Annotatsiya: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 04-aprel kunidagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-190-son qaroriga muvofiq yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning dolzarb yo‘nalishlari borasidagi vazifalar tahlil qilindi.
Kalit so‘zlar: YTH, rul boshqaruvi,tormiz suyuqligi, lyuft, tashqi yoritgich, shina protektori, komponent, davriylik sikli, trexnik ko‘rik.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bergan ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab yo‘l transport hodisasi oqibatida 1,5 milionga yaqin insonlar holak bo‘ladi hamda 50 milionga yaqin inson turli hildagi tan jarohatini oladi. Shunga ko‘ra, har soatda 170 ta inson yo‘l transport hodisasining qurboni bo‘lmoqda.bu ko‘rsatgich bo‘yicha dunyoda sodir bo‘layotgan qurolli to‘qnashuvlar, qo‘paruvchilik harakatlari, tabiiy ofatlar hamda 2019 yilda kuzatilgan kovit natijasida halok bo‘lganlardan bir necha barobar ko‘pdir. Bu halokatlarning aksariyat qismi rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda[1].
Transport vositalaridan xavfsiz foydalanishda transport vositalarining asosiy tizimlarining soz holatdaligiga ishonch hosil qilish ahamiyatini kasb etadi.
Asosan transport tizimlarining tormoz tizimlari bo‘yicha kelib chiqadigan nosozliklar;
Transport vositalaridan xavfsiz foydalanishda transport vositasi tormoz tizimining konstruksiyasiga ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmaydigan o‘zgartirish kiritish yoki transport vositasining shu turida ko‘zda tutilmagan tormoz suyuqligi yoki boshqa qismlar qo‘llanishi mumkin emas. Ko‘p holatlarda eski avtomobillarning tormoz tizimiga o‘zgartirishlar kiritish yoki g‘ildiraklardan birining tormoz tizimidan uzib qo‘yish (zaglushka) holatlari uchrab turadi. Bu esa, tormoz tizimi samaradorligini kamayishi hamda tormoz yo‘lning uzunlashishiga olib keladi.
Avtomobilining to‘xtab turish tormoz tizimi arqonining cho‘zilishi eskirishi va uzilishi oqibatida to‘xtab turish tormoz tizimi nosoz holatga kelib qolishi mumkin. Buning oqibatida haydovchi to‘xtab turish tormoz tizimini ishga tushirganida ham avtomobil o‘zo‘zidan yurib ketishi mumkin.
Transport vositalarining rul boshqari bo‘yicha;
Transport vositalaridan xavfsiz foydalanishda transport vositasi rul boshqaruvi qurilmasining lyuft yig‘indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda M1 -10, M2,M3,N1-20 va N2,N3 toifadagi transport vositalari uchun 25 darajadan katta bo‘lmasligi kerak. Agar lyuft yig‘indisi yuqorida ko‘rsatilganidan oshgan bo‘lsa, transport vositasining rul boshqaruvi nosoz hisoblanadi va undan foydalanish taqiqlanadi. Transport vositasining rul boshqaruvi qurilmasining lyuft yig‘indisi belgilangan oshib ketgan bo‘lsa, harakatga xavf tug‘ilgan vaqtida haydovchidan keskin yo‘nalishni o‘zgartirishga zaruriyati paydo bo‘lganida, haydovchi harakatni bajarishga kechikishiga sabab bo‘ladi. Buning oqibatida haydovchi harakatni bajarishga ulgurmasligi hamda YTH sodir bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Transport vositalarining rul boshqaruvi qurilmasida qoldiq deformatsiya izlari, darz ketgan joylari va boshqa nuqsonlari bo‘lgan qismlar o‘rnatilgan, shu transport vositasi turida ko‘zda tutilmagan yoki ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmaydigan qismlar va suyuqliklar qo‘llangan bo‘lsa, transport vositasining rul boshqaruvi nosoz hisoblanadi va undan foydalanish taqiqlanadi.
Transport vositalarining rul boshqaruvi qurilmasida qoldiq deformatsiya izlari, darz ketgan joylari va boshqa nuqsonlari bo‘lgan qismlar o‘rnatilgan, shu transport vositasi turida ko‘zda tutilmagan yoki ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmaydigan qismlar va suyuqliklar qo‘llangan bo‘lsa, transport vositasining harakatlanish vaqtida rul boshqaruvi detllari bo‘shab ketishi hamda harakat davomida rul boshqaruvi ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin.
Transport vositalarining yoritish chiroqlari bo‘yicha:
Transport vositalarining tashqi yoritgichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa, yoki yorituvchi chiroq nurining yo‘nalishi buzilgan bo‘lsa transport vositasining tashqi yoritgichlari nosoz hisoblanadi va undan foydalanish taqiqlanadi.
Transport vositalarining tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan bo‘lsa, transport vositasining tashqi yoritgichlari nosoz hisoblanadi va undan foydalanish taqiqlanadi.
