Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J.Nuritdinov va X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi direktori A.Xalilov ishtirokida Surxondaryo viloyatiga bo‘lgan xizmat safari davomida Surxondaryo viloyati Yuridik texnikumi talabalari bilan “Yuridik kasb va yoshlar” mavzusida “Rahbar va yoshlar ” uchrashuvi o‘tkazildi.
Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tgan tadbir rasmiy ma’ruzalardan xoli, erkin muloqot shaklida tashkil etildi. Ochiq muloqot davomida yoshlarning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.