BASTION telegram kanalida JIB Mirobod tumani sudida Tibbiy ijtimoiy agentlik mansabdor shaxslariga nisbatan kurilayotgan jinoyat ishi sud tergoviga sud ekspertlarning turli bahonalar bilan kelmaganliklari bo‘yicha masala X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 2 may kuni Markazga Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasining 2024 yil 1 maydagi sudga chaqiruv xati kelib tushgan.
Unga ko‘ra, Toshkent shaxar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining ish yurituvida bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan ayblangan bir guruh shaxslarga oid jinoyat ishi mazmunan ko‘rilayotganligi ma’lum qilingan. Zarurat tug‘ilganligi sababli, mazkur jinoyat ishi doirasida 2022 yilda sudga oid tovarshunoslik ekspertizasi xulosasini tuzgan davlat sud eksperti M.B.Nizomov va 2023-yilda sudga oid tovarshunoslik ekspertizasi xulosasini tuzgan davlat sud ekspertlari A. Pak va D.X.Safarovalarni 2024-yil 2-may kuni soat 15:00 ga belgilangan sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi JPKning talablariga asosan guvoh sifatida so‘roq qilish uchun tuman sudiga yetib kelishini ta’minlab berish so‘ralgan.
Ushbu xatga javoban, Markazning 2024 yil 2-maydagi xati bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining sudyasiga Markazga tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organ mutassadi xodimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari yuzasidan tayinlangan sud-tovarshunoslik ekspertizasi bo‘yicha ekspertiza bo‘yicha 2024 yil 2-3 may kunlari davlat sud ekspertlari A. Pak va M. Nizomov bilan ekspertiza ob’ektlari joylashgan manzillariga chiqib, ko‘zdan kechirish belgilanganligi, shuningdek, ekspert D.Safarova 2024-yil 15-aprel kunidan boshlab homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqqanligi sababli mehnat faoliyatida emasligi ma’lum qilingan va shu munosabat bilan, davlat sud ekspertlari A.Pak, M.Nizomovlarni chaqiruvini Markaz bilan oldindan kelishilgan holda boshqa kunga qoldirish so‘ralgan.
Shundan so‘ng, 2024-yil 1-iyun kuniga qadar ushbu ish yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasining sudga chaqiruv bo‘yicha qo‘shimcha xati Markazga kelib tushmagan.
2024-yilning 3-iyun kuni Markazga JIB Mirobod tuman sudi sudyasining “Ekspertlar M.B.Nizomov, A.Pak va D.X.Safarovalarni yuqorida qayd etilgan jinoyat ishi yuzasidan ular tomonidan tuzilgan ekspertiza xulosalari bo‘yicha 2024-yil 4-iyun kuni soat 11-00 da sudga ishtirok etish” yuzasidan qo‘shimcha chaqiruv xati kelib tushgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, BASTION telegram kanalida joylashtirilgan Markaz ekspertlarini sudning bir necha bor rasmiy chaqiruvlariga qaramay har xil bahonalar qilib, sudga kelmayotganligi haqida vajlari asossiz hisoblanadi.
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi