ATOM ENERGETIKASIDAN FOYDALANISHNING QULAYLIKLARI VA AFZALLIKLARI XAQIDA MA’LUMOT

 S.S.Ataxodjaev MABKE laboratoriyasi katta eksperti

A.G. Asilbekov MABKE laboratoriyasi eksperti

 

Bugungi kunda ko‘plab davlatlarda aholini o‘sishi demografik muammolar iqtisodiy va siyosiy munosabatlarda odam resurslarin  ortishi  va bu insoniyatni extiyojin qondirish maqsadida texnologik progresslar  zamonaviy dizayndagi mahsulotlarni ko‘plab ishlab chiqaish  jaxonda  energentik inqirozni keltirib chiqardi .  Jahon energetik inqirozi  davrida  atom energetikasidan ko‘proq foydalanishni taqozo etmoqda, chunki tabiy manbalardan olinagandigan elektr quvvati va issiqlik energiyasi bugungi kunda insoniyat extiyojini qondira olmayapti va resurslar tanqisligi muammolarini yuzaga keltirib chiqardi va bu munosabatlar atom energetikasining bugungi kunda zudlik bilan  kechiktirilmasdan rivojlantirish dolzarbligini kun tartibiga qo‘ymoqda. Zamonaviy dunyoning galdagi  rivojlanishi atom energentikasiga chambarchas bog‘liq.

Chunki atom energetikasi bu bir tomondan arzon xamyonbob elektro energiya bo‘lsa, ikkinchi tomondan issiqlik energiyasidir.

Xo‘sh atom energetikasidan olinadigan arzon xamyonbob elektr energiya va issiqlik energiyasi bizga nimani beradi?

Avvalambor xalq xo‘jaligining turli sohalari, sanoat  ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish salohiyati oshadi tabiiy energiya resuslari(neft, gaz)dan oqilona foydalanila boshlanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash sohasi jadal rivojlanadi. Yilning xar qanday mavsumida issiqxonalarda yaratilgan nazorat qilinadigan mikroklimat sharoitida meva va sabzavodlarni yetishtirish ko‘lami kengayadi, Elektromobillar ishlab chiqarish keskin ortadi, temir yo‘l transporti liniyalari to‘liq elektrlashtiriladi.

Agar biz atom energiyasidan foydalansak bizda, ya’ni oddiy fuqarolar xayotida nimalar o‘zgaradi?

Atom energetikasi sohasi  va unga yondosh bo‘lgan yangi faoliyat turlari paydo bo‘ladi, ko‘plab yangi ishchi o‘rinlar yaratiladi, elektr energiya va issiqlik energiyasi tanqisligiga barham beriladi. oddiy fuqorolar xayoti yanada farovonlashadi iqtisodiy farovonlikka erishiladi. Aylanma milliy kapitalning kishi boshiga  tushadigan salmog‘i  sezilarli darajada ortadi.

Qanday xuquqiy, siyosiy, ijtimoiy  ilmiy o‘zgarishlar yuz beradi?

Atom energetikasining rivojlanishi avvalambor bu energetikadan foydalanish huquqini berish bilan bir qatorda turli mas’uliyatli majburiyatlarni ham yuzaga keltiradi, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar va yuqori texnologiyali mahsulotlar eksportining o‘sishiga yordam beradi va inson faoliyatining boshqa ko‘plab ilmiy texnik  sohalarini rivojlantiradi.  Atom energetikasidan foydalanish turli xil atom energetikasi bo‘yicha sinov laboratoriyalari, atom tadiqotlari bo‘yicha ekspertiza muassalarining laboratoriyalari kabi qo‘shimcha ijtimoiy infrotuzilmalarni yaratilishiga sabab bo‘ladi.

Atom energetiksi xavfsizmi?

Atom energetikasi atmosferani ifloslantirmaydi va sayyoramizdagi iqlimni keskin yomonlashtiradigan, tuproqni ifloslantiradigan va okeanlarning kislotaliligini oshiradigan issiqxona gazlarini chiqarmaydi.

Ko‘mir va gaz elektr stansiyalari, o‘z navbatida, biz hammamiz nafas oladigan atmosferadan o‘zining nazoratsiz chiqindilarini yo‘qotish va ulardan tekinga xalos bo‘lish uchun undan  yillar davomida foydalanib kelishadi Atom energetikasining atrof muhit (ekologiya)ga ta’siri minimal darajada ekanligi barchaga ma’lum. Atom elektr stansiyalari sanoat miqyosida elektr energiyasini ishlab chiqarishning eng ekologik toza usuli hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda atom energetikasi sanoatidagi radioaktiv chiqindilarni xavfsiz va samarali boshqarish uchun barcha zarur bo‘lgan texnologiyalar ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda atom energetikasi manbalarini minimallashtirish, ixchamlashtirish, radioaktivligini kamaytirish, qayta ishlash, qayta sikllash, trasportirovka qilish, utilizatsiyalash mumkin va bu ishlar amalda ekologik xavfizlikning zamonaviy talablari asosida amalga oshiriladi va monitoring qilib boriladi. Eng ahamiyatli tomoni atom elektr stansiyalari ob-havo sharoitidan qat’i nazar, kuniga 24 soat elektr va issiqlik energiyalarini ishonchli ishlab chiqaradi va barqaror elektr tarmog‘i uchun bazaviy geniratsiya hisoblanadi.

Atom energetikasiga asoslangan elektr stansiyalarida yuqori hajmda elektr energiyasi, issiqlik va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilsada ular kichik maydonni egallaydi,  buning natijasida ko‘plab hududlar va ekotizimlarda biologik xilma-xillikni uzoq yillar davomida inson ta’siri tufayli yuzaga keladigan texnogen o‘zgarishlardan saqlashga imkon beradi.

Atom energetikasida  yadro yoqilg‘isi sifatida ishlatiladigan 1% gacha boyitilgan 4 kilogramm uran, to‘liq yoqilganda, taxminan 100 tonna yuqori sifatli ko‘mir yoki 60 tonna neftni yoqishda hosil bo‘lgan energiyaga teng bo‘lgan energiya chiqaradi. Eng qizig‘i atom energetikasida yadro yoqilg‘isi sifatida ishlatiladigan parchalanadigan asosiy material (uran-235) to‘liq yonmaydi va organik yoqilg‘idan kul va shlaklardan farqli o‘laroq, regeneratsiyadan keyin yana ishlatilishi mumkin. Kelajakda yopiq siklli yoqilg‘iga aylanishga to‘liq o‘tish mumkin, bu amalda texnologik chiqindilarning atrof muhitga  chiqarilmaslini va yoqilg‘initning qayta va qayta ishlatish imkoniyatga ega ekanligini anglatadi.

Skip to content