O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD-EKSPERTLIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik sohasini har tomonlama takomillashtirish, bu sohadagi muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda mamlakatda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, sud-ekspertlik sohasini o‘rta muddatda tizimli isloh qilishning aniq chora-tadbirlarini belgilash maqsadida:

  1. O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi bo‘yicha 2021 — 2023 yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan «yo‘l xaritasi» (keyingi o‘rinlarda — «yo‘l xaritasi») 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:

sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini ta’minlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani muntazam takomillashtirib borish;

sud-ekspertlik faoliyatini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish;

sud-ekspertlik faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan uslubiyot va reglamentlarni takomillashtirish hamda sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy etish;

sud-ekspertlik faoliyatida kadrlar salohiyatini oshirish hamda sud ekspertlarini tayyorlashning samarali tizimini yaratish;

nodavlat sud ekspertiza institutini rivojlantirish;

sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni ta’minlash va rivojlantirish;

sud-ekspertlik faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

  1. O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha Kengash (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Kengashga (R.Q. Davletov):

sud ekspertizasi sohasidagi muammolarni kompleks o‘rganish va ularni tizimli hal qilish yuzasidan idoralararo hamkorlikni ta’minlash;

Konsepsiya va «yo‘l xaritasi»ni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha idoralararo konsultativ platforma sifatida xizmat qilish;

Konsepsiyani amalga oshirish doirasida fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va ilmiy doiralar vakillarini keng jalb etgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va press-konferensiyalar tashkil qilish vazifalari yuklansin.

  1. Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va Oliy sudning Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi (keyingi o‘rinlarda — X. Sulaymonova markazi) tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda 15 ta shtat birligidan iborat Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

Belgilansinki:

Institut shtat birliklari adliya organlari va muassasalarining 10 ta hamda sog‘liqni saqlash organlari va muassasalarining 5 ta shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi;

Institut faoliyatini moliyalashtirish X. Sulaymonova markazi mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.

  1. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:

sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy ko‘mak berish;

sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish;

sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga uslubiy yordam ko‘rsatish;

sud-ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish bo‘yicha choralarni ko‘rish;

sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks o‘rganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini doimiy ravishda o‘rganish orqali sud ekspertizasining yangi turlari hamda uslubiyotlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar kiritish;

sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Adliya vazirligi ikki oy muddatda Institut faoliyatini tashkil etish va unga yuklatilgan vazifalarni bajarish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini o‘z ichiga qamrab olgan qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

  1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
  2. a) 2021 yil 1 sentabrdan boshlab:

davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga ko‘ra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish huquqi berilsin. Bunda, tadqiqot natijalariga ko‘ra mutaxassis fikri taqdim etiladi;

iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritishda advokatga sudga qadar tayyorgarlik va sud jarayonida ekspert xulosasini sud muhokamasida taqdim etish huquqi asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga ruxsat berilsin;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining kasbiy malakasini aniqlash hamda ularning muntazam ravishda bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishni ta’minlash maqsadida ularni har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkazish mexanizmi joriy qilinsin;

  1. b) 2022 yil 1 martdan boshlab sud ekspertlari va ekspertiza to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish, aholiga va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazish, ekspertiza harakatlarini amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan «E-ekspertiza» yagona elektron axborot tizimi ishga tushirilsin.

Adliya vazirligi ikki oy muddatda:

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqotlar ro‘yxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda «E-ekspertiza» yagona elektron axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlasin.

  1. Belgilab qo‘yilsinki:

sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq, bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari bo‘yicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida (keyingi o‘rinlarda — tayyorlash kurslari) amalga oshirilishi mumkin;

tayyorlash kurslari oliy ta’lim muassasalari va davlat sud-ekspertiza muassasalari bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi;

tayyorlash kurslari tatbiq etilgan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim standarti, o‘quv rejasi, o‘quv dastur (modul)lari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti dasturlaridan iborat hujjatlar oliy ta’lim muassasasi va davlat sud ekspertiza muassasasi o‘rtasida tasdiqlanadi;

tayyorlash kurslari natijalariga ko‘ra tegishli sud-ekspertiza faoliyati bilan shug‘ullanish uchun sertifikat beriladi. Bunda, sertifikat egalari nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari yoki davlat sud-ekspertiza muassasalarida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi.

Adliya vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ekspertlar tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibini tasdiqlasin.

  1. Sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali ekspertiza tadqiqotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini inobatga olgan holda 2021 — 2025 yillarda joriy etiladigan ekspertiza va tadqiqot turlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Adliya vazirligiga nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish borasida quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlari tomonidan o‘tkaziladigan sud ekspertizalarining murakkablik darajasini aniqlash, sud ekspertizalarining murakkablik darajasiga qarab ularni amalga oshirish muddatlarini hisoblash tartibini, sud ekspertlari yuklamalarining normativlarini belgilash va ularga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib borish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, ularning sud ekspertlari va sud-ekspertlik tadqiqotlari uslublarining davlat reestrlarini yuritish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan har bir sud-ekspertiza turlari bo‘yicha moddiy-texnika bazasining jihozlanishiga qo‘yiladigan minimal talablarni tasdiqlash;

nodavlat sud ekspertlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda sud eksperti kasb etikasi qoidalarini belgilash va ularga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib borish.

