Tovarshunoslik bilimlarni qoʻllash sohasida sud-tergov organlarning oʻsib borayotgan muhtoji tufayli, oziq-ovqatlarni kompleks ravishda tadqiq qilish va ularni baholashga doir zaruriyati vujudga keldi.
Tovarshunoslikda bayon etilgan nazariy va metodik asoslar, obyektning isteʼmollik (tovar) hususiyatlarini va fazilatlarini aniqlash maqsadida uni holatini oʻrganishni, shuningdek tovar obyektlari saqlangan, ularning hususiyatlari atrof muhit bilan oʻzaro aloqada boʻlishi tufayli oʻzgarishiga olib kelgan aniq sharoitlarni tadqiq qilishni nazarda tutadilar.
Tovarshunoslik ekspertizasi masalasini yechishning asosiy sharti bu – obyektning maqsadiga muvofiq maʼlum ehtiyojni qondirish uchun yaroqliligini shart qiladigan hususiyat va fazilatlarning majmuini tadqiq qilishdir.
Oziq-ovqat mahsulotlarini kompleks ravishda tadqiq qilish va baholash Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonun, “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining baholash milliy standartlari, “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi sud-ekspert muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma, hamda “X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza Markazida sud-tovarshunoslik ekspertizalar tartibi va ularni yuritish” ekspertlar uchun Metodik tavsiyalar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) ekspertlari tomonidan qabul qilingan asosiy tushunchalar va atamalar quyidagi keltirilgan.
Sifat – mahsulotning, unga shart qilingan yoki taxmin qilinayotgan ehtiyojni qondirish qobiliyatini beruvchi hususiyatlar va taʼriflarning majmui;
Sifat tizimi – sifatni umumiy boshqarishni amalga oshirilishini taʼminlaydigan tashkiliy tuzilma, javobgarlik, jarayonlar, tadbirlar va zaxiralar majmui;
Sifat sohasidagi siyosat – korxona (firma)ning oliy rahbariyati tomonidan taʼriflab berilgan sifat sohasidagi asosiy yoʻnalishlar, maqsadlar va vazifalar;
Sifatni boshqarish – sifatga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun foydalanilayotgan uslublar va faoliyat majmui;
Sifatni taʼminlash – mahsulotning muayyan sifat talablariga javob berishiga ishonch hosil qilish uchun zarur boʻlgan, rejalashtirilayotgan va muntazam ravishda oʻtkazilayotgan chora-tadbirlar majmui.
Har qanday jamiyatning asosiy maqsadi – insonlarning hayoti sifatini yaxshilashdir. Hayot sifatining muhim qismi – inson sogʻligʻining holati (sifati). Uning boshqa tarkibiy qismlari – atrof muhit, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning holati. Bunga asosan yuqoridagi inson faoliyatining sohalar uchun sifat tizimini yaratish va uni hayot sifatini taʼminlash boʻyicha yagona tizimiga joriy etish zaruriyati vujudga keladi.
Mahsulot sifati quyidagi eng muhim omillarning taʼsiri ostida shakllanadi:
-sanoat korxonalarning ilmiy-texnik taraqqiyotning oxirgi yutuqlaridan tezkor foydalanishga boʻlgan taʼsirchanligi;
-ichki va xalqaro bozor talablarini, isteʼmolchilar turli toifalarining ehtiyojini chuqur oʻrganish;
– “inson omilini” qoʻllash: ishchi va rahbarlarni oʻqitish, tarbiyalash, muntazam ravishda malakasini oshirish, moddiy va ruxiy ragʻbatlantirish.
ISO 9000 va 10000 standartlari jahon xoʻjalik tizimini bozor iqtisodiyotning yagona tamoyillariga oʻtishning uzoq muddatli jarayonini aks ettiruvchi sifatni boshqarish sohasidagi jahon tajribalarini jamlaydi. Mazkur standartlar dunyoning 73-ta mamlakatlarida amalda ishlaydi.
Ishlab chiqarish nazoratida muhim oʻrin, attestasiyalanishi hamda oziq- ovqat mahsulotlari sifatini tashkiliy va bakteriologik nazorat qilishning zamonaviy talablariga javob berishi lozim boʻlgan sinov laboratoriyasiga ajratilgan.
