O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining «Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi o‘rinlarda — Sud ekspertizasi markazi) Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm viloyat hududiy bo‘limlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Samarqand viloyat hududiy bo‘limida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari bosqichma-bosqich tashkil qilinsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertizasi markazi va uning hududiy bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini yangi zamonaviy uskuna va jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Adliya vazirligi:
2022 yil 1 iyulga qadar Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Sud ekspertizasi markazining Samarqand viloyat bo‘limida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil etilayotganligi sababli ushbu bo‘limni xalqaro ISO/IEC 17025 standarti talablariga javob beradigan binoga joylashtirish hamda uni maxsus mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
2022 yil 1 noyabrga qadar Xorazm viloyat hokimligi bilan birgalikda Sud ekspertizasi markazining Xorazm viloyat hududiy bo‘limida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi tashkil etilayotganligi sababli ushbu bo‘limni maxsus mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
2022 yil 1 dekabrga qadar Farg‘ona viloyat hokimligi bilan birgalikda Sud ekspertizasi markazining Farg‘ona viloyat hududiy bo‘limida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi tashkil etilayotganligi sababli ushbu bo‘limni xalqaro ISO/IEC 17025 standarti talablariga javob beradigan binoga joylashtirish hamda uni maxsus mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
2024 yil 1 sentabrga qadar Surxondaryo viloyat hokimligi bilan birgalikda Sud ekspertizasi markazining Surxondaryo viloyat hududiy bo‘limida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi tashkil etilayotganligi sababli ushbu bo‘limni xalqaro ISO/IEC 17025 standarti talablariga javob beradigan binoga joylashtirish hamda uni maxsus mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
2023 yil 1 yanvarga qadar sud ekspertiza xulosalarini xalqaro miqyosda tan olinishi va qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida Sud ekspertizasi markazining Sud-fonografiya hamda Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarining xalqaro ilmiy-texnik talablarga mosligini ta’minlagan holda ularni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlasin;
2023 yil 1 martga qadar sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini, shuningdek ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizaning yangi, shu jumladan Sud-soliq ekspertizasi va Oziq-ovqat mahsulotlarini tovarshunoslik ekspertizasi, tadbirkorlik sub’ektlarining boy berilgan foydasini aniqlashga qaratilgan tadqiqot va boshqa tadqiqot turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq qilish choralarini ko‘rsin;
2022 yil 1 mayga qadar sud ekspertlarini yanada ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida o‘zlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar bo‘yicha tushgan pul mablag‘larining bir qismi bilan rag‘batlantirish tartibini tasdiqlasin;
2022 yil 1 martga qadar Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir ma’lumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni o‘tkazishga doir tartibni tasdiqlasin.
Sud ekspertizasi markazining Samarqand, Farg‘ona, Xorazm hamda Surxondaryo viloyat hududiy bo‘limlarini tegishli talablarga javob beradigan binolar bilan muddatida ta’minlash va jihozlash bo‘yicha viloyat hokimlari shaxsan mas’ul va javobgar ekanligi belgilab qo‘yilsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son Farmoni bilan tashkil etilgan Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan soha faoliyatini yanada rivojlantirishda foydalanishini ta’minlasin.
- Sud ekspertizasi markazi va uning hududiy bo‘limlarida faoliyat yurituvchi sud ekspertlariga joyiga chiqib ob’ektlarni ko‘zdan kechirishlarida hamda sud va tergov jarayonlariga qatnashish uchun borishlariga qulayliklar yaratish maqsadida 14 ta navbatchi xizmat avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin. Bunda, avtotransport vositalarini sotib olish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar Sud ekspertizasi markazining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi hamda avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti, normativlari va ularga xizmat ko‘rsatish talablari tegishlicha Sud ekspertizasi markazi tomonidan mustaqil belgilanadi.
- Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2012 yil 14 noyabrdagi 321-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
- Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022 yil 10 yanvar,
11-son
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 10 yanvardagi 11-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertizasi markazi va uning hududiy bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini yangi zamonaviy uskuna va jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r | Laboratoriya yoki bo‘limning nomlanishi | Xarid qilinadigan jihozlar turi | Xarid qilinadigan jihozlar soni | Talab etiladigan mablag‘ miqdori
(AQSh dollarida) |
Moliyalashtirish manbai
Shu jumladan |
Ijro muddati | Ijro uchun mas’ullar | ||
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan | Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Sud ekspertizasi markazining budjetdan tashqari mablag‘lari | |||||||
2022 yilda | |||||||||
1. | Sud ekspertizasi markazining Xorazm viloyat hududiy bo‘limida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi | 38 | 91 | 619 131 | 528 000 | 91 131 | 2022 yil
yanvar – dekabr |
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi, Sud ekspertizasi markazi |
|
2. | Sud ekspertizasi markazining Farg‘ona viloyat hududiy bo‘limida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi | 38 | 91 | 619 131 | 528 000 | 91 131 | 2022 yil
yanvar – dekabr |
Moliya
vazirligi, Adliya vazirligi, Sud ekspertizasi markazi |
|
3. | Sud ekspertizasi markazining Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi | 1 | 1 | 180 000 | 180 000 | 2022 yil
yanvar – dekabr |
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi, Sud ekspertizasi markazi |
||
4. | Sud ekspertizasi markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘limida Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi | 30 | 88 | 234 066 | 97 000 | 137 066 | 2022 yil
yanvar – dekabr |
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi |
|
5. | Sud-qurilish texnik ekspertizasi bo‘limi | 2 | 3 | 9 500 | – | 9 500 | – | 2022 yil
yanvar – dekabr |
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi |
Jami 2022 yilda | 109 | 274 | 1 661 828 | 1 236 000 | 106 500 | 319 328 | |||
2023 yilda | |||||||||
6. | Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi | 8 | 17 | 58 900 | 58 900 | 2023 yil
yanvar – dekabr |
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi |
||
7. | Sud-fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi | 14 | 14 | 14 566 | 14 566 | 2023 yil
yanvar – dekabr |
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi |
||
8. | Sud-qurilish texnik ekspertizasi bo‘limi | 1 | 9 | 27 900 | 27 900 | 2023 yil
yanvar – dekabr |
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi |
||
Jami 2023 yilda | 23 | 40 | 101 366 | 27 900 | 73 466 | ||||
2024 yilda | |||||||||
9. | Sud ekspertizasi markazining Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi | 1 | 1 | 80 000 | 80 000 | 2024 yil
yanvar – dekabr |
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi |
||
10. | Sud-qurilish texnik ekspertizasi bo‘limi | 2 | 10 | 61 900 | 61 900 | 2024 yil
yanvar – dekabr |
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi |
||
11. | Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi | 1 | 1 | 190 000 | 190 000 | 2024 yil
yanvar – dekabr |
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi |
||
Jami 2024 yilda | 4 | 12 | 331 900 | 141 900 | 190 000 | ||||
2024 yilda | |||||||||
12. | Sud ekspertizasi markazining Surxondaryo viloyat hududiy bo‘limida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi | 38 | 91 | 619 131 | 300 000 | 319 131 | 2024 yil
yanvar – dekabr |
Adliya vazirligi,
Sud ekspertizasi markazi |
|
Jami 2024 yilda | 38 | 91 | 619 131 | 300 000 | 319 131 | ||||
Jami talab etiladigan
mablag‘ |
174 | 417 | 2 714 225 | 1 236 000 | 576 300 | 901 925 |
|
Izoh. Talab etiladigan mablag‘ miqdori doirasida zaruratga ko‘ra xarid qilinadigan jihozlar turi va soni hamda laboratoriya yoki bo‘limlarning nomi o‘zgarishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 10 yanvardagi 11-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2012 yil 14 noyabrdagi 321-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
- a) ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«2022 yil 1 yanvardan boshlab Markazning rahbar xodimlariga va ekspertlariga alohida mehnat sharoitlari uchun tarif stavkasiga rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblab yozishda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan har oylik ustama 50 foiz deb belgilansin»;
- b) quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
«O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga Markaz tushumlarini foydalanish to‘g‘risidagi tartibni Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash huquqi berilsin.».
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2022 y., 09/22/11/0007-son)