O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 15 martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022 yil 13 iyunda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020 yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021 yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022 yil, № 1, 1, 2-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 175-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Kassa operatsiyalarini yuritish tartibini va to‘lov intizomini buzish, shu jumladan qarzdor korxonalardan to‘lovlarni undirish yuzasidan soliq organlarining inkasso topshiriqlarini bajarmaslik, shuningdek pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatini buzish»;
2) 1761-modda chiqarib tashlansin;
3) quyidagi mazmundagi 2157-modda bilan to‘ldirilsin:
«2157-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik (bundan ushbu Kodeksning 1757 va 229-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno), jumladan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtiriladigan, ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga kiritilgan ma’lumotlarni e’lon qilmaganlik yoki to‘liq e’lon qilmaganlik, e’lon qilish muddatlariga va tartibiga rioya etmaganlik yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatganlik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
4) 245-moddaning birinchi qismi «2154» raqamidan keyin «2157» raqami bilan to‘ldirilsin;
5) 2451-moddaning matnidagi «1761» raqami chiqarib tashlansin;
6) 2457-moddaning birinchi qismidagi «1761-moddasida (qishloq va suv xo‘jaligiga oid qismi)» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
7) quyidagi mazmundagi 24510-modda bilan to‘ldirilsin:
«24510-modda. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Ushbu Kodeksning 2157-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi»;
8) 271-moddaning 11-bandidagi «1761» raqami «1762» raqami bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan «Advokatura to‘g‘risida»gi 349-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 2, 48-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2008 yil, № 12, 641-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2018 yil, № 10, 673-modda; 2019 yil, № 1, 3-modda, № 5, 267-modda, № 9, 591-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
«iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza o‘tkazilishini so‘rash;
ekspertiza xulosasi ish materiallariga qo‘shib qo‘yilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilish»;
o‘n ikkinchi xatboshisi o‘n to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 71-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
«Advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza xulosasini olish muddatlari davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarda belgilanadi»;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Advokat so‘roviga orderning ko‘chirma nusxasi, sud ekspertizasi advokat so‘roviga ko‘ra tayinlanganda esa o‘rganish ob’ektlari va to‘laqonli ekspertiza o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ish materiallari ham ilova qilinadi».
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi 670-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 9, 170-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 8, 367-modda; 2011 yil, № 12/2, 363-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 5-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda; 2020 yil, № 3, 198-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) 35-moddasining matnidagi «1761» raqami chiqarib tashlansin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi 721-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 12-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 12, 641-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) 4-moddasining to‘rtinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
«iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza o‘tkazilishini so‘rash;
ekspertiza xulosasi ish materiallariga qo‘shib qo‘yilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilish»;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 22 yanvarda qabul qilingan O‘RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019 yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020 yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021 yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 58-moddaning ikkinchi qismi «davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti» degan so‘zlardan keyin «nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 95-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazilishiga doir advokat so‘rovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga yuborishi mumkin»;
3) 98-moddaning to‘rtinchi qismi «davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki» degan so‘zlardan keyin «nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida yoxud» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 99-moddaning ikkinchi qismi «davlat sud-ekspertiza muassasasi» degan so‘zlardan keyin «nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 101-moddaning beshinchi qismi «davlat sud-ekspertiza muassasasiga» degan so‘zlardan keyin «yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 25 yanvarda qabul qilingan O‘RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019 yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020 yil, № 1, 1-modda, № 3, 198; 2021 yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 52-moddaning ikkinchi qismi «Davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti» degan so‘zlardan keyin «nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 79-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazilishiga doir advokat so‘rovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga yuborishi mumkin»;
3) 82-moddaning ikkinchi qismi «davlat sud-ekspertiza muassasasi» degan so‘zlardan keyin «nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 84-moddaning beshinchi qismi «davlat sud-ekspertiza muassasasiga» degan so‘zlardan keyin «yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 85-moddaning uchinchi qismi «davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki» degan so‘zlardan keyin «nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida yoxud» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 yanvarda qabul qilingan O‘RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019 yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020 yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021 yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 55-moddaning ikkinchi qismi «Davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti» degan so‘zlardan keyin «nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 80-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazilishiga doir advokat so‘rovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga yuborishi mumkin»;
3) 83-moddaning ikkinchi qismi «davlat sud-ekspertiza muassasasi» degan so‘zlardan keyin «nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 85-moddaning beshinchi qismi «davlat sud-ekspertiza muassasasiga» degan so‘zlardan keyin «yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 86-moddaning uchinchi qismi «davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki» degan so‘zlardan keyin «nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida yoxud» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
8-modda. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan «Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida»gi 661-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, № 9, 359-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan «Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish haqida»gi 661a-XII-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, № 9, 360-modda);
3) O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2022-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, № 11-12, 285-modda) XIV bo‘limi;
4) O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 6 mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 70-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 6, 118-modda) XI bo‘limi;
5) O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 23 mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-542-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019 yil, № 5, 267-modda) 3-moddasi;
6) O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 3 dekabrda qabul qilingan «Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-586-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019 yil, № 12, 880-modda) 3-moddasi.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
11-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 8-moddasi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022 yil 3 avgust,
O‘RQ-786-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2022 y., 03/22/786/0705-son)