Mavzu: “Transport baholash ekspertizasi o‘tkazish tartibi va ahamiyati”

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymanova nomidagi RSEMning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limida huquqni muxofaza qiluvchi organlarning qaror va ajrimi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bo‘yicha tomonidan tayinlangan ekspertizalarning oshib borayotganligi, shuningdek, iqtisodiyotning rivojlanishi bilan sug‘urta va bank xizmatlarining, sud transport-baholash ekspertizalarini o‘tkazish haqida va mutaxassis  fikrini olish haqida sug‘urta kompaniyalari tomonidan murojaatlarning oshganligini bugungi kunda transport baholash ekspertizasining ahamiyati katta ekanligini bildiradi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi RSEMning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limida sud avtotexnika ekspertizasi 1973 yildan boshlab tashkil qilingan bo‘lib, hozirgi kunda sud ekspertizasiga oid huquqiy normativ hujjatlar va boshqa qonun xujjatlariga asosan ekspertizalar bajariladi. Misol tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6256-sonli farmoni. Ushbu farmonda 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab; davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga ko‘ra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish huquqi berilib, bunda tadqiqot natijalariga ko‘ra mutaxassis fikri taqdim etiladi. Iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritishda advokatga sudga qadar tayyorgarlik va sud jarayonida ekspert xulosasini sud muhokamasida taqdim etish huquqi asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga ruxsat berildi. Bundan tashqari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” bo‘yicha bo‘limda sud-tergov organlarining qaror (ajrim), advokat so‘rovi yoxud murojaat jismoniy va yuridik shaxlarning murojatlari asosida transport baholash ekspertizalari bajarib kelinmoqda. Sud ekspertizasiga yuborilayotgan, uni o‘tkazish imkonini bermaydigan materiallarni rasmiylashtirish qoidalariga rioya etilmagan taqdirda, ekspertiza muassasasi rahbari bu haqda sud ekspertizasini tayinlagan organga darhol xabar qiladi. Sud ekspertizasini tayinlagan organ kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rmasa, ekspertiza muassasasi rahbari o‘ttiz kun o‘tgach unga keyingi ish kunida materiallarni ekspertiza o‘tkazmasdan qaytaradi. Sud eksperti sud ekspertizasini o‘tkazishga muassasa rahbarining topshiriqnomasi bilan birga sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim), so‘rov yoxud murojaat hamda tushgan barcha ish materiallari olingan vaqtdan boshlab kirishadi. Sud ekspertizasini o‘tkazish muddatlari materiallar ekspertiza muassasiga kelib tushgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanadi va ular ekspertiza muassasa rahbari tomonidan sud ekspertizasini tayinlagan organga yuborilgan kunda tugaydi. Sud ekspertizasini o‘tkazish muddatlari, ekspertiza tayinlashga vakolatli organ (shaxs), advokat hamda jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan ish materiallaridagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish to‘g‘risida sud eksperti (mutaxassis)ning iltimosnomasini ko‘rib chiqish davriga, tadqiqotlarni o‘tkazishni 30 kun mobaynida bajarish mumkin bo‘lmagan taqdirda uni o‘tkazish muddatlarini kelishib olish to‘g‘risida yuborilgan xabarni ko‘rib chiqish davriga, sud ekspertining xizmat safarida, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi yoki mehnat ta’tilida bo‘lish davriga, sud ekspertizasini bajarishni boshqa sud ekspertiga topshirish mumkin bo‘lmaganda to‘xtatilib turiladi.

