O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini jadal rivojlantirish, nodavlat tashkilotlar tomonidan sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini shakllantirish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini tashkil etishga ruxsat berish va ularga 1-ilovadagi ro‘yxatga muvofiq sud ekspertizalarining ayrim turlarini o‘tkazish huquqini berish haqidagi taklifi ma’qullansin.
- Belgilab qo‘yilsinki:
1.05.00.00.00 Меҳнат ва аҳолининг бандлиги тўғрисидаги қонунчилик / 05.08.00.00 Касбий тайёргарлик, малака ошириш ва қайта тайёрлаш;
2.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.01.00.00 Таълим / 13.01.32.00 Малака ошириш. Қайта тайёрлаш]
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini pullik asosda 2-ilovaga muvofiq davlat muassasalarida o‘taydilar;
sud ekspertizasi sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tamomlagan shaxslarga ularning kasbiy layoqatini va sud ekspertlariga tegishli ixtisoslik bo‘yicha qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sud eksperti sertifikati beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari bo‘yicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishi mumkin;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2021 y., 06/21/6256/0636-son)
sud eksperti sertifikatini olgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan Yagona reestrga kiritiladi;
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud eksperti tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda sud eksperti sertifikatini olmasdan turib sud ekspertizasi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertizasini o‘tkazishda davlat sud-ekspertiza muassasalari kabi funksiyalarni amalga oshiradi, ular kabi huquqqa ega bo‘ladi, majburiyatlarni bajaradi va javobgar hisoblanadi;
sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan sud ekspertizasi xulosasiga qo‘shilmagan taqdirda, takroriy sud ekspertizasi faqat davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan uning rasmiy veb-saytida belgilangan tartibda joylashtiriladigan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari reytingi yuritiladi.
- 2019-2020 yillarda sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan pullik xizmatlar ko‘rsatishdan kelib tushadigan va boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan Markazning yangi bo‘linmalarini tashkil etish va qo‘shimcha shtatlar birligini joriy qilish;
Markaz tomonidan bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha tariflar, narxlar va qiymatlarni mustaqil ravishda belgilash huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2021 y., 06/21/6256/0636-son)
- Belgilab qo‘yilsinki:
Markaz xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsientlari bir yarim barobar miqdorda qo‘llaniladi;
ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Markazga ko‘rsatilgan pullik xizmatlardan Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasiga tushadigan mablag‘larning 50 foizigacha bo‘lgan qismini Markaz xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlari uchun yo‘naltirishga ruxsat berilsin.
- Ilmiy tadqiqotlar natijalarini sud-ekspertlik faoliyatiga tatbiq etish, sud ekspertizalarini o‘tkazish uslubiyotini takomillashtirish, davlat sud-ekspertiza muassasalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim muassasalari Markazning tegishli bo‘lim va laboratoriyalariga 4-ilovaga muvofiq biriktirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Markazga malakali mutaxassislar orasidan sud ekspertlarini tanlab olishda ko‘maklashsin.
- Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 martga qadar Markazning ixtisoslashtirilgan yangi binosi belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinishini ta’minlasin.
- Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar xodimlari sud ekspertining mustaqilligi tamoyillariga so‘zsiz rioya qilishlari hamda sud ekspertlarining professional faoliyatiga har qanday ko‘rinishlarda, shu jumladan ortiqcha byurokratik sansalorlik holatlarini yuzaga keltirish va asossiz chaqiruvlar orqali ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymaslik haqida qat’iy ogohlantirilsin.
- Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019 yil 17 yanvar,
PQ-4125-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4125-son qaroriga
1-ILOVA
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan o‘tkazilishiga ruxsat berilgan sud ekspertizalari turlarining
RO‘YXATI
T/r | Ekspertiza turlari |
1. | Sud-xatshunoslik ekspertizasi |
2. | Hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizasi |
3. | Sud-san’atshunoslik ekspertizasi |
4. | Sud-portret ekspertizasi |
5. | Sud-trasologik ekspertizasi |
6. | Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi |
7. | Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi |
8. | Lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalarining sud ekspertizasi |
9. | Sud-tuproqshunoslik ekspertizasi |
10. | Neft mahsulotlari va yoqilg‘i-moylash materiallarining sud ekspertizasi |
11. | Tabiiy minerallar sud ekspertizasi |
12. | Shisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasi |
13. | Metall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasi |
14. | Dori vositalarining sud ekspertizasi |
15. | Tabiati noma’lum moddalarning sud ekspertizasi |
16. | Tarkibida spirt bo‘lgan suyuqliklar va ularning izlari sud ekspertizasi |
17. | Maxsus markerlar (ko‘rsatkichlar) sud ekspertizasi |
18. | Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi |
19. | Sud-biologik ekspertizasi |
20. | Sud-botanik ekspertizasi |
21. | Sud-zoologik ekspertizasi |
22. | Sud-ornitologiya ekspertizasi |
23. | Sud-ixtiologik ekspertizasi |
24. | Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi |
25. | Sud-transport-trasologiya ekspertizasi |
26. | Sud-transport-baholash ekspertizasi |
27. | Sud-iqtisodiy ekspertizasi |
28. | Sud-buxgalteriya ekspertizasi |
29. | Sud-moliya-kredit ekspertizasi |
30. | Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi |
31. | Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi |
32. | Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi |
33. | Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi |
34. | Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasi |
35. | Sud-yer ekspertizasi |
36. | Sud-tovarshunoslik ekspertizasi |
37. | Sud-fonografiya ekspertizasi |
38. | Videomateriallarning sud ekspertizasi |
39. | Sud-ekologik ekspertizasi |
40. | Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi |
41. | Sud-filologik ekspertizasi |
42. | Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi |
43. | Sud-psixologik ekspertizasi |
44. | Sud-elektrotexnikaviy ekspertizasi |
Izoh: nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari mazkur Ro‘yxat bilan tasdiqlangan sud ekspertizalari turlari bo‘yicha komissiyaviy va kompleks sud ekspertizalarni o‘tkazishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4125-son qaroriga
2-ILOVA
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladigan davlat muassasalarining
RO‘YXATI
T/r | Muassasalar | Ekspertiza turlari |
1. | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi | Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi |
Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi | ||
Lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalarining sud ekspertizasi | ||
Sud-tuproqshunoslik ekspertizasi | ||
Neft mahsulotlari va yoqilg‘i-moylash materiallarining sud ekspertizasi | ||
Tabiiy minerallar sud ekspertizasi | ||
Shisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasi | ||
Metall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasi | ||
Dori vositalarining sud ekspertizasi | ||
Tabiati noma’lum moddalarning sud ekspertizasi | ||
Tarkibida spirt bo‘lgan suyuqliklar va ular izlarining sud ekspertizasi | ||
Maxsus markerlar (ko‘rsatkichlar) sud ekspertizasi | ||
Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi | ||
Sud-biologik ekspertizasi | ||
Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi | ||
Sud-transport-trasologiya ekspertizasi | ||
Sud-transport-baholash ekspertizasi | ||
Sud-iqtisodiy ekspertizasi | ||
Sud-buxgalteriya ekspertizasi | ||
Sud-moliya-kredit ekspertizasi | ||
Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi | ||
Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi | ||
Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi | ||
Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi | ||
Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasi | ||
Sud-yer ekspertizasi | ||
Sud-tovarshunoslik ekspertizasi | ||
Sud-fonografiya ekspertizasi | ||
Videomateriallarning sud ekspertizasi | ||
Sud-ekologik ekspertizasi | ||
Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi | ||
Sud-filologik ekspertizasi | ||
Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi | ||
Sud-psixologik ekspertizasi | ||
Sud-elektrotexnikaviy ekspertizasi | ||
2. | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi,
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi |
Sud-xatshunoslik ekspertizasi |
Hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizasi | ||
Sud-trasologik ekspertizasi | ||
3. | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi | Sud-portret ekspertizasi |
4. | Fanlar Akademiyasi Botanika instituti | Sud-botanik ekspertizasi |
5. | Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti | Sud-zoologik ekspertizasi |
Sud-ornitologiya ekspertizasi | ||
Sud-ixtiologik ekspertizasi | ||