Transport vositalarining tashqi yoritgichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa, yoki yorituvchi chiroq nurining yo‘nalishi buzilgan bo‘lsa kunning qorong‘u vaqtida, transport vositasi haydovchisi uchun yetarli masofani yoritib bermasligi yoki boshqa harakat qatnashchilari uchun avtomobil gabariti va harakatiga oid ma’lumotlarning xato yetkaziligi natijasida YTHlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Transport vositalarining yurish qismi bo‘yicha:
Transport vositalarining shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo‘lsa, M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm dan, kam bo‘lsa, M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam bo‘lsa hamda motosikl (motosikllarga tenglashtirilgan transport vositalari) va mopedlar (skuterlar, kvadrosikllar) uchun — 0,8 mm dan kam bo‘lsa ulardan foydlanish taqiqlanadi. Transport vositalarining shinalari protektori naqshlarining qoldiq balandligi belgilangandan kam bo‘lishi oqibatida shinaning yo‘l bilan ilashishi samaradorligi kamayib ketadi. Buning oqibatida harakat davomida boshqaruvni yo‘qoti to‘xtash vaqtida esa, tormoz yo‘lining ortib ketishi olib keladi. Bu esa, YTHlarning sodir bo‘lish xavfini oshirib yubordi.
Bundan tashqari G‘ildirakni mahkamlovchi bolt (gayka) bo‘lmasa, disk va g‘ildirak obodlari darz ketgan bo‘lsa yoki mahkamlash teshiklarining shakli va o‘lchamlari ko‘rinadigan darajada buzilgan bo‘lsa, bu nosozliklar bilan harakatlanish taqiqlanadi.
Harakat davomida g‘ildirakka ta’sir etuvchi markazdan qochma kuch natijasida g‘ildirakning maxkamlangan joyidan chiqib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Harakat davomida g‘ildirakning chiqib ketishi, g‘ildirakdagi inersiya kuni natijasida katta tezlik bilan otilib ketishiga olib kelishi mumkin. Bunda avtomobil yo‘ldan chiqib ketishi hamda shina boshqa harakat qatnashchilariga urilish natijasida katta talofatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Transport vositalarining dvigateli va boshqa qismlari bo‘yicha:
Transport vositasining dvigatelidan chiqindi gazlar tarkibida zararli moddalar yoki tutash darajasi belgilangan me’yordan ortiq bo‘lsa, yonilg‘i uzatish tizimi zich bo‘lmasa, ishlab chiqarilgan gazlarni chiqarib tashlash tizimi ishlamasi, karterni shamollatish tizimining zichligi buzilgan bo‘lsa, transport vositasi nosoz hisoblanadi va undan foydlanish taqiqlanadi. Bu kabi nosozliklar, yoqilg‘i moylash materiallari sarfining ortishi hamda atrof muxitning ekologik holatini yomonlashuviga olib keladi. Transport vositasining dvigatelidan chiqindi gazlar tarkibida zararli moddalar yoki tutash darajasi belgilangan me’yordan ortiqligi haydovchi va boshqa insonlarning sog‘liqllariga xavf tug‘diradi.
Ko‘p yillar mobaynida haydovchilar va yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ilmiy-izlanishlar va amaliy konstruktorlik ishlarning davlat va korporativ loyihalari olib borilib e’tibor qaratilmoqda. Avariyalar sodir bo‘lganda, aynan, haydovchilar va yo‘lovchilaring xavfsizligini ta’minlaydigan avtomobilning ikkita komponenti – bu har bir o‘rindiqda ko‘zda tutiladigan xavfsizlik kamarlari va haydovchi va oldi o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha passiv xavfsizlik tizimlari bo‘lmish–xavfsizlik yostiqlari.
Xavfsizlik kamarlari haydovchi va yo‘lovchilarning xavfsizligini faqat taqilgan holatda ta’minlashi mumkin. Xavfsizlik yostiqlari – bu qo‘shimcha himoya vositasi bo‘lib, faqat xavfsizlik kamarlari taqilib turgan holatda samarali bo‘ladi[2].
Avtomobil avariyalar statistikasi shuni ko‘rsatadiki bolalar uchun ko‘proq oldingi emas, balki orqadagi o‘rindiqlar xavfsizdir. Bolalar xavfsizlik kreslolari to‘g‘ri kelmaydigan katta yoshdagi bolalar orqa o‘rindiqdan joy egallashlari lozim, va xavsizlik kamarini taqib olishilari, va ushbu xavfsizlik kamarlarining yelka qismi iloji boricha bo‘yindan uzoqroqda, bel qismi esa songa yopishgan bo‘lib pastdan o‘tkazilishi lozim. Xavfsizlikni ta’minlab turgan kamarlarni joyidaligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turing.
