O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025 yillarga mo‘ljallangan Konsepsiyasi mamlakatimizda sud-ekspertiza sohasini rivojlantirishning yaqin va uzoq muddatli istiqbollarini belgilashga qaratilgan bo‘lib, unda sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini ta’minlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirib borish;sud-ekspertlik amaliyotini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish;sud-ekspertlik faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, sud-ekspertlik faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kabi sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Mamlakatimiz sud ekspertlik tarixi amaliyotida yangi yo‘nalish sifatida kirib kelayotgan, kompleks lingvistik-psixologik ekspertizasi turi ham buning yorqin misolidir.
Ekspertizaning mazkur turi matn va uning alohida tarkibiy qismlari (so‘zlar, fikrlar, ularning tavsifiy va vizual qo‘llab-quvvatlash) ma’nolarining xususiyatlari o‘rganishda semantik tadqiqotlarga taalluqlidir. Shu bois tadqiqot predmeti sifatidagi matnning xususiyatlari haqida aytilgan fikrlarning ahamiyati aniqlanadi.
Hozirgi davrada dolzarb bo‘lib borayotgan shaxslararo munosabatlardagi turli vaziyat va holatlarga nisbatan ekspertlik bahosini berish tobora murakkablashmoqda.
Ma’lumki ilmiy psixologiyaning predmeti bu avvalo psixik hayotning har bir aniq faktlarini(xodisalar) nazarda tutish, psixik hayotga doir har bir fakt(xodisalar) esa ham miqdor, ham sifat taraflaridan ahamiyatli xususiyat kasb etadi. Inson miya faoliyati bevosita uning psixik xususiyati bilan bevosita bog‘liq. Inson(shaxs) rivojlanish jarayonida uning psixik holatiga atrof-muhitidan qabul qilinayotgan psixik jarayonlar uning mazmuni va tuzulishi o‘zida ichki fiziologik jarayonlardantashqari, tashqi ob’ektlarning (muhitning) harakteristikasini, ya’ni narsalar shakli, hajmi, o‘zaro munosbatini jamlangan holda aks ettiradi. Bugungi kunda inson (shaxs) ongini eng asosiy ta’rifiga ko‘ra, unda nafaqat inson(shaxs)ning o‘zi va itrof muhit ob’ektlari bilan bo‘lgan munosabatn, aloqa balki uning o‘zi jalyu etiladigan ijtimoiy munosabatlar ifodasi ko‘riladi.
Shaxslararo munosabatlar jarayonida inson(shaxs)ning boshqa bir inson(shaxs)ga nisbatan yo‘naltirilgan murojaati, ta’rifi, savoli, buyrug‘i yoki tushuntirishi uning mazkur yo‘naltiruvchi inson(shaxs)ga nisbatan ta’sir o‘tkazishtning, uning o‘zi xohlagandek javob olishni, topshiriqni ijro etilishi, tushunib yetishi kabilarni maqsadiga qaratilgan holda o‘z fikrini bayon etadi. Biroq bugungi kunda ushub munosabatlar ko‘p xollarda to‘liq fikr-mulohaza yuritilmasdan yoki aksincha o‘ta xis-hayajon holatida oxirigacha maqsadini angalatishning o‘ta keskin shakllarida amalga oshirilmoqda. Mazkur holatlga oydinlik kiritish va shu kabi mazmundagi shaxslararo munosabatlarning turli vaziyat va holatlaridagi masalalarni ko‘rib chiqishda Markazda tashkil etilgan mamlakatimizda yangi tur sanalmish sud lingvistik-psixologik ekspertizasi tadqiqotlari jarayonida oydinlik kiritish imkoni yuzaga kelmoqda.
Bu kabi mamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq tizimining yangi bosqichlarda isloh qilinishi, yangi tur tadqiqotlarining ekspertlik sohasiga tadbiq etilishi, yuqorida qayd etilgan shaxslararo munosabatga nisbatan ilmiy, yechim topilishi va inson huquq-erkinliklari va manfaatlarining davlat qonunchilik tarafidan manfaatlarini himoya etilishi zaminidir.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi
Markazi davlat sud eksperti N.Nishanova