Qabul qilingan uslubiyotlarga koʻra yechilayotgan masalalarga muvofiq, sud tovarshunos-ekspert vakolatiga uning tovarshunoslik sohasidagi maxsus bilimlari predmetiga kiruvchi quyidagi masalalarni yechish kiradi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini kompleks tadqiq qilish va baholash boʻyicha sud-tovarshunoslik ekspertiza doirasida, nooziq-ovqat tovarlarni tadqiq qilish va baholashda qoʻllaniladigan bilan bir xil masalalar koʻrib chiqiladi, yaʼni, masalalar ikki guruhga ajraladilar:
1) Klassifikasion:
-oziq-ovqat mahsulotlarini texnik shartlar talablariga, tasdiqlangan namunalarga, shartnomalarga va boshqa tovarni hamroh qiluvchi hujjatlarga mos kelishi (mos kelmasligi)ni aniqlash;
-tovarlarni tur va toifaga tegishliligini, isteʼmollik hususiyatlarini, narxini, markirovkalar mavjudligini aniqlash;
-tovar sifatining taʼriflarini namuna sifatida taqdim etilgan tovarlarning oʻxshash koʻrsatkichlariga mosliligini aniqlash.
2) Diagnostik:
– tovarlarning sifatini oʻzgarishini sabablarini va nuqsonlarni paydo boʻlishi xarakterini aniqlash (foydalanish, tashish paytida, yoki tovarlarni buzilishi jarayonida);
– tovarlarni shikastlanishi, nuqsonlari, meʼyoriy hujjatlarga mos kelmasligini hisobga olgan holda narxini aniqlash;
– yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash.
Oziq-ovqat mahsulotlarini kompleks tadqiq qilish va baholashni amalga oshirishda asosiy omillardan biri uning sifatiga bogʻliqdir.
OZIQ-OVQAT TOVARLARNING SIFATIni aniqlashda quyidagilardan kelib chiqiladi.
Oziq-ovqat tovarlar qiymatining turlari
Tovarlarning sifati isteʼmolchilarga afzalliklarni yaratishga va raqobatbardoshlikni shakllantirishga jiddiy taʼsir qiladigan muhim omillardan biri hisoblanadi.
Oziq-ovqatlar sifati deb, mahsulotning organoleptik xususiyatlarini, organizmni oziq-ovqat moddalariga muhtojligini, uni sogʻliq uchun xavfsizligini, ishlab chiqarish va saqlashda ishonchliligini taʼminlash qobiliyatini aks ettiruvchi hususiyatlarning majmui tushuniladi.
Oziq-ovqat tovarlarning foydaliligini va insonni oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish qobiliyatini belgilaydigan asosiy hususiyatlari bu – uning ozuqaviy qiymati, jismoniy va mazaviy hususiyatlari va uning saqlanuvchanligidir.
Ozuqaviy qiymat bu – mahsulotning foydali, yaʼni energetik, biologik, fiziologik, organoleptik qiymati, singishligi, sifatliligi kabi xossalarni taʼriflaydigan murakkab hususiyat.
Oziq-ovqatlarning energetik qiymati ularning tarkibida yogʻlar, oqsillar va uglevodlarni miqdori bilan belgilanadi.
Biologik qiymat mahsulotlarda biologik faol moddalarning, yaʼni oʻrnini toʻldirib boʻlmaydigan aminokislotalar, vitaminlar, makro va mikroyelementlar, oʻrnini toʻldirib boʻlmaydigan toʻyinmagan yogʻ kislotalarni mavjudliligi bilan ajralib turadi. Ushbu tarkibiy qismlar organizmning ferment tizimlari bilan sintez qilinmaydilar, shuning uchun ular boshqa ozuqaviy moddalar bilan almashtirilishi mumkin emas.
Fiziologik qiymat mahsulotlarning insonning hazm qilish tizimiga, asab, yurak-qontomir tizimlariga va organizmning kasalliklarga qarshililigiga taʼsir qilish qobiliyati bilan belgilanadi. Misol uchun fiziologik qiymatiga ega boʻlgan mahsulotlardan: choy, kofe, ziravorlar, sut-qatiq va boshqa mahsulotlar.
Oziq-ovqatlarning organoleptik qiymatini sifat koʻrsatkichlari belgilaydilar: tashqi koʻrinishi, konsistensiyasi, hidi, taʼmi, tarkibi, yangiligini darajasi.