Ushbu bandda qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Adliya vazirligi markaziy apparatida adliya organlari va muassasalarining boshqaruv xodimlari cheklangan soni doirasida 3 ta shtat birligidan iborat Sud-ekspertlik faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tashkil etilsin.

  1. Adliya vazirligi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2021 yil 1 avgustdan boshlab davlat sud-ekspertizasi muassasalarining foydalanilmaydigan binolarini (korpuslarini) sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish sharti bilan xususiy sheriklarga ijaraga taqdim etish tizimi joriy etilishini ta’minlasin.
  2. Adliya vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil qilinsin.

Quyidagilar:

  1. a) Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari etib:

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va ular tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan tushumning 1 foizi miqdoridagi ajratmalar;

davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq o‘tkaziladigan sud-ekspertiza tadqiqotlari uchun olingan to‘lovlarning 5 foizi;

xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak vositalari va grantlari;

Jamg‘armaning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin;

  1. b) Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan yo‘nalishlar etib:

«E-ekspertiza» yagona elektron axborot tizimini joriy etish, foydalanish va texnik qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga subsidiyalar ajratish;

sud ekspertiza sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, sud ekspertizasining yangi turlari va tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratish;

sud ekspertlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish;

sud-ekspertlik faoliyatiga ilg‘or fan va texnika yutuqlarini joriy etish;

davlat sud-ekspertiza muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash belgilansin.

  1. Davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari 2023 yil 1 iyunga qadar ularning faoliyatini ta’minlash uchun o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, maxsus jihozlangan avtotransport vositalari, dasturiy ta’minotlar, reaktivlar, reagentlar va sarflash materiallari hamda foydalanishda bo‘lgan asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari uchun bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
  2. Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 sentabrdan boshlab sud ekspertlariga nisbatan quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralarini tatbiq etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:

sud ekspertizasining muayyan turi bo‘yicha uzluksiz ravishda kamida so‘nggi uch yil davomida sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirib kelayotgan davlat sud ekspertlari ushbu ixtisoslik bo‘yicha qayta tayyorlashdan o‘tmasdan, nodavlat sud eksperti sertifikatini olish uchun yakuniy imtihon topshirishga haqli bo‘ladi;

davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari baholash yo‘nalishidagi sud ekspertizasi turlarini amalga oshirishda sud ekspertizalarini o‘tkazish huquqini beruvchi tegishli guvohnoma va sertifikatga ega bo‘lganda, ulardan baholovchining malaka sertifikati talab qilinmaydi;

davlat tashkilotlaridagi ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lashga doir rag‘batlantirish shartlari davlat sud-ekspertiza muassasalarining xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi;

nodavlat sud ekspertlarining o‘z kasbiy majburiyatlarini buzishi oqibatida yetkaziladigan zarardan jismoniy va yuridik shaxslarni himoya qilish maqsadida, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibi joriy etiladi.

Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda nodavlat sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibi yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.

  1. Adliya vazirligi:

uch oy muddatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hududiy bo‘linmalari ehtiyojlarini ta’minlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida X. Sulaymonova markazining hududiy bo‘limlarida ekspertiza tadqiqotlarining qo‘shimcha turlarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan joriy qilishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini kiritsin. Bunda, Farg‘ona, Termiz, Urganch shaharlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Samarqand shahrida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini bosqichma-bosqich tashkil qilishni nazarda tutsin;

2021 yil 1 oktabrga qadar «O‘zbekiston sud-ekspertizasi» elektron ilmiy jurnalini chop etish choralarini ko‘rsin;

2022 yil 1 yanvarga qadar huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ilmiy jamoatchilik va ushbu soha vakillari hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat sud-ekspertiza muassasalarini bosqichma-bosqich markazlashtirish orqali moliyaviy xarajatlarni optimallashtirish masalasini har tomonlama chuqur tahlil qilgan holda o‘rganib chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

2022 yil 1 aprelga qadar Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda «Sud ekspertizasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

sud ekspertlarining kasbiy bilim va malakasini oshirishda xorijiy sud-ekspertiza tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirgan holda har yili kamida 10 nafar sud ekspertining Jamg‘arma mablag‘lari va grantlar hisobidan xorijiy davlatlarda malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini yo‘lga qo‘ysin;

ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
  2. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri R.K. Davletov va adliya vaziri o‘rinbosari A.D. Tashkulov belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021 yil 5 iyul,

PF-6256-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son Farmoniga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025 yillarga mo‘ljallangan

KONSEPSIYaSI

1-bob. Umumiy qoidalar

O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirish Konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) mamlakatimizda sud-ekspertiza sohasini rivojlantirishning yaqin va uzoq muddatli istiqbollarini belgilashga qaratilgan.

Xalqaro normalar va standartlar talablarini hisobga olgan holda sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud-ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, sud-ekspertlik faoliyatini tizimli ravishda takomillashtirib borish, barqaror va ilmiy talabga javob beradigan sud ekspertizasi tizimini shakllantirish, sud jarayonlarida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish hamda sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini ta’minlash Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Konsepsiya soha faoliyatini rivojlantirishga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.

