Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar mamlakatning rivojlanishii, aholi turmush darajasining yaxshilanishi, aholining mulkka ega bo‘lishi, aholi yalpi daromadlarining o‘sishi, aholi huquqiy ongi va madaniyatining yuksalishi, davlat organlarining samarali faoliyati kabi ishlar ko‘plab ijobiy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Yuqoridagi maqsadlarga erishishning birdan-bir omillaridan biri jamiyatda qonuniylikni ustun qilishdir. Qayd etilgan ustuvor vazifani bajarish huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudning asosiy funktsiyasini tashkil qiladi. Bugungi kunda ekspertizaga bo‘lgan talab yanada ortib boriyatganligi va davlatimiz tomonidan sud ekspertizasi va sud ekspertlari faoliyatiga katta e’tibor qaratiliyotgani hammamizga ma’lum. Bularni O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi xuzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertizasi markazi misolida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 14 noyabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi xuzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 321- sonli qaroriga asosan markazning yangi binosi qurilishi, yangi ekspertiza turlari joriy etilishi, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi xuzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish xamda sud ekspertlari malakasini oshirish to‘g‘risida”gi 206-sonli qaroriga asosan markazning viloyat bo‘limlarini tashkil etilishi, sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazini tashkil etilishi, xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvar kunidagi “ Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-4125-sondagi nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari tashkil etilishi kabi ishlarni yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Huquqni muhofaza qilish organlar va sudlar oldida turgan vazifalarni hal qilishda fan, texnika, madaniyat va hunar sohasidagi maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni hal qilishda sud ekspertizasi muhim rol o‘ynaydi. Ular o‘z faoliyatida har xil jinoyatlarni tezkorlik bilan fosh etish, xolisona tergov qilish va sudda ko‘rish hamda nizolarni hal qilish jarayonida sud ekspertizasi imkoniyatlaridan keng foydalanishlari lozim. Chunki sud ekspertizasi maxsus bilimlarga asoslangan ish bo‘yicha haqiqiy holatni aniqlashga qaratilgan asosiy protsessual vositadir.
Hozirgi kunda keng ko‘lamda ommalashib borayotgan va talab ortib boriyatgan ekspertiza turlaridan biri – sud qurilish-texnikaviy ekspertizasidir. Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasi sudlar tomonidan shaxsiy, umumiy hissadorlik mulki bo‘lgan uy-joylarni bo‘lib berish yoki shaxsiy hissasini ajratib berish, oldi-sotdi shartnomalarini (uy-joylar bo‘yicha) bekor qilish, vasiyatnomalarni (uy-joy bo‘yicha) bekor qilish, nikohni bekor qilish va mulkini bo‘lib berish, uyga suv toshirish natijasida yetkazilgan zararni qoplash, bajarilmagan ishlarni yoki sifatsiz bajarilgan ishlar mablag‘ miqdorini undirish singari fuqarolik ishlari bilan bog‘liq da’volarda tayinlanadi.
Bunda ekspert turar va noturar bino inshootlarning xozirgi kundagi baxosini aniqlash, turar va noturar bino inshootlarni yer maydoni bilan xamda yakka xolda bo‘lish imkoniyatlarini aniqlash, da’vo qilinayotgan uy-joyni, texnik jihatdan qurilish normalari va qoidalarini buzmagan holda bo‘lish, o‘z ixtiyori bilan qurilgan turar va noturar bino inshootlarning QMQ va ShNQ ga zid yoki mos tarzda qurilganligini aniqlash, qurilish-montaj, tamirlash ishlari uchun ketgan sarf-xarajatlarning miqdori (smeta) asosli asossizligini aniqlash, da’vo qilinayotgan uy-joyni ajratib berilgan ulushlar asosida bo‘lish, texnik jihatdan bo‘linishi mumkin bo‘lgan uy-joyning da’vo qilinayotgan hissalarini aniqlash, ruxsatsiz (o‘z ixtiyori bilan) qurilgan qurilmalardan foydalanish tartibini aniqlash kabi vazifalarni bajaradi.
Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizalari o‘tkazilish jixatidan murakkab bo‘lib, ularni tayinlash, ekspertizaga materiallarni tayyorlash, inshootlarni ko‘zdan kechirishni tashkil qilishda turli muammolar yuzaga keladi, yani ekspertlar vakolatiga kirmaydigan savollarning qo‘yilishi, ko‘rilayotgan obektning yoki yer maydonining xaqiqiy xolatini aks ettiruvchi xujjatlarning (asl nusxalari) taqdim etilmasligi, ekspertiza o‘tkazilishi va xulosa berish uchun zarur bo‘lgan tekshirish obetlarini ko‘zdan kechirishga fuqarolarning to‘sqinlik qilish xolatlari shular jumlasidandir. Aynan shuning uchun xam Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasini o‘tkazish o‘ziga xos xususiyatlarga egadir va yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etishda davlat organlari bilan birgalikda kelishuv asosida xamkorlik olib borish, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlarida fuqarolarning xuquqiy bilimlarini oshirish, xamda sud ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha tushunchalar berish va davra suxbatlari tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Sud-qurilish-texnik ekspertizasini tayinlash va o‘tkazishning protsessual va taktik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
– voqea sodir etilgan joyni yoki nizoli obektlarni ekspert ishtirokida ko‘zdan kechirish;
– binolarning qulab tushishi yoki ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz xodisalar bo‘yicha ishlarda o‘tkaziladigan ko‘zdan kechirish va ishga oid materiallarni yig‘ish;
– mutaxassislarning binolarni qulab tushishi, qurilishida baxtsiz xodisalar sodir bo‘lishining sharoitlari va sabablari to‘g‘risida bergan xulosalarining mazmun-moxiyatini taxlil qilish;
– ko‘zdan kechirish natijalarini tergov tomonidan tuzilgan bayonnoma orqali rasmiylashtirish.
Voqea sodir bo‘lgan joyni yoki nizoli obektlarni ko‘zdan kechirish tergovchi yoki sud tomonidan amalga oshiriladi, ko‘zdan kechirish natijalari (fuqarolik yoki iqtisodiy ishlar) bo‘yicha bayonnoma tuzilib ko‘zdan kechiruv ishlari tugatiladi.
X.Sulaymonova nomidagi RSEMning
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi eksperti D.Tajiev