6. | O‘zbekiston Badiiy akademiyasi | Sud-san’atshunoslik ekspertizasi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4125-son qaroriga
3-ILOVA
2019-2020 yillarda sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha
«YO‘L XARITASI»
T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
I. Sud-ekspertiza xizmatlari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish | ||||
1. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi «Sud ekspertizasi to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqish:
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini o‘tkazish; affillangan shaxs (mulkdor, ta’sischi, kuzatuv kengashi, ijro organi a’zosi, kreditor, sug‘urtalovchi, mulkiy manfaatdor shaxs va boshqalar) bo‘lgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, shuningdek, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining qonunda belgilangan tartibda sud eksperti sertifikatini olmagan sud eksperti tomonidan sud ekspertizalari o‘tkazilishini taqiqlash. |
qonun
loyihasi |
2019 yil
may |
Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi |
2. | O‘zbekiston Respublikasining «Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida»gi Qonuni o‘z kuchini yo‘qotganligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va ushbu tartibni Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlash. | normativ-huquqiy hujjatlar | 2019 yil iyun | Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi |
3. | Quyidagilar to‘g‘risidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqish:
ixtisoslashtirilgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi; sud ekspertlarini qayta tayyorlash tartibi; tegishli ixtisoslik bo‘yicha sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning Yagona reestrini yuritish tartibi. |
Vazirlar Mahkamasining qarori | 2019 yil iyul | Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi, Moliya vazirligi |
4. | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi o‘rinlarda — RSEM) xodimlar umumiy cheklangan soni 177 nafarni, shu jumladan boshqaruv xodimlarining soni 49 nafarni tashkil etgan yangilangan tuzilmasini tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 2019 yil fevral | Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi |
5. | Qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni kiritish. | normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2019 yil
may |
Adliya vazirligi, RSEM |
II. Sud-ekspertlik amaliyotiga yangi innovatsion ishlanmalarni joriy etish, sud ekspertizalarining turlarini kengaytirish, ularning sifati va ishonchliligini oshirish | ||||
6. | RSEM laboratoriyalarini «Tadqiqot va kalibrovka laboratoriyalarining vakolatliliga qo‘yiladigan umumiy talablar» ISO/IEC 17025 xalqaro standartiga muvofiq akkreditatsiya qilish. | chora-tadbirlar dasturi | dastur asosida 2019-2020 yillar | Adliya vazirligi, «O‘zstandart» agentligi |
7. | Markazda quyidagi yangi ekspertiza tadqiqotlari turlarini joriy qilish:
sud-psixologik ekspertizasi; sud-elektrotexnika ekspertizasi; oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi. |
chora-tadbirlar dasturi | dastur asosida 2019-2020 yillar | RSEM, Fanlar Akademiyasi |
8. | Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda sud xodimlari uchun sud ekspertizalarini o‘tkazishga zarur bo‘lgan tadqiqot ob’ektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari to‘g‘risida hududiy seminarlarni o‘tkazish. | chora-tadbirlar dasturi | dastur asosida 2019-2020 yillar | Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi |
9. | Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudyalar, advokatlar uchun sud ekspertizasi xulosasining xolisligi, ilmiy asoslanganligi va qonuniyligini baholash bo‘yicha misollarni kiritgan holda turli sohalardagi sud ekspertizalari xulosalari namunalari aks etgan o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash. | o‘quv qo‘llanma | 2019 yil sentabr | RSEM,TDYuU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi, Advokatlar palatasi |
10. | Sud-ekspertlik faoliyatining eng dolzarb muammolari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni, shu jumladan milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish dasturini tasdiqlash. | qo‘shma qaror | 2019 yil iyul | Adliya vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
11. | Sud-ekspertlik faoliyati bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish uchun zarur dasturiy mahsulotlar (ma’lumotlar bazalari), xususan «West Law», «Lexis Nexis» va boshqa xalqaro ma’lumot-huquqiy tizimlarini xarid qilish va kelgusida yangilab borish. | chora-tadbirlar dasturi | dastur asosida 2019-2020 yillar | Adliya vazirligi |
12. | Axborot-resurs markazi fondini ixtisoslashtirilgan o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan yangilash, shu jumladan sud ekspertizasi sohasidagi xorijiy axborot-tahliliy davriy nashrlarga muntazam obuna bo‘lishni ta’minlash. | chora-tadbirlar dasturi | dastur asosida 2019-2020 yillar | Adliya vazirligi |
13. | RSEMni «Elektron ta’lim» milliy tarmog‘i, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron axborot-kutubxona fondi va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash. | chora-tadbirlar dasturi | dastur asosida 2019-2020 yillar | Adliya vaziriligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi |
14. | Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, ish staji, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlar asosida baholashning reyting tizimini joriy qilish. | adliya vazirining buyrug‘i | 2019 yil iyun | Adliya vazirligi |
15. | Quyidagi tadqiqotlar bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatishning yangi turlarini joriy etish:
Y-xromosoma bo‘yicha populyatsion kelib chiqishni aniqlash; odamning turli kasalliklarga genetik moyilligini aniqlash; turli oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash. |
chora-tadbirlar dasturi | dastur asosida 2019-2020 yillar | Adliya vazirligi |
16. | Davlat sud ekspertiza muassasalari va tegishli davlat organlari ekspert bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladigan bir xildagi sud ekspertizalarini aniqlash va ularni o‘tkazish bo‘yicha yagona idoralararo uslubiyotni tasdiqlash. | metodik ko‘rsatmalar | 2019 yil aprel | Adliya vazirligi,
IIV, manfaatdor idoralar |
III. RSEMning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sud-ekspertlik faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish | ||||
17. | RSEMning yangi ixtisoslashgan binosi qurilishini texnik topshiriq va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq «tayyor holda topshirish» shartlarida, shu jumladan quyidagilarni ta’minlagan holda yakunlash:
elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, aloqaning tashqi tarmoqlari va binoning boshqa infratuzilmasini qurish; tutash hududlarni (mahalliy budjet hisobidan) obodonlashtirish. |
qabul qilish dalolatnomasi | 2019 yil mart | Adliya vazirligi, Toshkent shahar hokimi apparati |
18. | RSEMning yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash. | chora-tadbirlar dasturi | dastur asosida
2019-2020 yillar |
Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi |
19. | RSEM rasmiy veb-saytini modernizatsiya qilish va turli ijtimoiy tarmoqlarda, shu jumladan «Facebook»da RSEMning rasmiy sahifasini ochish. | chora-tadbirlar dasturi | dastur asosida
2019 yil |
RSEM |
20. | Sud-ekspertiza muassasalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari va kompyuter dasturlari, elektron ma’lumotlar bazalarini joriy etish:
sud ekspertlarining avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarini tashkil etish; ekspert xulosalarini ro‘yxatga olish va buyurtmachilarga yuborish, shuningdek, sud ekspertlarining qo‘shimcha materiallar taqdim etilishini so‘rab kiritgan iltimosnomalarini yuborish va ularni taqdim qilish muddatlarini qisqartirish maqsadida idoralararo elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish; ko‘rilayotgan ish natijasidan manfaatdor bo‘lgan tomonlardan birining yoki boshqa shaxslarning foydasiga xulosa olish uchun sud ekspertiga ta’sir ko‘rsatish holatlari, shuningdek, sud eksperti tomonidan korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tadqiqot ob’ektlarini shifrlash (kodlash) tizimini to‘liq joriy etish; sud ekspertizalarini o‘tkazish ketma-ketligi, shuningdek, ularning muddatini to‘xtatish va uzaytirishni nazorat qilish imkoniyati. |
chora-tadbirlar dasturi | dastur asosida
2019-2020 yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura |
21. | RSEMni maxsus mebel, sud ekspertizalar va kriminalistik tadqiqotlarni o‘tkazish uchun zarur zamonaviy uskunalar bilan 2019-2020 yillarda ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlash. | chora-tadbirlar dasturi | dastur asosida
2019-2020 yillar |
Adliya vazirligi,
Moliya vazirligi |
IV. Ixtisoslashtirilgan nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarini rivojlantirish | ||||
22. | Ixtisoslashtirilgan nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarini tashkil etish, shuningdek, RSEMni rivojlantirish uchun xususiy kapital, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalasini ishlab chiqish. | chora-tadbirlar dasturi | dastur asosida
2019-2020 yillar |
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Adliya vazirligi |
23. | OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar orqali zamonaviy sud ekspertizasining imkoniyatlari to‘g‘risida keng reklama va targ‘ibot kampaniyalarini o‘tkazish. | chora-tadbirlar dasturi | doimiy asosda | Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, MTRK, EOAVMA |
V. Sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | ||||
24. | Butunjahon sud ekspertlari assotsiatsiyasiga (IAFS) a’zo bo‘lish masalasini ishlab chiqish. | chora-tadbirlar dasturi | dastur asosida
2019-2020 yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
25. | RSEMning xalqaro hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish:
yetakchi sud-ekspertiza, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, o‘zaro hamkorlik bitimlari tuzish, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish; RSEM sud ekspertlarining malakasini oshirish jarayonida yetakchi xorijiy mutaxassislarning ishtirokini ta’minlash maqsadida ularni jalb qilish amaliyotini joriy etish; RSEM sud ekspertlarini xorijiy mamlakatlarning sud-ekspertiza muassasalarida stajirovka o‘tashlari, shuningdek, sud-ekspertlik faoliyatining dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy forumlarda muntazam ishtirok etishlarini tashkil qilish. |
chora-tadbirlar dasturi | dastur asosida
2019-2020 yillar |
Adliya vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, |
Izoh.