2-bob. Sud-ekspertlik tizimining joriy holati va mavjud muammolar

Mamlakatimizda sud-ekspertlik faoliyatini jadal rivojlantirish, sohada fan va texnika yutuqlarining zamonaviy usullarini joriy etish borasida qator izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

So‘nggi ikki yil ichida sud ekspertizasi sohasida 34 ta ilmiy-tadqiqot ishlari o‘tkazildi, 29 ta yangi ilmiy uslubiyotlar ishlab chiqildi, 8 ta yangi sud-ekspertlik turlari joriy etildi.

Bugungi kunda 6 ta davlat muassasasi, shuningdek, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan 55 turdagi sud-ekspertiza tadqiqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Nodavlat sud-ekspertiza muassasalarini tashkil etish, ekspertlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashning huquqiy asoslari yaratildi.

Sud ekspertlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etildi. Sud ekspertlarini masofaviy o‘qitish shakli joriy etildi.

397 nafar sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimini oshirish ta’minlandi.

Shu bilan birga, yaqin kelajakda sud-ekspertlik sohasida hal etilishi zarur bo‘lgan quyidagi asosiy muammolar saqlanib qolmoqda:

birinchidan, sud-ekspertlik faoliyatining tashkiliy hamda ilmiy-uslubiy jihatdan markazlashmaganligi muayyan bir ekspertiza turi bo‘yicha turli yondashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda;

ikkinchidan, sud-ekspertiza tadqiqotlarini tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergovni amalga oshiruvchi organlar huzuridagi sud ekspertizasi muassasalari tomonidan amalga oshirilishi sud ekspertining mustaqilligini hamda tekshirishlarning xolisligi kabi prinsiplariga javob bermaydi;

uchinchidan, sud-ekspertiza sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradigan, ushbu yo‘nalishdagi muammolarni doimiy ravishda tahlil qilgan holda sohani zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish vazifasini bajaradigan professional ilmiy-tadqiqot muassasasi mavjud emas;

to‘rtinchidan, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimi hamda ularga uslubiy ko‘maklashish mexanizmlari yaratilmagan;

beshinchidan, sud ekspertlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishi uchun yetarlicha imkoniyatlar yaratilmaganligi hamda ularni xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun grant mablag‘lari ajratilmasligi ushbu sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda;

oltinchidan, sud-ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmayapti, ushbu sohadagi tizimli muammolarni kompleks o‘rganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish sust ahvolda qolmoqda;

yettinchidan, sud-ekspertiza muassasalari xodimlarini moddiy-ijtimoiy rag‘batlantirish mexanizmlarining takomillashtirilmaganligi olib borilayotgan tadqiqotlar samaradorligini oshirish va korrupsion holatlarning oldini olish, vijdonli va yuqori malakali kadrlarni jalb qilish imkonini bermaydi.

3-bob. Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini ta’minlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirib borish;

sud-ekspertlik amaliyotini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish;

sud-ekspertlik faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan uslubiyot va reglamentlarni takomillashtirish hamda sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy etish;

sud-ekspertlik faoliyatida kadrlar salohiyatini oshirish hamda sud ekspertlarini tayyorlashning samarali tizimini yaratish;

nodavlat sud-ekspertiza institutini rivojlantirish;

sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni ta’minlash va rivojlantirish;

sud-ekspertlik faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

4-bob. Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish mexanizmlari

1-§. Sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini ta’minlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirib borish

  1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi «Sud ekspertizasi to‘g‘risida»gi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish:

nodavlat sud-ekspertlik tashkilotlarining maqomi, ularga qo‘yiladigan talablar, ular tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini o‘tkazish tartib-taomili hamda ish reglamentlarini belgilash;

nodavlat sud-ekspertlik faoliyatini metodik ta’minlash hamda tartibga solish mexanizmini joriy etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan ekspertlar tomonidan mutaxassis fikrini berish;

maxsus vakolatli organning huquq va majburiyatlarini belgilash;

qayta ekspertiza o‘tkazish vakolati beriladigan ekspertlar reestrini yuritish tizimini joriy etish va unga kiritishga doir talablarni belgilash;

sud ekspertlari tomonidan qasamyod qabul qilish;

sud ekspertizasi faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlarini joriy etish.

  1. Sud-ekspertlik kasbining mustaqilligi, shuningdek, ular faoliyatining kafolatlarini huquqiy ta’minlash sohasida milliy qonunchilikni xalqaro norma va talablarga izchil ravishda muvofiqlashtirish.
  2. O‘zbekistonda yagona sud-ekspertiza tizimini yaratishga doir takliflar ishlab chiqish.
  3. Protsessual qonunchilik hujjatlariga nodavlat sud ekspertlarining surishtiruv, dastlabki tergov va sud ish yurituvidagi ishtiroki hamda ular vakolatini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.
  4. Sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatida davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini keng tatbiq qilish.
  5. Advokatning so‘roviga asosan shartnoma asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ekspertiza tayinlash va ekspertiza xulosasini olish vakolatlarini belgilash.
  6. Sud ekspertlari faoliyatiga aralashish holatlari uchun jinoiy javobgarlik choralarini belgilash.
  7. Qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan davlat va nodavlat sud ekspertlariga nisbatan ta’sir choralari qo‘llashning aniq mezon va mexanizmlarini belgilash.
  8. Sud ekspertlarining noqonuniy harakatlari bilan bog‘liq holatlarning adolatli va xolis ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida Malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish.

