Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15-may kuni Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash a’zolari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda o‘tgan davr mobaynida Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, shuningdek rejalashtirilgan masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengash raisi J.Nuritdinov Kengash tomonidan so‘nggi yillarda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilgan tadbirlar hamda idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining 2024-yilda amalga oshirilgan va oshiriladigan ishlari xususida ma’ruza qildi.

Shuningdek, “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyalar tomonidan sud-xatshunoslik ekspertizasi uchun namunalarni taqdim qilinishi yuzasidan” uslubiy tavsiyalar hamda “Quyosh energiyasidan foydalanishda quyosh panellarining holatini aniqlash hamda ularning ahamiyati bo‘yicha ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribalarini o‘rganish natijasi” yuzasidan tayyorlangan tahliliy ma’lumot ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, jamiyatimizda quyosh panellaridan bugungi kunda keng foydalanilayotganligi qayd etilib, ushbu yo‘nalishda tadqiqot turini joriy qilish lozimligi ma’qullandi.

Shu bilan birga, “Mobil qurilmalar ekspertizasi” nomli uslubiy tavsiyaning taqdimoti va uni yagona uslubiyotlar reyestriga kiritish hamda joriy yilda ko‘rib chiqiladigan sud-tibbiy ekspertiza faoliyatida foydalanib kelinayotgan uslubiy tavsiyalarning ro‘yxatini tasdiqlash masalalari ham batafsil muhokama qilindi.

 

Skip to content