-
Huquqiy munosabatlarning predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqib, tadbirlarni amalga oshirish shakllari o‘zgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy aktlar va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.
-
Ikki va undan ko‘p bandlar birlashtirilganda, ijro muddati sifatida birlashayotgan bandlar uchun ko‘rsatilgan eng kechki muddat belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4125-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining tegishli bo‘lim va laboratoriyalariga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim muassasalarining
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
T/r | Muassasalar | Ekspertizalar turlari | Markazning bo‘lim va laboratoriyalari |
1. | Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti | Mikrozarralarning sud ekspertizasi | Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi |
Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi | |||
2. | Toshkent davlat agrar universiteti | Sud-tuproqshunoslik ekspertizasi | |
3. | O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti | Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi | |
4. | Toshkent kimyo texnologiyalari instituti | Lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalarining sud ekspertizasi |
|
Neft mahsulotlari va yoqilg‘i-moylash materiallarining sud ekspertizasi | |||
Tarkibida spirt bo‘lgan suyuqliklar va ular izlarining sud ekspertizasi | |||
Shisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasi | |||
Metall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasi | |||
5. | Toshkent farmasevtika instituti | Dori vositalarining sud ekspertizasi | |
6. | O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti | Tabiati noma’lum moddalarning sud ekspertizasi | |
7. | M. Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti | Zaharli ximikatlar va og‘ir metallar tuzlarining sud ekspertizasi | |
Tabiiy minerallar sud ekspertizasi | |||
Maxsus markerlar (ko‘rsatkichlar) sud ekspertizasi | |||
Sud-biologik ekspertizasi | |||
Sud-ekologik ekspertizasi | |||
8. | O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti | Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi | |
9. | O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi | Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi | Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi |
10. | Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti | Sud-avtotexnikaviy ekspertizasi | Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi |
Sud-yo‘l-transport ekspertizasi | |||
Sud-transport-trasologiya ekspertizasi | |||
11. | O‘zbekiston Respublikasi Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi | Sud-transport-baholash ekspertizasi | |
12. | Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti | Sud-iqtisodiy ekspertizasi | Sud-iqtisodiy ekspertizasi bo‘limi |
Sud-buxgalteriya ekspertizasi | |||
Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi | |||
Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi | |||
Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi | |||
Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi | |||
13. | Bank-moliya akademiyasi | Sud-moliya-kredit ekspertizasi | |
14. | Toshkent arxitektura-qurilish instituti | Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasi | Sud-qurilish-texnik ekspertizasi bo‘limi |
Sud-yer ekspertizasi | |||
15. | Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi | Sud-yong‘in-texnik ekspertizasi | Yong‘in-texnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi |
16. | Toshkent davlat texnika universiteti | Sud-elektrotexnikaviy ekspertizasi | |
17. | Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti | Sud-tovarshunoslik ekspertizasi | Tovarshunoslik ekspertizasi bo‘limi |
18. | Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti | Sud-fonografiya ekspertizasi | Sud-fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi |
Videomateriallarning sud ekspertizasi | |||
19. | M. Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti | Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi | Nutqshunoslik va psixologik ekspertizasi bo‘limi |
Sud-psixologik ekspertizasi | |||
20. | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti | Sud-filologik ekspertizasi | |
21. | Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti | Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi | Kompyuter-texnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi |
22. | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi | Sud-xatshunoslik ekspertizasi | Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi |
Hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizasi | |||
23. | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi | Sud-trasologik ekspertizasi | Sud-ballistika va trasologiya ekspertizasi laboratoriyasi |
Sud-daktiloskopik ekspertizasi | |||
Sud-portret ekspertizasi |
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 fevraldagi PF-6176-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021 y., 06/21/6176/0156-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2019 y., 07/19/4125/2510-son; 24.02.2021 y., 06/21/6176/0156-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2021 y., 06/21/6256/0636-son)