2-§. Sud-ekspertlik amaliyotini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish

  1. Sud-ekspertiza muassasalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud ekspertizasi xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizasining yangi turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish.
  2. Sud ekspertizasining yangi turlarini joriy qilish bo‘yicha grantlar ajratish.
  3. Davlat sud-ekspertiza muassasalari tuzilmasini, shu jumladan respublika mintaqalarida rivojlantirish.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi o‘rinlarda — RSEM) hududiy bo‘limlarida joylardagi zarur ehtiyojlar hamda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda ekspertiza tadqiqotlarining qo‘shimcha turlarini joriy qilish. Shu jumladan, Farg‘ona, Termiz, Urganch shaharlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Samarqand shahrida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini bosqichma-bosqich tashkil qilish.
  5. Sud ekspertlari va ekspertiza to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda ekspertiza harakatlarini amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan «E-ekspertiza» yagona axborot tizimini joriy etish (integratsiya qilish).
  6. Ekspert xulosalarining xalqaro miqyosda tan olinishi va qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida davlat sud-ekspertiza muassasalari laboratoriyalarining xalqaro ilmiy-texnik talablarga mosligini ta’minlagan holda ularni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish.
  7. Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish.
  8. Sud ekspertlarining yagona reestrini yuritish orqali ular faoliyatiga oid elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
  9. Sud-ekspertlik sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish, shu jumladan aholiga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazishga qaratilgan sud-ekspertiza axborot portalini yaratish.
  10. Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasalarga o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha sud-ekspertlik tadqiqotlarini o‘tkazish huquqini berish.

3-§. Sud-ekspertlik faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan uslubiyot va reglamentlarni takomillashtirish hamda sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy etish

  1. Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish.
  2. RSEMda sud ekspertizasi mutaxassisligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish bo‘yicha alohida Kengash faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
  3. Sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini yanada takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish.
  4. Davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan sudlarga va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga metodik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan ular uchun sud ekspertizalarini tayinlash va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha amaliy qo‘llanmalar va boshqa adabiyotlar nashr qilish.
  5. Adliya organlari tomonidan aniq ish reja asosida sud-ekspertlik sohasidagi muammolarni kompleks o‘rganish va ularni tizimli hal qilish yuzasidan aniq, chuqur, ilmiy asoslangan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish choralarini ko‘rish.
  6. Sud-ekspertlik sohasidagi mavjud uslubiyotlarni tanqidiy ko‘rib chiqish orqali ularni xalqaro standartlarga va talablarga moslashtirish.
  7. Sud-ekspertlik faoliyatining dolzarb muammolarini tadqiq qilish bo‘yicha aniq reja-grafik asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish.
  8. Sud ekspertizasi va kriminalistika sohasida yangi avlod darsliklarini xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash.
  9. Sud ekspertizasi va kriminalistika atamalariga oid lug‘at yaratish.
  10. «O‘zbekiston sud-ekspertizasi» elektron ilmiy jurnalini tashkil etish.
  11. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslar, jinoyatchilar qoldirgan biologik izlar, tanib olinmagan murdalar, bedarak yo‘qolgan shaxslar bo‘yicha genomga oid axborotning yagona ma’lumotlar bazasini yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

4-§. Sud-ekspertlik faoliyatida kadrlar salohiyatini oshirish hamda sud ekspertlarini tayyorlashning samarali tizimini yaratish

  1. Sud-ekspertiza sohasida kadrlar tayyorlashni oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq, bakalavr yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari bo‘yicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish.
  2. RSEMda professor-o‘qituvchilar doimiy faoliyat yuritadigan o‘quv kafedralarini tashkil qilish orqali ekspertlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini oshirish.
  3. Sohaga innovatsion o‘qitish uslublari va shakllarini keng joriy etish orqali davlat va nodavlat sud ekspertlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatini takomillashtirish, shuningdek, sud ekspertlarini kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish.
  4. Sud ekspertlarini ishdan ajralmagan holda ularning ish joyida kasbiy malakasini oshirish tizimini joriy qilish.
  5. Sud ekspertlarining kasbiy bilim va malakasini oshirishda xorijiy sud-ekspertlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, bunda har yili kamida 10 nafar sud ekspertining grant mablag‘lari hisobidan xorijiy davlatlarda malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini yo‘lga qo‘yish.
  6. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda sud xodimlari uchun sud ekspertizalarini o‘tkazishga zarur bo‘lgan tadqiqot ob’ektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari to‘g‘risida doimiy ravishda manzilli o‘quv seminarlar (vebinarlar)ni tashkil qilib borish.
  7. Malaka oshirish jarayonlariga xorijiy davlatlarning sud-ekspertiza sohasidagi mutaxassislarini ma’ruzachi va o‘qituvchi sifatida keng jalb etish.
  8. Sud-ekspertlik sohasida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ekspertlik kasbiga kirishish jarayonini soddalashtirish.
  9. Ekspertiza muassasalarida kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, xodimlar tomonidan doimiy ravishda o‘z kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirib borishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ilmiy darajaga ega bo‘lgan kadrlar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda turli imtiyoz va moliyaviy imkoniyatlar berish.
  10. Ekspertiza muassasalariga ilmiy muassasa maqomini berish.

