Respublikamiz o‘z avtomobil sanoatiga ega bo‘lgan davlatlar qatoriga kirgandan so‘ng, mamlakatimizdagi avtomobil yo‘llarida harakat intensivligi tobora oshib bormoqda. Shu bilan bir qatorda yo‘l-transport xodisalarining soni ham ortib bormoqda. Bunday sharoitda Sudga oid avtotexnika, transport trassologiya va avtomobillarning texnik holatini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tadqiqotlar yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda katta ahamiyat kasb etadi.
Sud-avtotexnika ekspertizasi turlari:
-Yo‘l-transport hodisalarini matematik uslublar bilan tadqiqot qilish.
-Sud Transport-trassologiya.
-Transport vositalarining texnik holati tadqiq qilish.
-Sud transport baholash.
-Sud avtomobillar yo‘llari ekspertizasi kabi turlarga bo‘linadi.
Har bir tur ekspertizalar o‘ziga xos predmeti, ob’yektlari, tadqiqot usullari va ekspertizaga taqdim qilinishi zarur bo‘lgan materiallar to‘plami bilan ajralib turadi.
Sud-avtotexnika ekspertiza turlaridan yana biri bu:
Yo‘l-transport hodisalarini matematik hisoblar bilan
tadqiqot qilish ekspertizasi
Yo‘l-transport hodisalarini matematik hisoblar bilan tadqiqot qilish ekspertizasini belgilashda maxsus bilimlardan samarali foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun sud-avtotexnika ekspertizalari ish holatlarini belgilash va odil sudlovni amalga oshirishda muhim dalil vositasi hisoblanadi.
Yo‘l-transport hodisalari asosan quyidagi turlarga bo‘linadi:
– Piyodalarni urib ketish;
– Transport vositalarini to‘qnashuvi;
– Transport vositalarini ag‘darilishi;
– Qo‘zg‘almas to‘siqlarni urib ketish;
– Nomexanik transport vositalarini urib ketish;
– Transport vositalaridan yo‘lovchilarning yiqilishi.
Yo‘l-transport hodisalarini matematik hisoblar bilan tadqiqot qilish ekspertizasi vazifalariga quyidagilar kiradi:
– transport vositasining harakat tezligini aniqlash;
-transport vositasini to‘xtatish va to‘xtash masofalarini aniqlash;
-yo‘l-transport hodisasining turli vaqtlarda transport vositalarining o‘zaro yaqinlashib kelish holatlarini aniqlash;
-Transport vositasining ma’lum masofani bosib o‘tish uchun sarflaydigan vaqtini aniqlash;
-ekspertning maxsus bilimlari yordamida hodisaning oldini olish uchun xavf tug‘ilgan vaqtini aniqlash;
-haydovchining yo‘l-transport hodisasining bartaraf etish uchun oxirgi imkoniyati qolgan vaqtda transport vositasi bilan hodisaning ikkinchi ishtirokchisining o‘zaro holatlarini qanday bo‘lganligini aniqlash.
Transport vositalarining texnik holati tadqiq qilish ekspertizasi.
Transport vositalarining texnik holati tadqiq qilish ekspertizasi orqali quyidagi savollar hal etiladi.
- Transport vositasini harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi qismlarini texnik holatini tekshirishi, ya’ni rul boshqarmasi, tormoz tizimi, yoritish jihozlari va yurish qismining soz yoki nosozligini
- Aniqlangan nosozliklarni vaqtini va kelib chiqish sabablarini aniqlash, ya’ni YTHga qadar, YTH vaqtida yoki YTHdan keyin vujudga kelganligini
- Aniqlagan nosozlik YTHga qadar vujudga kelgan bo‘lsa, uning haydovchi tomonidan oldindan aniqlash imkoniyatni bor yoki yo‘qligini
- Transport vositasida aniqlangan nosozlik kelib chiqqan YTH bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlash.
Hozirda Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasining Farg‘ona viloyat bo‘limida 2021-yil 5-iyuldagi
“Sud ekspertlik faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlari” to‘g‘risidagi
6256-sonli Prezident farmonga asosan, fuqarolarimizga yanada qulaylik yaratish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq,
yo‘l-transport hodisalarini matematik uslublar bilan tadqiqot qilish,
Sud transport-trassologiya, transport vositalarining texnik holatini tadqiq qilish, Sud transport baholash, tadqiqot turlari bo‘yicha mutaxassis fikrlari ham berib kelinmoqda.
Davlat sud eksperti
B.A.Hatamov