Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Respublika sud-ekspertiza markazining hududiy bo‘limlari faoliyati o‘rganilmoqda.

Adliya vazirligi va Markaz vakillaridan iborat ishchi guruhi Markazning Surxondaryo viloyati bo‘limiga tashrif buyurdi.

Ishchi guruhi tomonidan hududiy bo‘lim faoliyatidagi mavjud muammolar hamda kelgusida bo‘lim faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek, tashrif davomida ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, advokatlar, davlat organlarining vakillari hamda fuqarolar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar seminar ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi hamda ularning sud ekspertiza faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflari muhokama etilib, qiziqtirgan savollariga javob berildi.

 

 

Skip to content