Oziq-ovqatlarning sifatliligi ularning organoleptik va kimyoviy koʻrsatkichlari (rang, taʼm, hid, konsistensiya, tashqi koʻrinishi, kimyoviy tarkibi), toksinlari (zararli moddalarni), kasallik tugʻdiruvchi mikroblarni (salmonella, botulinus va boshqalar), zararli birikmalarni (simob, qoʻrgʻoshin), zararli oʻsimliklarning urugʻlari va boshqa aralashmalarni (metall, shisha va boshqalar) yoʻqligi bilan tavsiflanadi. Oʻzini sifatliligi boʻyicha oziq-ovqatlar sinflarga ajraladilar: maqsadli isteʼmol qilishga yaroqli tovarlar (hech qanday cheklovsiz sotiladi); maqsadli isteʼmol qilishga shartli yaroq boʻlgan tovarlar; xavfli, maqsadli foydalanishga yaroqsiz tovarlar (sotilmaydigan va belgilangan qoidalarga rioya qilingan holda nobud qilinishi yoki utilizasiya qilinishi lozim boʻlgan tovarlar).
Jismoniy hususiyatlar tovarlarning sifatini va narxini baholashda, saqlash sharoitlarini va muddatlarini aniqlashda hisobga olinadi.
Jismoniy hususiyatlarga tovarning shakli, kattaligi, ogʻirligi, rangi, tiniqligi, zichligi, mustahkamligi, qayishqoqligi (yopishqoqlik) va boshqalar kiradi.
Oziq-ovqatlarning mazaviy hususiyatlari taʼm va hid hissiyotlaridan tashkil topadi. Taʼmning toʻrtta turi mavjud: shirin (shakar), shoʻr (tuz), nordon (sirka), achchik (glikozidlar, alkaloidlar). Taʼm bu- hid bilish organlari bilan qabul qilinadigan hissiyotlardir.
Saqlanuvchanlik- standart, yoki boshqa meʼyoriy hujjat bilan belgilangan tovarning maʼlum vaqt davomida oʻzini isteʼmollik hususiyatlarini saqlash qobiliyati (belgilangan shartlarga rioya qilingan holda). Saqlanuvchanligi boʻyicha oziq-ovqat tovarlar tez buziladigan (goʻsht, baliq, sut, va boshqalar) hamda uzoq saqlash uchun yaroqli (un, yormalar, shakar, bankali konservalar va boshqalar) tovarlarga ajraladi.
Oziq-ovqat tovarlar sifatining asosiy koʻrsatkichlari
Oziq-ovqat tovarlarning sifatini ekspertizasida koʻrsatkichlarning 3-ta guruhini aniqlaydi: organoleptik, fizik-kimyoviy va sanitariya-gigiyenik.
Organoleptik koʻrsatkichlar oziq-ovqat tovarlarning barcha guruhlari uchun meʼyorlanadilar, ularning ayrimlari uchun esa (masalan, mazali tovarlar uchun) bu koʻrsatkichlar eng asosiydir. Aksariyat oziq-ovqat tovarlar uchun umumiy organoleptik koʻrsatkichlar bu – tashqi koʻrinishi, rangi, taʼmi, hidi (xushboʻyligi), konsistensiyasi. Oʻziga xos koʻrsatkichlarning misollari- pishloqning chizmasi (guli), kolbasa maʼxsulotlari kesimlarining koʻrinishi, nonning kovakliligi, tiniqlik (ayrim ichimliklar uchun) va boshqalar.
Sifatning fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari oziq-ovqat tovarlarning har bir guruhi uchun oʻziga xosdir. Shu bilan birga eng tarqalgan fizik-kimyoviy koʻrsatkichlar bu: namlik miqdori (%), quruq moddalar, yogʻ, shakar, tuz va mahsulot tarkibiga qarab, boshqa tarkibiy qismlar miqdori (%), kislotaliligi (umumiy, titrlanadigan, uchuvchan).
Amaldagi meʼyoriy hujjatlarda maʼlum bir tovar uchun xavfsizlik koʻrsatkichi boʻlgan fizik-kimyoviy koʻrsatkichlar alohida ajratilgan.