Sud eksperti tomonidan ekspertizalarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va transport vositalarini ko‘zdan kechirishga taqdim etilishi haqida iltimosnoma beriladi. Qo‘shimcha materiallar faqat sud ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan taqdim etiladi. Ko‘rikdan o‘tkazish talab qilinadigan tadqiqot obektlarini (Markazga taqdim etilgan obektlardan tashqari) sud ekspertizasi yoki mutaxassis fikrini berishda ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs), advokat, jismoniy yoki yuridik shaxs sud eksperti (mutaxassis) uchun obektga to‘siqsiz kirishni va uni tadqiqot o‘tkazish imkonini ta’minlaydi. Ko‘rikdan o‘tkazish ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs) yoki advokat, jismoniy yoxud yuridik shaxs tomonidan tashkil etiladi va ularning majburiy ishtirokida amalga oshiriladi va tegishli bayonnoma (dalolatnoma) bilan rasmiylashtiriladi. Ishda ishtirok etadigan shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda va tartibda ekspertiza tayinlagan organ (shaxs)ning yozma ruxsatiga asosan tadqiqotlar o‘tkazishda ishtirok etish huquqiga ega. Sababidan qat’iy nazar, ularning yo‘qligi tadqiqotlar o‘tkazishni to‘xtatib turish uchun asos hisoblanmaydi. Transport vositasiga yetkazilgan zararni aniqlash bo‘yicha tayinlangan ekspertiza bo‘yicha transport vositasini ko‘zdan kechirish uchun borilganda ba’zi hollarda transport vositasining ta’mirlangan holatlar uchrab turadi. Ushbu holatda transport vositasiga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash imkoni bo‘lmaydi.  Shu sababli transport vositasiga yetkazilgan zararni aniqlash bo‘yicha ekspertiza tayinlanganda ushbu transport vositasilarini vaqtinchalik saqlash maydoniga joylashtirish tavsiya etiladi. Sud eksperti o‘ziga taqdim etilgan ob’ektlar va materiallarni tekshirish tegishli sohadagi bilimlarga amal qilgan xolda, protsessual qonun talablariga qat’iy muvofiq ravishda xolisona va ilmiy asosda  amalga oshiradi.

  Transport baxolash ekspertizasida quyidagi savollar yechiladi:

 -transport vositasini ta’mirlash ishlari narhini aniqlash;

-transport vositasiga yetkazilgan moddiy zarar hajmini aniqlash;

  -transport vositalarining ehtiyot qismlari narxini aniqlash;

  -avto-moto transport vositasi narxini aniqlash;

  -transport vositalarining yo‘qotilgan tovar qiymati hajmini aniqlash;

  -taqdim etilgan avto-moto transport vositasini ta’mirlash bo‘yicha sarf-xarajatlar hisobotini amaldagi me’eriy hujjatlarga mos kelishini tekshirish;

    -murakkab buyum sifatida qaraladigan barcha rusumdagi avto-moto transport vositalari;

   -avto-moto transport vositalarining agregatlari, birikmalari, ehtiyot qismlari;

-avtomobil ishlab chiqaruvchi, avtota’mirlash  korxonalar vakillarining, avtomobil va uning ehtiyot qismlarini sotuvchi shaxslar va tashkilotlar tomonidan berilgan ma’lumotlar;

  -transprort vositalari va ularning qismlari narhi haqidagi tadqiqot o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar;

          Transport vositalarini baholash tadqiqotlari ob’ekti bo‘lib quyidagilar xisoblanadi:

 -avto-moto transport vositasining rusumi, modeli, avto-moto transport vositalari va uskunalarning turi;

 -avto-moto transport vostalari va uskunalarning ishlab chiqarilgan vaqti;

 -avto-moto transport vostalari va uskunalarning yurgan masofalari yoki ishlagan vaqti va ularning umumiy texnik xolati;

-avto-moto transport vositalari va uskunalarning to‘plami; birikmalar, agregatlar va ehtiyot qismlari;

-avto-moto transport vositalari va uskunalarning shikastlari, nuqsonlari, nosozliklari hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limida o‘tkazilayotgan transport baholash ekspertizalari soni yildan yilga ortib borayotganligi, ushbu ekspertizalarning odil sudlovni amalga oshirish, tergov jarayonlarida ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlashda o‘rni muhim ekanligini anglatadi. Ushbu ekspertiza turi turli holat va har xil toifadagi ishlar bo‘yicha haqiqatni qaror topishida, huquqbuzarliklarning oldini olishda, jinoyatchilikka sabab bo‘lgan holatlarni aniqlashda, ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar va ularni bartaraf etishda yordam berib kelmoqda.

X.Sulaymonova nomidagi RSEMning

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi   sud avtotexnika eksperti:

 A.Q.Saburov

 

Skip to content