5-§. Nodavlat sud-ekspertiza institutini rivojlantirish

  1. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari va xususiy ekspertlarning birlashmasini tashkil qilish.
  2. Adliya organlarining nodavlat sud ekspertlari faoliyatini tartibga solish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etishga ko‘maklashishga doir vazifalarini belgilash.
  3. Nodavlat sud ekspertlarining kasbiy layoqatliligi hamda o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifatini monitoring qilib borish.
  4. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash.
  5. Sud ekspertlariga sud ekspertizasining muayyan turi bo‘yicha qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan yakuniy imtihon topshirish huquqini beruvchi sud-ekspertlik faoliyatini uzluksiz ravishda amalga oshirish muddatini 10 yildan 3 yilga qisqartirish.
  6. Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti shtatida uning rahbaridan tashqari bir xil yoki turli xil sud ekspertizasi yo‘nalishi bo‘yicha sud eksperti sertifikatiga ega kamida ikki nafar sud eksperti bo‘lishi lozimligi talabini bekor qilish.
  7. Yakka tartibda nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy ekspertlar institutini joriy etish.
  8. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan o‘tkazilishiga ruxsat berilgan sud ekspertizalari turlarining ro‘yxatini kengaytirish.

6-§. Sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

  1. Sud-ekspertiza muassasalarining Osiyo tarmog‘i (Aziatskaya set uchrejdeniy sudebnoy ekspertizы (Asian Forensic Sciences Network — AFSN)ga a’zo bo‘lish.
  2. Sud-ekspertlik faoliyatining eng dolzarb muammolari tahlili asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni, shu jumladan milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish dasturini ishlab chiqish.
  3. Xorijiy yetakchi sud-ekspertiza, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar bilan xalqaro hujjatlar tuzish, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish.
  4. Xalqaro ekspertlar ishtirokida mamlakatimiz sud ekspertlari uchun xorijiy amaliyot, seminar va o‘quv kurslarini tashkil etish ishlarini kuchaytirish.
  5. O‘zbekiston Respublikasi sud-ekspertiza muassasalari va tashkilotlari tomonidan xorijiy tashkilot va chet el fuqarolari uchun sud-ekspertiza imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida ularga xizmat ko‘rsatish tartibini ishlab chiqish.
  6. Sud ekspertlarining xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda, jumladan Jahon sud ekspertlari assotsiatsiyasi (IAFS) shafeligida o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarda muntazam ishtirok etishini tashkil qilish.
  7. Sud-ekspertiza muassasalari faoliyatiga davlatlararo va xalqaro standartlarni joriy qilish maqsadida texnik qo‘mita tashkil qilish, davlatlararo hamda xalqaro texnik qo‘mitalarga a’zo bo‘lish va ular faoliyati ishtirokini ta’minlash.

7-§. Sud-ekspertlik faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

  1. Davlat sud-ekspertiza muassasalarini ISO/IEC 17025 xalqaro standart talablariga javob beradigan bino va inshootlar bilan ta’minlash.
  2. Dasturiy ta’minotlar, reaktivlar, reagentlar, sarflash materiallari hamda asbob-uskunalar va jihozlar xaridi bo‘yicha yillik dasturni amalga oshirish.
  3. Davlat sud-ekspertiza tashkilotlarini o‘rnatilgan tartibda yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulashni ta’minlash.
  4. Pullik xizmatlarni ko‘paytirish orqali sud ekspertlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.
  5. Ekspertiza tadqiqotlarini sifatli va belgilangan muddatlarda o‘tkazish maqsadida ko‘chma laboratoriyalar bilan jihozlash.
  6. Yer uchastkalari ajratish orqali davlat-xususiy sheriklik asosida davlat sud-ekspertiza muassasalari xodimlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash.

5-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

Konsepsiyaning amalga oshirilishi quyidagi natijalarga olib keladi:

sud ekspertlari mustaqilligini ta’minlash choralari ko‘riladi;

jismoniy va yuridik shaxslarning sud-ekspertiza tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga erishiladi;

mamlakatda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishga erishiladi;

davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, sohaga davlat-xususiy sheriklik tamoyillari keng tatbiq etiladi;

sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot, ekspertlik ishlari yanada rivojlanadi, soha faoliyatiga fan va texnika yutuqlari joriy etiladi;

sud ekspertlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi yanada takomillashadi;

sud ekspertizasi to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi va xalqaro normalarga muvofiqlashtiriladi;

sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlik rivojlanadi;

O‘zbekistonning xalqaro nufuzli reyting va indekslarda, jumladan, Huquq ustuvorligi indeksi (The Rule of Law Index) va Korrupsiyani qabul qilish indeksi (The Corruption Perceptions Index)dagi ko‘rsatkichlari samaradorligi oshadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son Farmoniga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi bo‘yicha 2021 — 2023 yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan

«YO‘L XARITASI»

T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish shakli Ijro muddati Mas’ul ijrochilar
I. Sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini ta’minlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi «Sud ekspertizasi to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish:

sud ekspertlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarini takomillashtirish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining maqomi, ularga qo‘yiladigan talablar, ular tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini o‘tkazish tartib-taomili hamda ish reglamentlarini belgilash;

nodavlat sud-ekspertlik faoliyatini metodik ta’minlash hamda tartibga solish mexanizmini joriy etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan ekspertlar tomonidan beriladigan mutaxassis fikrini berish;

qayta ekspertiza o‘tkazish vakolati beriladigan ekspertlar reestrini yuritish tizimini joriy etish va unga kiritishga doir talablarni belgilash;

maxsus vakolatli organning huquq va majburiyatlarini belgilash;

sud ekspertlari tomonidan qasamyod qabul qilish va kasb-etika qoidalarini belgilash;

sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlarini joriy etish.

