik va o‘lchamdagi bir nechta tasvirlarning fonida chizish imkoniyati;

– muhr klishesi kalit bilan birga tayyorlanishi;

– shablon qo‘llanilganda, yashirin tasvirning asl muhrining izida paydo bo‘lishi.

Ushbu himoyani joylashtirish uchun sektor bo‘sh bo‘lishi kerak, hech qanday element/rasm bo‘lmasligi kerak.

  1. Xameleon (Ultrafioletovыe pechati) himoya

Bu muhr “Serber” himoya muhriga juda o‘xshaydi, lekin undan farqli o‘laroq, yashirin ultrabinafsha tasviri giloshir panjarasiga ega emas va ko‘rinadigan nashrga qaraganda kattaroq radius bo‘ylab joylashtiriladi.

Shu bilan birga, ilg‘or xorijiy davlatlarda bundan boshqa turdagi himoya usullari ham keng qo‘llaniladi. Bu korxona va tashkilotlarga tegishli bo‘lgan muhr va shtamplarning himoyalanganlik darajasini oshirilishiga xizmat qiladi.

Bu o‘z navbatida, muhr va shtamplarni soxtalashtirish imkoniyatini keskin kamaytirib, soxta hujjatlarni aniqlashning ko‘plab texnik, laboratoriya va vizual usullaridan foydalangan holda, sud ekspertlari tomonidan muhr va shtamp izlarining haqiqiyligini aniqlashga doir savollarga to‘liq va tez fursatda javob berishga yordam beradi.

Shu o‘rinda, muhr va shtamplarni qalbakilashtirishni oldini olish maqsadida, quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

– hujjatlarni tasdiqlashda elektron raqamli imzolardan keng foydalanish;

– ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi asosida murakkab himoya elementlariga ega bo‘lgan muhr va shtamplardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

– muhr va shtamplardan foydalanish jarayonlarida ehtiyotkorlikka
va belgilangan talablarga rioya qilish;

– o‘zining xususiyatlarini tez yo‘qotuvchi materiallardan tayyorlangan muhr va shtamplardan hamda siyohdan foydalanmaslik.

 

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining
Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti
bosh ilmiy xodimi S. Kudratov

Skip to content