O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRINING
buyrug‘i
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRLIGINING SUD EKSPERTIZA MUASSASALARIDA SUD EKSPERTIZASINI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011 yil 2 martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2202]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 5 yanvardagi 5-son «Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011 y., 1-2-son, 7-modda) muvofiq buyuraman:
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reestriga tegishli yozuv kiritilsin.
- Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriev) hamda Huquqiy targ‘ibot va huquqiy ta’lim boshqarmasi (A. Ochilov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va «O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami» — «Sobranie zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan»da nashr etilishini ta’minlasin.
- Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
- Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2011 yil 2 mart,
53-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011 yil 2 martdagi 53-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
YO‘RIQNOMA
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida (bundan buyon matnda ekspertiza muassasasi deb yuritiladi) sud ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022 yil 5 oktabrdagi 21-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2202-5, 05.10.2022 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022 y., 10/22/2202-5/0895-son)
1.Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
- Ekspertiza muassasasida sud ekspertizasi fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat ishlari (shu jumladan, tergovga qadar tekshiruv materiallari), ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning qarori, sud ajrimi asosida o‘tkaziladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 17 oktabrdagi 340-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2202-2, 17.10.2017 y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017 y.)
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida yoki sud muhokamasi jarayonida ekspertiza muassasasi tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza o‘tkazilishi mumkin.
Ekspertiza muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqotlar ro‘yxatiga asosan shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, tadqiqotlar o‘tkazilishi va uning natijalariga ko‘ra mutaxassis fikri berilishi mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022 yil 5 oktabrdagi 21-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2202-5, 05.10.2022 y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022 y., 10/22/2202-5/0895-son)
- Ekspertiza muassasasida sud ekspertizasining quyidagi turlari o‘tkaziladi:
Oldingi tahrirga qarang.
sud xatshunoslik ekspertizasi, hujjatlarning texnikaviy-kriminalistik ekspertizasi, sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi, sud-filologik ekspertizasi, izshunoslik ekspertizasi, yo‘q qilingan markirovka belgilarini tiklash ekspertizasi, sud ballistik ekspertizasi, portlovchi moddalar ekspertizasi, materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi, shu jumladan, tolali materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi, lok-bo‘yoq materiallar va qoplamalar ekspertizasi, neft mahsulotlari va yonilg‘i-moylash materiallari ekspertizasi, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ekspertizasi, dori-darmonlar ekspertizasi, tarkibida spirt bo‘lgan suyuqliklar ekspertizasi, metallar, qotishmalar va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi, shishalar va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi, plastmassa, rezina va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi, yelimli materiallar ekspertizasi, maxsus kukunlar va maxsus markerlar ekspertizasi, boshqa ob’ektlar, ular ichida tabiati noaniq bo‘lgan moddalarning kriminalistik ekspertizasi, sud tuproqshunoslik ekspertizasi, oziq-ovqat mahsulotlarining ekspertizasi, sud-biologik ekspertizasi, odam DNKning sud-biologik ekspertizasi, sud-ekologik ekspertizasi, sud-avtotexnika ekspertizasi, transport-izshunoslik ekspertizasi, transport vositalarini va ularning qismlarini baholash ekspertizasi, yong‘in-texnikaviy ekspertiza, sud-iqtisodiy ekspertiza, sud-tovarshunoslik ekspertizasi, sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi, sud-yer ekspertizasi, sud videofonografiya ekspertizasi, oziq-ovqatlar ekspertizasi, sud elektrotexnikaviy ekspertizasi, sud kompyuter-texnikaviy ekspertizasi, sud psixologiya ekspertizasi, sud avtomobil yo‘llar ekspertizasi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 2 dekabrdagi 22-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2202-4, 02.12.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2021 y., 10/21/2202-4/1136-son)
Ekspertiza muassasasida uning ixtisosligi bo‘yicha boshqa turdagi sud ekspertizalari ham o‘tkazilishi mumkin.
- Oliy ma’lumotga, alohida hollarda esa o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan, muayyan sud-ekspert ixtisosligi bo‘yicha keyingi tayyorgarlikdan o‘tgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 16 dekabrdagi 300-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekspertiza muassasasida sud ekspertizasini o‘tkazadi.
