12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi, ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
– magistr yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi (ixtisoslik bo‘yicha) diplomga ega bo‘lganlar;
– dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qiluvchi ilmiy maqolalarga ega bo‘lganlar (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo’yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislari).
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar (http://phd.mininnovation.uz) orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
– Institut direktori nomiga mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish haqida ariza;
– talabgorning qisqacha biografik ma’lumotnomasi;
– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
– ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
– ish joyidan tavsifnoma;
– passport nusxasi;
Mustaqil izlanuvchilik(PhD)ga til sertifikati talab etilmaydi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim o‘qish uch yilgacha davom etadi.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar joriy yilning 15-fevral kuniga qadar http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun
Telefon: (71)-209-11-55 ichki (203, 201)
Elektron manzil: institut@sudex.uz
Ma’lumot uchun: Talabgorlar uchun tanlovda ishtirok etish talablari va topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda batafsil ko‘rsatilgan.