Sud avtotexnika ekspertizasi jumlasining o‘ziyoq kishida negadir avtoavariyalar haqida taassurot qoldiradi. Yo‘qsa, avtotexnika eskpertizaga nega beriladi, degan gumon bo‘ladida insonda. Respublikamizda avtomobil sanoati rivojlanib, avtomashinalar soni ko‘paydi.Transport vositalari tomonidan yuzaga kelayotgan noxush vaziyatlarning sabablaridan biri, yo‘llardagi harakat vaqtida haydovchilar tomonidan tezlikning oshirilishi, ularning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmasliklari, avtomobillarning texnik nosozligi bo‘lsa, ikkinchi sababi, yo‘lovchilarning, ayniqsa, bolalarning yo‘l harakati qoidalari borasidagi bilimlarning yo‘qligi va yo‘llarda harakat qilish malakasiga yetarlicha ega emasliklaridir.Yo‘l transpoti hodisalari sonini kamaytirish yo‘l harakati sharoitlarini yaxshilash, transport vositalarining konstruksiyasi va ularning texnik holatini takomillashtirish, haydovchilarning malakasini oshirish va intizomini mustahkamlash, qatnashchilarning uyushgan harakatini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirishni talab qiladi. Yo‘l-transport hodisalarini matematik hisoblar bilan tadqiqot qilish ekspertizasini belgilashda maxsus bilimlardan samarali foydalanish alohida ahamiyatli. Shuning uchun sud-avtotexnika ekspertizalari ish holatlarini belgilash va odil sudlovni amalga oshirishda muhim dalil vositasi hisoblanadi.
Yo‘l-transport hodisalari asosan quyidagi turlarga bo‘linadi:
– Piyodalarni urib ketish;
– Transport vositalarini to‘qnashishi;
– Transport vositalarini ag‘darilishi;
– Quzg‘almas to‘siqlarni urib ketish;
– Nomexanik transport vositalarini urib ketish;
– Transport vositalaridan yo‘lovchilarning yiqilishi.
Xar bir tur ekspertizalar o‘ziga xos predmeti, ob’ektlari, tadqiqod usullari va ekspertizaga taqdim qilinishi zarur bo‘lgan materiallar to‘plami bilan ajralib turadi.
Yo‘l-transport hodisalarini matematik hisoblar bilan tadqiqot qilish ekspertizasi vazifalariga quyidagilar kiradi:
– transport vositasining harakat tezligini aniqlash;
-transport vositasini to‘xtatish va to‘xtash masofalarini aniqlash;
-yo‘l-transport xodisasining turli vaqtlarda transport vositalarining o‘zaro yaqinlashib kelish holatlarini aniklash;
-Transport vositasining ma’lum masofani bosib o‘tish uchun sarflaydigan vaqtini aniqlash;
-ekspertning maxsus bilimlari yordamida hodisaning oldini olish uchun havf tug‘ilgan vaqtini aniqlash;
-haydovchining yo‘l-transport hodisasining bartaraf etish uchun oxirgi imkoniyati qolgan vaqtda transport vositasi bilan hodisaning ikkinchi ishtirokchisini o‘zaro holatlarini qanday bo‘lganligini aniqlash.
Sud avtotexnika ekspertizasini yana bir turlaridan biri bu Transport vositalari texnik holatini tadqiqot qilish ekspertizasi. Bunda asosan Yo‘l transport hodisasida ishtrok etgan transport vositasining texnik holati bo‘yicha faktik tadqiqotlar o‘tkaziladi.
Transport vositalari texnik holatini tadqiqot qilish ekspertizasi vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Transpot vositasi va uning alohida qisimlarini (tormoz tizimi, rul boshqaruvi, va h.k ).
- Transport vositasining texnik nosozliklarini hosil bo‘lish sabablarini aniqlash.
- Transport vositasining texnikaviy nosozliklari yo‘l-transport hodisasiga nisbatan qachon paydo bo‘lganini belgilash.
- Transport vositasidagi nosozlik yo‘lga chiqishdan oldin mavjud bo‘lganligini aniqlash.
- Aniqlangan nosozlik transport vositasining umumiy holatiga qanday ta‘sir etishini tadqiq etish
- Aniqlangan nosozlik hamda kelib chiqqan hodisa o‘rtasida sababiy bog‘lanish borligini aniqlash.
- Transport vositasining tadqiq etilayotgantizimining ishlash ko‘rsatkichlarini aniqlash.
- Transport vositasining turini aniqlash.
Tekshirilayotgan transport vositasi yoki uning qismi.Transport vositasining Transport vositasining texnik holati to‘g‘ridagi ma‘lumotlar (texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan dalolatnoma. Transport vositasining ta‘mirlash haqidagi ma‘lumotnoma va h.k.), yo‘l transport hodisasidan keyin tuzilgan transport vositasining texnik holati to‘g‘risidagi bayonnoma taqdim qilinadi.
RSEMning Farg‘ona viloyat bo‘limi
Davlat sud eksperti B.A. Hatamov