Ekspertiza muassasasida sud ekspertizasi boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs tomonidan ham o‘tkazilishi mumkin. Bunday xodimlar yoki jismoniy shaxslarni tanlash, ular tarkibini tasdiqlash hamda ularning faoliyat tartibini belgilash ekspertiza muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
- Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) bilan kelishmasdan boshqa shaxslarni sud ekspertizasini o‘tkazish uchun jalb qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud ekspertizasini o‘tkazishda ekspertning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi qonunchilik hujjatlari va ushbu Yo‘riqnoma bilan belgilanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son)
- Sud eksperti quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud ekspertizasi predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son)
sud ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va tekshirish ob’ektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish;
tergov harakatlari o‘tkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsati bilan hozir bo‘lish va shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga sud ekspertizasi predmetiga oid savollar berish;
sud muhokamasida sud ekspertizasi predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va so‘roq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish;
ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish;
o‘z xulosasida nafaqat o‘zining oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki sud ekspertizasi predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bayon etish;
uning xulosasi yoki ko‘rsatuvlari protsess ishtirokchilari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish;
agar u ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish;
agar uning huquq va erkinliklarini ishni yuritayotgan organning qarorlari, shaxsning harakatlari (harakatsizligi) buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud eksperti qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(5-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son)
- Sud eksperti:
sud eksperti sifatida o‘zini o‘zi rad etishi uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, bu haqda sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yoki ekspertiza muassasasining yoxud boshqa tashkilotning rahbariga darhol ma’lum qilishi;
o‘ziga taqdim etilgan tekshirish ob’ektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona xulosa berishi;
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning chaqiruviga binoan surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi;
o‘zi o‘tkazgan sud ekspertizasi xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi;
sud ekspertizasini o‘tkazishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi;
taqdim etilgan tekshirish ob’ektlari va ish materiallarining saqlanishini ta’minlashi;
ish tergov qilinayotganda va sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud eksperti zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(6-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son)
- Sud eksperti:
sud ekspertizasini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishning natijasidan o‘zining manfaatdor emasligini shubha ostiga qo‘yadigan masalalar yuzasidan protsess ishtirokchilari bilan shaxsiy aloqaga kirishishga;
sud ekspertizasini o‘tkazish uchun mustaqil ravishda materiallar to‘plashga;
o‘ziga topshirilgan sud ekspertizasini o‘tkazishga boshqa shaxslarni jalb qilishga;
sud ekspertizasi natijalarini sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) tashqari biron-bir shaxsga xabar qilishga;
Oldingi tahrirga qarang.
agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, ekspertiza muassasasi rahbaridan tashqari bevosita boshqa biron-bir organdan (shaxsdan) sud ekspertizasini o‘tkazish to‘g‘risida topshiriqlar qabul qilishga;
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son)
boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs sifatida sud ekspertizasini o‘tkazishga haqli emas.
Sud eksperti o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir va uning faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
- Jinoiy javobgarlikka olib kelmaydigan tarzda sud ekspertizasi o‘tkazish tartibini yoki shifrlash qoidalarini buzganligi va sud eksperti vazifalariga vijdonan munosabatda bo‘lmaganligi uchun ekspertiza muassasasining sud eksperti qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi, boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs bo‘lgan sud eksperti esa — sud ekspertizasi o‘tkazishga jalb qilinadigan shaxslar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
- Ekspertiza muassasasi rahbariga sud ekspertlik faoliyatini belgilovchi qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya qilgan xolda sud ekspertizasini yuqori ilmiy-texnik darajada bajarilishini ta’minlash vazifasi yuklatiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son)
Ekspertiza muassasasi rahbari:
agar ekspertiza muassasasida tekshirishlarni o‘tkazish uchun tegishli mutaxassislar yoki zarur moddiy-texnik baza yoxud maxsus sharoitlar bo‘lmasa, sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda sud ekspertizasini o‘tkazish uchun taqdim etilgan tekshirish ob’ektlari va ish materiallarini uch kunlik muddatda qaytarish;
sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga mazkur tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni, shu jumladan xorijiy davlatlarning mutaxassislarini, agar sud ekspertizasini o‘tkazish uchun ularning maxsus bilimlari zarur bo‘lsa, kiritish to‘g‘risida iltimos qilish;
qo‘yilgan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan tekshirishlarni o‘tkazishni o‘z kuchlari va vositalari bilan ta’minlayotgan tashkilotlarga sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimning ko‘chirma nusxasini yuborish;
ayrim vakolatlarini o‘zining o‘rinbosari, laboratoriya, bo‘lim va bo‘linmalar rahbarlariga yuklatish;
unga berilgan ekspertlik mutaxassisligiga muvofiq sud eksperti sifatida harakat qilish;
sud eksperti tuzilgan xulosadagi kamchiliklarni bartaraf qilishdan bosh tortsa, sud ekspertlari komissiyasi ishtirokida tadqiqot o‘tkazishni tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
tekshirish ob’ektlari sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan olinmagan taqdirda, ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida ushbu ekspertiza muassasasida saqlash, katta xavf tug‘diradigan ob’ektlarning mazkur ekspertiza muassasasiga kelib tushishi natijasidagi zararli oqibatlarni (portlash, yong‘in va shu kabilarni), agar sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) ushbu ob’ektlar bilan muomalada bo‘lishning unga ma’lum bo‘lgan maxsus qoidalari to‘g‘risida rahbarga xabar bermagan bo‘lsa yoki ular lozim darajada o‘ralmagan bo‘lsa, bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplashni sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) talab qilish huquqiga ega.