Oziq-ovqat tovarlarning sanitariya-gigiyenik (mikrobiologik va/yoki biologik) koʻrsatkichlari koʻp hollarda xavfsizlik koʻrsatkichlarini bildiradi va amaldagi meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadilar. Ayrim hollarda mikrobiologik koʻrsatkichlardan oziq-ovqat mahsulotlarning biologik qiymatini taʼriflash uchun foydalaniladi (masalan, sut-qatiq mahsulotlarida sut-qatiq mikroorganizmlarning miqdori).
Oziq-ovqatlar sifatini organoleptik baholash turlari
Oziq-ovqatlar sifatini organoleptik baholashning eng maʼlum turi – ball tizimi. Uning mazmuni shundaki, mahsulotning eng muhim sifat belgilari, u yoki bu belgining ahamiyatiga qarab, maʼlum ballar miqdori bilan baholanadi. 10-, 30-, va 300 ballik tizimlar mavjud. Eng muhim koʻrsatkichlardan biri bu- mahsulotning taʼmi va hidi, bundan tashqari rangi ham, ular uchun umumiy ballarning 40-50 foizi ajratiladi.
Organoleptik baholashning boshqa turlaridan uchburchakli taqqoslash, suyultirish, boʻysiralash (muayyan tartibga keltirish), ekspertli va ijtimoiy uslublarini aytib oʻtish mumkin.
Laboratoriya uslublari. Oziq-ovqatlarning ozuqaviy qiymatini, kimyoviy tarkibini va zararsizligini aniqlash uchun tadqiqotning fizik, fizik-kimyoviy, kimyoviy, biokimyoviy va mikrobiologik uslublaridan foydalaniladi. Faqatgina tadqiqotning organoleptik va laboratoriya uslublarini birlashtirish natijasida oziq-ovqatlarning sifatiga eng toʻliq va ishonchli bahoni berish mumkin. Laboratoriya uslubining afzalligi natijalarning aniqligi va ularni miqdoriy koʻrsatkichlarda aks ettirish mumkinligidadir.
Kimyoviy va biokimyoviy uslublardan mahsulotlarning kimyoviy tarkibidagi alohida moddalarning miqdorini va sifatini aniqlash uchun foydalaniladi. Ushbu uslub orqali shakar, kislotalar, oqsillar, vitaminlar, mineral moddalar va boshqa tarkibiy moddalar aniqlanadi. Savdo faoliyatida oziq-ovqatlarning tabiiyligi, sifatliligi va standartlarga mosliligi boʻyicha sifatini nazorat qilishda kimyoviy uslublardan tez-tez foydalaniladi.
Tadqiqotning fizik va fizik-kimyoviy uslublari kimyoviy uslublardan farqli oʻlaroq oʻzini tezligi va soddaligi bilan bir qator ustunliklarga ega. Mazkur uslublar orqali, refraktometriya, kolorimetriya, polyarimetriya yoʻli bilan nisbiy zichlik, erish, sotish va qaynash harorati, tuzilmaviy-mexanik hususiyatlar, optik koʻrsatkichlar aniqlanadi. Masalan, kolorimetriya uslubi bilan oziq-ovqatlarning rangi intensivligini; polyarimetriya uslubi bilan mahsulotlardagi shakar tarkibini; refraktometriya uslubi bilan mahsulotlarda guruh moddalarni mavjudligini ishonchli aniqlash mumkin.
Tadqiqotning mikrobiologik uslubi oziq-ovqatlarni tadqiqotida muhim rolni oʻynaydi. U orqali oziq-ovqat mahsulotlarida mikrobli urugʻlanishni, mikroblar va mogʻor zamburugʻlarni miqdori va turini, zaharlanish va kasalliklarga olib keluvchi bakteriyalarni mavjudligi aniqlanadi. Natijada ushbu uslub orqali mahsulotlarning ozuqaviy xavfsizliligi aniqlanadi.
Yuqoridagilar yuzasidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi Markazida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan Oziq-ovqat mahsulotlarini tadqiq qilish va baholashni amalga oshirishda ekspert-tovarshunoslarning amaliy faoliyatida katta yordam beradi.
Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud expertiza markazining
Xorazm viloyat boʻlimi mudiri 3-darajali adliya maslahatchisi
Hasanov Qudrat Axmedovich