Qonun loyihasi 2022 yil aprel Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM, Advokatlar palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
2. Protsessual qonunchilik hujjatlariga nodavlat sud-ekspertlarining surishtiruv, dastlabki tergov va sud ish yurituvidagi ishtiroki hamda ular vakolatini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish. Qonun loyihasi 2021 yil oktabr Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM
3. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqotlar ro‘yxatini tasdiqlash Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2021 yil avgust Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
4. Advokatning so‘roviga asosan shartnoma asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ekspertiza tayinlash va ekspertiza xulosasini olish vakolatlarini belgilash. Qonun loyihasi 2021 yil avgust Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM
5. Qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan davlat va nodavlat sud ekspertlariga nisbatan ta’sir choralari qo‘llashning aniq mezon va mexanizmlarini belgilash. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2021 yil noyabr Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, IIV, DXX, Oliy sud, Bosh prokuratura, ETRM
6. Sud ekspertlarining noqonuniy harakatlari bilan bog‘liq holatlarning adolatli va xolis ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida Malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2021 yil noyabr Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, IIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, ETRM
II. Sud-ekspertlik amaliyotini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish
7. Sud-ekspertiza muassasalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud-ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizasining yangi turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish. Tashkiliy choralar 2021 — 2023 yillar Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, IIV, Bosh prokuratura, Sog‘liqni saqlash vazirligi, ETRM, manfaatdor vazirlik va idoralar
8. Sud ekspertizaning yangi turlarini joriy qilish bo‘yicha grantlar ajratish. Tashkiliy choralar 2021 — 2023 yillar Innovatsion rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining (keyingi o‘rinlarda — RSEM) hududiy bo‘limlarida joylardagi zarur ehtiyojlar hamda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda ekspertiza tadqiqotlarining qo‘shimcha turlarini joriy qilish. Shu jumladan, Farg‘ona, Termiz, Urganch shaharlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Samarqand shahrida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini bosqichma-bosqich tashkil qilish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2021 yil sentabr Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi
10. Sud ekspertlari va ekspertiza to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda ekspertiza harakatlarni amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan «E-ekspertiza» yagona axborot tizimini joriy etish (integratsiya qilish). Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022 yil mart Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, ETRM, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, manfaatdor vazirlik va idoralar
11. Ekspert xulosalarini xalqaro miqyosda tan olinishi va qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida davlat sud-ekspertiza muassasalari laboratoriyalarining xalqaro ilmiy-texnik talablarga mosligini ta’minlagan holda ularni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish. Chora-tadbirlar dasturi 2021 — 2023 yillar Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
12. Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022 yil may Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, DXX, Mudofaa vazirligi, ETRM
13. Sud ekspertlarining yagona reestrini yuritish orqali ular faoliyatiga oid elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish. Tashkiliy choralar 2021-2022 yillar Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, DXX, Mudofaa vazirligi, ETRM
14. Sud-ekspertlik sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish, shu jumladan aholiga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazishga qaratilgan sud-ekspertiza axborot portalini yaratish. Tashkiliy choralar 2021-2022 yillar Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, ETRM
15. Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasalarga o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha sud-ekspertlik tadqiqotlarini o‘tkazish huquqini berish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022 yil may Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM
III. Sud-ekspertlik xizmatining ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan uslubiyot va reglamentlarini takomillashtirish hamda sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy etish
16. Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2021 yil avgust Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM, manfaatdor vazirlik va idoralar
17. Sud-ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qo‘llanmalarni tanqidiy ko‘rib chiqish va amaliyotni uyg‘unlashtirish maqsadida tizimlashtirish. Chora-tadbirlar dasturi 2021 — 2023 yillar Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, DXX
18. RSEMda sud ekspertizasi mutaxassisligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish bo‘yicha alohida Kengash faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Tashkiliy-chora tadbirlar 2022 yil aprel Adliya vazirligi, OAK, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, ETRM
19. Sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini yanada takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish. Tashkiliy-chora tadbirlar dastur asosida 2021-2022 yillar Adliya vazirligi, OAK, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi
20. Davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan sudlarga va huquqni muhofaza qilish organlariga metodik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan ular uchun sud ekspertizalarini tayinlash va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha amaliy qo‘llanmalar va boshqa adabiyotlar nashr qilish. Tashkiliy-chora tadbirlar dastur asosida 2021-2022 yillar Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM
21. Adliya organlari tomonidan aniq ish reja asosida sud-ekspertlik sohasidagi muammolarni kompleks o‘rganish va ularni tizimli hal qilish yuzasidan aniq, chuqur, ilmiy asoslangan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlar ishlab chiqish choralarini ko‘rish. Tashkiliy-chora tadbirlar dastur asosida 2021-2022 yillar Adliya vazirligi
22. Sud-ekspertlik sohasidagi mavjud uslubiyotlarni tanqidiy ko‘rib chiqish orqali xalqaro standartlarga va talablarga moslashtirish. Chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2021-2022 yillar Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
23. Sud-ekspertlik faoliyatining dolzarb muammolarini tadqiq qilish bo‘yicha aniq reja-grafik asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish. Chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2021 — 2023 yillar Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi
24. Sud ekspertizasi va kriminalistika sohasida yangi avlod darsliklarini olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy olimlarni jalb etgan holda tayyorlash. Tashkiliy chora-tadbirlar dastur asosida 2021-2022 yillar TDYuU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi
25. Sud ekspertizasi va kriminalistika atamalariga oid lug‘at yaratish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021 yil dekabr TDYuU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi
26. «O‘zbekiston sud-ekspertizasi» elektron ilmiy jurnalini tashkil etish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021 yil oktabr RSEM, TDYuU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi
27. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslar, jinoyatchilar qoldirgan biologik izlar, tanib olinmagan murdalar, bedarak yo‘qolgan shaxslar bo‘yicha genomga oid axborotning yagona ma’lumotlar bazasini yaratishga doir tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish. Tashkiliy chora-tadbirlar dastur asosida 2021 — 2023 yillar IIV, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, DXX
IV. Sud-ekspertlik xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda sud ekspertlarni tayyorlashning samarali tizimini yaratish
28. Sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlashda oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq bakalavr yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari bo‘yicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021 yil avgust Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM
29. RSEMda professor-o‘qituvchilar doimiy faoliyat yuritadigan o‘quv kafedralarini tashkil qilish orqali ekspertlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini yaxshilash. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022 yil iyul Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV
30. Sohaga innovatsion o‘qitish uslublari va shakllarini keng joriy etish orqali davlat va nodavlat sud ekspertlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini takomillashtirish, shuningdek, kredit-modul tizimi asosida sud ekspertlarining malakasini oshirish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022 yil iyul Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV
31. Sud ekspertlarini ishdan ajralmagan holda hamda ularning ish joyida kasbiy malakasini oshirish tizimini joriy qilish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022 yil iyul Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, ETRM
32. Sud ekspertlarining kasbiy bilim va malakalarini oshirishda xorijiy sud-ekspertlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, bunda har yili kamida 10 nafar sud ekspertlarining grant mablag‘lari hisobidan xorijiy davlatlarda malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini yo‘lga qo‘yish. Chora-tadbirlar dasturi dastur asosida Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, ETRM
33. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda sud xodimlari uchun sud ekspertizalarini o‘tkazishga zarur bo‘lgan tadqiqot ob’ektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari to‘g‘risida doimiy ravishda manzilli o‘quv seminarlar (vebinarlar)ni tashkil qilib borish. Chora-tadbirlar dasturi dastur asosida Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi, ETRM
34. Malaka oshirish jarayonlariga xorijiy davlatlarning sud-ekspertlik sohasidagi mutaxassislarini ma’ruzachi va o‘qituvchi sifatida keng jalb etish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021 — 2023 yillar Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy sud, IIV
35. Ekspertiza muassasalarida kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, xodimlar tomonidan doimiy ravishda o‘z kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirib borishini qo‘llab quvvatlash maqsadida ilmiy darajaga ega bo‘lgan kadrlar uchun tegishli shart-sharoitlar va moliyaviy imkoniyatlar yaratish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022 yil avgust Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, IIV
V. Nodavlat sud-ekspertiza institutini rivojlantirish
36. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari va xususiy ekspertlarining birlashmasini tashkil qilish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022 yil sentabr Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi
37. Nodavlat sud ekspertlarining kasbiy layoqatliligi hamda o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifatini monitoring qilib borish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022 yil sentabr Adliya vazirligi
38. Yakka tartibda nodavlat sud-ekspertiza faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy ekspertlar institutini joriy etish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022 yil may Adliya vazirligi
VI. Sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
39. Sud-ekspertiza muassasalarining Osiyo tarmog‘i (Aziatskaya set uchrejdeniy sudebnoy ekspertizы (Asian Forensic Sciences Network — AFSN)ga a’zo bo‘lish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021 — 2023 yillar Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi
40. Sud-ekspertlik faoliyatining eng dolzarb muammolari tahlili asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni, shu jumladan milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish dasturini ishlab chiqish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021 — 2023 yillar Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi
41. Xorijiy yetakchi sud-ekspertiza, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar bilan xalqaro hujjatlar tuzish, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021 — 2023 yillar Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, DXX, ETRM
42. Xalqaro ekspertlar ishtirokida mamlakatimiz sud ekspertlari uchun xorijiy amaliyot, seminar va o‘quv kurslarini tashkil etish ishlarini kuchaytirish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021 — 2023 yillar Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, DXX, ETRM
43. O‘zbekiston Respublikasi sud-ekspertiza muassasalari va tashkilotlari tomonidan xorijiy tashkilot va chet el fuqarolari uchun sud-ekspertiza imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida, ularga xizmat ko‘rsatish tartibini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihalari 2022 yil sentabr Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, RSEM
44. Sud ekspertlarining xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda, jumladan Jahon sud ekspertlari assotsiatsiyasi (IAFS) shafeligida o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarda muntazam ishtirok etishini tashkil qilish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021 — 2023 yillar Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi
45. Sud-ekspertiza muassasalari faoliyatiga davlatlararo va xalqaro standartlarni joriy qilish maqsadida amaldagi qonunchilikka muvofiq texnik qo‘mita tashkil qilish va Davlatlararo hamda xalqaro texnik qo‘mitalarga a’zo bo‘lish va ular faoliyatini ishtirokini ta’minlash. Chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2021-2022 yillar Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, DXX, ETRM, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
VII. Sud-ekspertlik xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
46. Davlat sud-ekspertiza muassasalarini ISO/IEC 17025 xalqaro standarti talablariga javob beradigan bino va inshootlar bilan ta’minlash. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022 yil avgust Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
47. Dasturiy ta’minotlar, reaktivlar, reagentlar, sarflash materiallari hamda asbob-uskunalar va jihozlar xaridi bo‘yicha yillik dasturni amalga oshirish. Tashkiliy chora-tadbirlar Dastur asosida 2022-2023 yillar Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, Tashqi ishlar vazirligi
48. Davlat sud-ekspertiza tashkilotlarini o‘rnatilgan tartibda yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021 yil dekabr Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, manfaatdor vazirlik va idoralar
49. Davlat sud-ekspertiza muassasalari xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish. Tashkiliy chora-tadbirlar Dastur asosida 2022-2023 yillar Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
50. Ekspertiza tadqiqotlarini sifatli va belgilangan muddatlarda o‘tkazish maqsadida ko‘chma laboratoriyalar bilan jihozlash. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022-2023 yillar IIV, Adliya vazirligi, DXX, ETRM, Sog‘liqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
51. Yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratish orqali davlat-xususiy sheriklik asosida davlat sud-ekspertiza muassasalari xodimlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021-2022 yillar Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Izoh.