(9-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspertiza muassasasi rahbari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(9-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son)
- Ekspertiza muassasasi rahbari:
ekspertiza muassasasiga sud ekspertizasini o‘tkazish uchun yuborilgan materiallarni qabul qilish va ularning mazkur Yo‘riqnomaga muvofiqligini tekshirishi;
o‘rinbosari, tegishli laboratoriya, bo‘lim va bo‘linmalar rahbariga sud ekspertizasini o‘tkazishni tashkil qilish haqida yozma topshiriq berishi;
mazkur Yo‘riqnomaning 12-bandida belgilangan sud ekspertizasini o‘tkazish muddatlarini belgilashi va unga rioya etilishini nazorat qilishi;
sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim olinganidan so‘ng sud ekspertizasini o‘tkazishni qo‘yilgan savollarga javob berish uchun talab qilinadigan ko‘lamda maxsus bilimlarga ega bo‘lgan sud ekspertlariga yoki sud ekspertlari komissiyasiga topshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
tekshirish ob’ektlari sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan olinmagan taqdirda, ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida ushbu ekspertiza muassasasida saqlashni ta’minlashi;
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son)
sud ekspertini ishga qabul qilishda uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
tekshirish ob’ektlari sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan olinmagan taqdirda, ularni qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida ushbu ekspertiza muassasasida saqlashni ta’minlashi;
sud ekspertini bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirishi, undan tegishli tilxat olishi va mazkur tilxatni xulosa bilan birga sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuborishi;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘tkazilayotgan tekshirishlarning to‘liqligi, sifati va shifrlash qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni sud ekspertining mustaqilligi prinsipini buzmagan holda ta’minlashi;
(10-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 7 iyuldagi 174-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2202-1, 07.07.2017 y.) tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 27-son, 633-modda)
tekshirish tugaganidan so‘ng xulosani, tekshirish ob’ektlari va ish materiallarini sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuborishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspertiza muassasasi rahbari zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(10-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son)
- Ekspertiza muassasasi rahbari:
sud ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha tekshirish ob’ektlarini sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) qarori yoki ajrimisiz talab qilib olishga;
sud ekspertizasini o‘tkazish uchun ekspertiza muassasasida ishlamaydigan shaxslarni mustaqil ravishda jalb etishga;
sud ekspertiga muayyan sud ekspertizasi yuzasidan tekshirish jarayonini va fikrlar mazmunini oldindan belgilab qo‘yadigan ko‘rsatmalar berishga haqli emas.
- Sud ekspertizasini o‘tkazish muddatlari sud ekspertizasining murakkabligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘ttiz kun doirasida belgilanadi.
Ekspertiza muassasasi rahbari, uning o‘rinbosari, laboratoriya, bo‘lim va bo‘linma boshlig‘i tomonidan sud ekspertizasining hajmi va murakkabligiga, shuningdek, sud ekspertining ish hajmiga qarab:
kam ob’ektli va murakkab bo‘lmagan tekshiruv o‘tkazishga doir materiallar bo‘yicha o‘n kungacha;
ko‘p ob’ektli yoki murakkab tekshiruvlar o‘tkazishga doir materiallar bo‘yicha yigirma kungacha;
ko‘p ob’ektli va murakkab tekshiruvlar o‘tkazishga doir materiallar bo‘yicha o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatlarni belgilashi mumkin.
