Joriy yilning 13-fevral kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish kafedrasi dotsenti, y.f.n. Shakurov Rafik Ravilyevich tomonidan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘limlarida faoliyat yurituvchi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlariga kiritilgan o‘zgarishlar, O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining Odob-axloq qoidalari hamda korrupsiyaga oid qonunchilik yuzasidan onlayn tarzda seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminarda xodimlarga Korrupsiyaning turlari, sabablari va uning oldini olish bo’yicha tushunchalar berildi.

Bo’lib o’tgan seminarda Markaz xodimlari o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.

Skip to content