Sud ekspertizasi sohasida jismoniy va yuridik shaxslarga yaratilgan imkoniyatlar

So‘ngi yillarda sud ekspertiza sohasida jismoniy va yuridik shaxslarga bir qator qulayliklar, yengilliklar yaratishga qaratilgan bir qancha qaror va farmonlar qabul qilingan bo‘lib jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 05-iyuldagi PF-6256-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 01-sentyabrdan boshlab davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish huquqi berildi. Bu bo‘yicha Markazning Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq 2023-yil davomida jami 288 ta, joriy yilning 1-choragida jami 75 ta mutaxassis fikrlari berilgan. Bu esa ekspetiza faoliyatini takomillashishi bilan birga jismoniy va yuridik shaxslarni extiyojlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shu bilan birga Farmonga asosan jismoniy va yuridik shaxslarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining hududiy bo’limlarida ekspertiza tadqiqotlarining qo’shimcha turlarini Jamg’arma mablag’lari hisobidan joriy qilishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini kiritish bunda, Farg’ona, Termiz, Urganch shaharlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Samarqand shahrida Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi va Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini bosqichma-bosqich tashkil etish nazarda tutilgan bo’lib va ushbu farmon ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining “O’zbekisston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2022-yil 10-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan Markazning hududiy bo’limlarida odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi tashkil etilishi nazarda tutilgan bo‘lib bugungi kunda Samarqand, Xorazm, Farg‘ona viloyatlari bo‘limlarida odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi tashkil etilgan va bo‘limlar xalqaro ISO/IEC 17025 standarti talablariga javob beradigan binolarga joylashtirilgan hamda uni maxsus mebel`, komp`yuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar bilan ta’minlangan. Ushbu odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi oldinlari faqat markazda faoliyat olib borayotganligini inobatga olib, laboratoriyalarni Markazning hududiy bo’limlarida tashkil etilishi ham yuridik va jismoniy shaxslarning extiyojlarini ta’minlash, qulayliklar yaratish bilan birgalikda uzoqini yaqin va ekspertiza xulosalariga va mutaxassis fikrlari uchun ketadigan muddatlarini qisqarishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 10-apreldagi 72-um-son buyrug‘i bilan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish hamda mutaxassis fikrini berish tartibi va shartlarini belgilaydi.

Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqotlar ro‘yxatiga asosan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq shartnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazilib, mutaxassis fikri berilishi mumkin.

Advokat so‘rovi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq tadqiqotlar o‘tkazish muddatlari Markaz bilan tuzilgan shartnomalarga asosan belgilanadi.

Advokat so‘rovi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq tadqiqotlar shartnomaga ko‘ra to‘lov amalga oshirilganlik to‘g‘risidagi hujjatlar Markazga taqdim etilgan kundan boshlab hisoblanadi va sud eksperti xulosasi yoki mutaxassis fikri manfaatdor shaxsga yuborilgan kunda tugaydi.

Sud eksperti tomonidan tadqiqotlarni o‘tkazish muddatlari quyidagi davrlarga to‘xtatib turiladi:

Ekspertiza tayinlashga vakolatli organ (shaxs), advokat hamda jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan ish materiallaridagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish to‘g‘risida sud eksperti (mutaxassis)ning iltimosnomasini ko‘rib chiqish davriga;

tadqiqotlarni o‘tkazishni 30 kun mobaynida bajarish mumkin bo‘lmagan taqdirda uni o‘tkazish muddatlarini kelishib olish to‘g‘risida yuborilgan xabarni ko‘rib chiqish davriga;

sud ekspertining xizmat safarida, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi yoki mehnat ta’tilida bo‘lish davriga, sud ekspertizasini bajarishni boshqa sud ekspertiga topshirish mumkin bo‘lmaganda.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Markazga tadqiqotlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi murojaat, to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, tadqiqot ob’ektlari va ish materiallari, shuningdek, tadqiqotlarni o‘tkazish va mutaxassis fikri berilishi uchun sud ekspertiga zarur bo‘lgan ekspertiza predmetiga taalluqli ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlar taqdim etilishi kerak.

Tadqiqotlar o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ish materiallari va tadqiqot ob’ektlarini hamda qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish lozim bo‘lganda sud eksperti tomonidan ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs), advokat, jismoniy va yuridik shaxsga 3 ish kunida yozma yoki elektron iltimosnomalar yuboriladi.

Markaz advokatning so‘rovi hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘rganadi va ularga 3 ish kuni ichida shartnoma rasmiylashtirish uchun taqdim etiladi.

Sud eksperti o‘zining maxsus bilimlariga muvofiq o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida o‘z nomidan xulosa yoki mutaxassis fikrini beradi.

 

Davlat sud eksperti X.Z.Sapayev

Skip to content