Sud ekspertizasini o‘tkazishni o‘ttiz kun mobaynida bajarish mumkin bo‘lmagan taqdirda ekspertiza muassasasi rahbari muddat o‘tishidan uch kun oldin asoslangan xulosa tuzadi va bu to‘g‘rida sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yozma ravishda xabar qiladi hamda ular bilan kelishgan holda qo‘shimcha muddatni belgilaydi.
Agar sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) bilan kelishgan holda sud ekspertizasini o‘tkazish uchun qo‘shimcha muddatni belgilashning imkoni bo‘lmasa, sud ekspertizasi o‘tkazilmasligi sabablari ko‘rsatilib, materiallar sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat so‘roviga ko‘ra sud ekspertizasini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan tadqiqotlarni o‘tkazish muddatlari ekspertiza muassasasi bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022 yil 5 oktabrdagi 21-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2202-5, 05.10.2022 y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022 y., 10/22/2202-5/0895-son)
- Sud ekspertizasini o‘tkazish muddatlari materiallar ekspertiza muassasasiga tushgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanadi va ular ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuborilgan kunda tugaydi.
Sud ekspertizasini o‘tkazish muddatlari quyidagi davrlarga to‘xtatib turiladi:
sud ekspertining sud ekspertizasiga taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi iltimosnomasini qondirish yoki iltimosnomani qondirishning rad etilishi to‘g‘risida javob olish;
sud ekspertizasini o‘tkazishni o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatda bajarish mumkin bo‘lmagan taqdirda uni o‘tkazish muddatlarini kelishib olish;
sud ekspertining boshqa sud ekspertizasini bajarishi munosabati bilan xizmat safarida bo‘lishi, uni bajarishni boshqa sud ekspertiga topshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda;
sud ekspertining vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi, sud ekspertizasini bajarishni boshqa sud ekspertiga topshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik hujjatlarida va ushbu Yo‘riqnomada nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish muddatlarini to‘xtatib turishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(13-bandning yettiinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son)
Sud ekspertizasini o‘tkazish muddatlari to‘xtatib qo‘yilganligi to‘g‘risida sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) darhol xabar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
- Ekspertiza muassasasida fuqarolik va iqtisodiy ishlari (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardan tashqari) bo‘yicha sud ekspertizasi o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish ish bo‘yicha tomonlarga yuklanadi va sud ekspertizasini o‘tkazish boshlangungacha to‘lanadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan xarajatlarga haq to‘lash miqdori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tariflar bo‘yicha belgilanadi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018 yil 31 oktabrdagi 508-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2202-3, 31.10.2018 y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2018 y., 10/18/2202-3/2139-son)
Sud ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar to‘lanmaganligi materiallarni sud ekspertizasi o‘tkazmasdan qaytarish uchun asos hisoblanadi.
- Sud ekspertizasi ekspertiza muassasasida va uning tashqarisida (sud majlisi zalida, voqea joyida va hokazo) o‘tkaziladi.
Ekspertiza muassasasida sud ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli buyrug‘i bilan aniqlanadigan xizmat ko‘rsatish mintaqalariga muvofiq o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud ekspertizasini tayinlagan va ekspertiza muassasasining xizmat ko‘rsatish mintaqasidan tashqarida joylashgan organlar (shaxslar) uchun sud ekspertizasi, istisno tariqasida, ushbu muassasa tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son)
2.Ekspertiza o‘tkazish uchun yuboriladigan materiallarni rasmiylashtirish
- Sud ekspertizasi faqat uni tayinlagan organ (shaxs) tomonidan, protsessual qonunga, ushbu Yo‘riqnomaga muvofiq rasmiylashtirilgan materiallar taqdim etilgan taqdirdagina o‘tkaziladi.
- Sud ekspertizasiga sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim), tekshirish ob’ektlari va ish materiallari, shuningdek tekshirishlarni o‘tkazish va xulosa berish uchun sud ekspertiga zarur bo‘lgan sud ekspertizasi predmetiga taalluqli ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlar taqdim etilishi kerak. Sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qarorlar (ajrimlar)ning faksimil va yorug‘ sezgir qog‘ozga ko‘chirilgan nusxalarini taqdim etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat so‘roviga orderning ko‘chirma nusxasi, sud ekspertizasi advokat so‘roviga ko‘ra tayinlanganda esa o‘rganish ob’ektlari va to‘laqonli ekspertiza o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ish materiallari ham ilova qilinadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022 yil 5 oktabrdagi 21-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2202-5, 05.10.2022 y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022 y., 10/22/2202-5/0895-son)
Oldingi tahrirga qarang.