Bugungi kunda ko‘plab shaxsiy avtomashinalarida turli xil turdagi yoqilg‘iga mo‘ljalangan gaz balonlari o‘rnatilgan biz bilamizki bu juda ham xavli shuning uchun ushbu savollarga Avtomobil gazballoni nima uchun portlaydi? Buning oldini olish mumkinmi? xavsizlik doirasidan kelib chiqsak ushbu dolzarb masalani oldini olish bo‘yicha xavsizlik choralarini qo‘lash borasida amalga oshirish kerak bo‘lgan ishlar. Gaz ballonlarini ishlatish bilan bog‘liq xavfsizlik texnikasi qanday bo‘lishi;
Har yili avtomashinalarga o‘rnatilgan gazballonlar portlashi oqibatida o‘nlab baxtsiz hodisalar ro‘y bermoqda. Afsuski, ko‘pchilik haydovchilar gazballonidan foydalanish bilan bog‘liq xavfsizlik qoidalariga rioya etmayapti.
Quyidagi omillar transportga o‘rnatilgan gazballonlarining xavfsiz va ishonchli ishlashini belgilab beuvchi asosiy mezonlar hisoblanadi:
Foydalanish muddati. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan gazballonlarining foydalanish muddati 15 yil qilib belgilangan. Ammo, uni saqlash va ekspluatatsiya sharoitining og‘irligiga qarab bu muddat kamayishi mumkin[3].
Davriylik sikli. Mazkur ko‘rsatkich gazballoniga bir yilda necha marta gaz quyish kerakligini anglatadi. Davriylik sikli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yiliga mingta qilib belgilangan. Biroq, amaliyotda ayrim haydovchilar gazballoniga yiliga ikki ming marotabadan ham ko‘proq gaz quyadi. Bu ham gazballonining «umrini qisqartiradi».
Bosim. gazballonidagi bosim 20 megapaskaldan oshib ketmasligi kerak. Afsuski, aksariyat haydovchilar uzoqroq yo‘l bosish maqsadida ko‘proq bosim ostida gaz quyishga harakat qilishadi. Buning oqibati esa ayanchli yakun topishi mumkin.
Texnik ko‘rik. gazballonlari har yili kamida bir marotaba yuqori bosim ostida sinovdan o‘tkazilishi kerak. Bu gazballoni devorlarining mustahkamligini, tashqi hamda ichki deformatsiyaga uchramaganligini aniqlash va yana bir yil foydalanish uchun ishonch hosil qilish imkonini beradi. Shuningdek, ballondagi gaz cho‘kmalari hamda boshqa chiqindilar tozalanib, yuviladi.
To‘g‘ri o‘rnatish. gazballonlari faqat tegishli litsenziyaga ega mutaxassislar tomonidan o‘rnatilishi lozim. Shuningdek, gaz uskunalarining standart xavfsizlik klapanlari bo‘lishi kerak. Arzon hamda qo‘lbola xavfsizlik klapanlari tezda ishdan chiqadi va zarur hollarda ishlamay qoladi[4].
Yuqoridagi mezonlarga qat’iy amal qilish esa gazballonining xavfsizligini, shuningdek, insonlar hayoti hamda salomatligini asrashni ham ta’minlaydi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish sohasida keng qamrovli tashkiliy amaliy ishlar olib borilmoqda bulardan muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida vazirlar mahkamasining qaorida tasdiqlab qoyilgan bo‘lib[5]. Ko‘rilayotgan chora tadbirlarga qaramasdan, insonlar o‘limiga sabab bo‘layotgan yo‘l transport hodisalarining soni hali ham ortib bormoqda. Bu esa avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni tashkil etish tizimini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda.
SATEL Katta eksperti Mirzayev Shavkat G‘ofurovich
FOYDALANILGAN MANBALAR RO‘YXATI
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.04.2017 yildagi 237-son https://lex.uz/docs/3180902
- https://kun.uz/news/2023/08/22/fvv-avtomobillarga-ornatilgan-gaz-ballonlari-boyicha-muhim-qoidalarni-eslatdi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2023%2F08%2F22%2Ffvv-avtomobillarga-ornatilgan-gaz-ballonlari-boyicha-muhim-qoidalarni-eslatdi.
- https://fvv.uz/uz/howtoact/mutaxassis-minbari-avtomobil-xavfsizligi-uchun77
- https://chevrolet.uz/storage/images/exp_files_uz/16/FKueyAP0IP09M0Lo3pmVJ4cBybfHdZmMdskIgAc6.pdf
- https://uzbekistan.un.org/uz
[1] https://uzbekistan.un.org/uz
[2] https://chevrolet.uz/storage/images/exp_files_uz/16/FKueyAP0IP09M0Lo3pmVJ4cBybfHdZmMdskIgAc6.pdf
[3]https://kun.uz/news/2023/08/22/fvv-avtomobillarga-ornatilgan-gaz-ballonlari-boyicha-muhim-qoidalarni-eslatdi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2023%2F08%2F22%2Ffvv-avtomobillarga-ornatilgan-gaz-ballonlari-boyicha-muhim-qoidalarni-eslatdi
[4] https://fvv.uz/uz/howtoact/mutaxassis-minbari-avtomobil-xavfsizligi-uchun77
[5] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.04.2017 yildagi 237-son https://lex.uz/docs/3180902