  1. Huquqiy munosabatlarning predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqib, tadbirlarni amalga oshirish shakllari o‘zgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy aktlar va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.
  2. Ikki va undan ko‘p bandlar birlashtirilganda, ijro muddati sifatida birlashayotgan bandlar uchun ko‘rsatilgan eng kechki muddat belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son Farmoniga
3-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha kengash

TARKIBI

Oldingi tahrirga qarang.

R.K. Davletov—adliya vaziri, Kengash raisi

lavozimiga ko‘ra—adliya vazirining birinchi o‘rinbosari, Kengash raisi o‘rinbosari

I.A. Qutbiddinov—O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

A.Yu. Mavlanov—Bosh prokuror o‘rinbosariI.T. Muslimov—Oliy sud raisi o‘rinbosari

Ya.A. Abdulxakov—ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

H.A. Qarshiev—mudofaa vaziri o‘rinbosari

U.Yu. Sabirov—sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari

S.M. Buzrukxonov—oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari

Sh.U.Turdikulova—innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari

J.N.Shukurov—Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori o‘rinbosari

lavozimiga ko‘ra—Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i,

Kengash kotibi

Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan mas’ul shaxslar kiritiladi.

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022 y., 06/22/89/0227-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son Farmoniga
4-ILOVA

2021 — 2025 yillarda joriy etiladigan ekspertiza va tadqiqot turlari

RO‘YXATI

Oldingi tahrirga qarang.

T/r Ekspertiza va tadqiqotlar turlari Mas’ul tashkilot va muassasa nomi Ijro muddati
1. Sud-soliq ekspertizasi RSEM, Bank-moliya akademiyasi dastur asosida 2021 yil
2. Oziq-ovqat mahsulotlarini baholash ekspertizasi RSEM, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
3. Radiotexnika ekspertizasi RSEM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dastur asosida 2022-2023 yillar
4. Sovuq qurollarning kriminalistik ekspertizasi RSEM, IIV Akademiyasi
5. Bank sohasida boy berilgan foydani aniqlash tadqiqoti RSEM, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Bank-moliya akademiyasi
6. Sud psixologik-filiologik ekspertiza tadqiqoti RSEM, O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
7. Intellektual mulk sohasida sud iqtisodiy ekspertizasi RSEM dastur asosida 2023-2024 yillar
8. Audiovizual va dasturiy mahsulotlarning sud tovarshunos ekspertizasi RSEM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
9. Dendrologiya ekspertizasi RSEM, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti
10. Gaz va elektr texnika ob’ektlarining portlash texnik ekspertizasi RSEM, IIV EKBM, FVV Akademiyasi dastur asosida 2023-2024 yillar
11. Bino va inshootlarning texnik holatini aniqlash RSEM, Toshkent arxitektura-qurilish instituti
12. Psixofiziologik ekspertizasi RSEM, O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti
13. Videotexnika ekspertizasi RSEM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
14. Fototexnika ekspertizasi RSEM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
15. Parfyumeriya sanoati mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash tadqiqoti RSEM, Toshkent kimyo-texnologiya instituti dastur asosida 2024-2025 yillar
16. Qurilish mollarining tadqiqoti RSEM, Toshkent arxitektura-qurilish instituti
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022 y., 06/22/89/0227-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son Farmoniga
5-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5843-son Farmonining 8-bandi «a» kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi «davlat organlari va tashkilotlarining» so‘zlaridan keyin «(Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi va ularning tizimidagi tashkilotlar bundan mustasno)» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi «Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4125-son qarorida:
  3. a) 2-bandda:

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

«sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari bo‘yicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishi mumkin»;

to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

  1. b) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2021 y., 06/21/6256/0636-son; 18.03.2022 y., 06/22/89/0227-son)
Skip to content