Adliya vazirligi va Markaz vakillaridan iborat ishchi guruhi Markazning Sirdaryo viloyati bo‘limiga tashrif buyurdi.
Ishchi guruhi tomonidan hududiy bo‘lim faoliyatidagi mavjud muammolar hamda kelgusida bo‘lim faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.
Shuningdek, tashrif davomida ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyati Adliya bo‘limi binosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, advokatlar, davlat organlarining vakillari hamda fuqarolar ishtirokida seminar tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar seminar ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi hamda ularning sud ekspertiza faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflari muhokama etilib, qiziqtirgan savollariga javob berildi.