- 171. Sud ekspertlarining mustaqilligini va sud-ekspert tekshirishlarining xolisligini ta’minlash, shu jumladan korrupsiyaviy omillar kelib chiqishini hamda sud ekspertlarining manfaatdor shaxslar bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatishini oldini olish maqsadida ayrim turdagi (imkoniyati mavjud bo‘lgan) sud ekspertizalari bo‘yicha tekshirish ob’ektlari, ish materiallari va boshqa taalluqli ma’lumotlar sud ekspertiga taqdim qilinishidan oldin ekspertiza muassasasi tomonidan tasdiqlangan shifrlash qoidalariga asosan shifrlanadi.
(171-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 7 iyuldagi 174-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2202-1, 07.07.2017 y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017 y., 27-son, 633-modda)
- Tekshirish ob’ektlari, agar ularning o‘lchamlari va xossalari imkon bersa, o‘ralgan va muhrlangan holda sud ekspertiga topshirilishi kerak, tekshirish ob’ektlari sud ekspertizasini tayinlagan shaxs yoki organning vakolatli xodimi tomonidan shaxsan topshirilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Shifrlash bilan bog‘liq bo‘lgan sud ekspertiza turlari bo‘yicha tekshirish ob’ektlari va hujjatlari shifrlash qoidalariga asosan topshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 7 iyuldagi 174-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2202-1, 07.07.2017 y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017 y., 27-son, 633-modda)
- Sud ekspertiga taqdim etilgan tekshirish ob’ektlari, taqqoslovchi materiallar, ma’lumotlarning ishonchliligi uchun sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) javob beradi.
- Sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi bitta qaror (ajrim)ga ko‘p miqdordagi ob’ektlar tushgan taqdirda ekspertiza muassasasi rahbari bir qator alohida-alohida ekspertizalar o‘tkazilishini tashkil etishi mumkin.
- Sud ekspertizasini o‘tkazish ekspertiza muassasasi bilan birgalikda boshqa ekspertiza muassasasiga (muassasalariga) topshirilgan taqdirda sud ekspertizalarini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da mazkur sud ekspertizasining qanday mutaxassisliklarga ega bo‘lgan sud ekspertlari tomonidan o‘tkazilishi kerakligi, sud ekspertlari komissiyasi faoliyatini tashkil etishning qaysi ekspertiza muassasasiga yuklanayotganligi hamda tekshiriladigan ob’ektlar va boshqa materiallar qaysi ekspertiza muassasasiga yuborilganligi ko‘rsatiladi.
Sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) har bir ekspertiza muassasasiga yuboriladi.
- Qo‘shimcha yoki takroriy sud ekspertizasi tayinlangan taqdirda ekspertiza muassasasiga xulosa yoki oldingi o‘tkazilgan sud ekspertizasi xulosasini berish mumkin emasligi to‘g‘risidagi dalolatnoma barcha ilovalar (fotojadvallar, eksperimental materiallar va shu kabilar) bilan birga taqdim etiladi.
Qo‘shimcha yoki takroriy sud ekspertizasi tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da uni tayinlashning sabablari va asoslari albatta ko‘rsatiladi.
- Sud ekspertizasiga yuborilayotgan, uni o‘tkazish imkonini bermaydigan materiallarni rasmiylashtirish qoidalariga rioya etilmagan taqdirda, ekspertiza muassasasi rahbari bu haqda sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga darhol xabar qiladi.
Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rmasa, ekspertiza muassasasi rahbari o‘ttiz kun o‘tgach unga materiallarni ekspertiza o‘tkazmasdan qaytaradi.
Rasmiylashtirishning protsessual tartibi buzilgan holda qayta, shuningdek komission yoki kompleks ekspertiza o‘tkazishga tushgan materiallar sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) uch kun muddatda qaytariladi.
- Agar tayinlangan sud ekspertizasini ekspertiza muassasasida o‘tkazish nazarda tutilmagan bo‘lsa yoki ekspertiza muassasasi tegishli mutaxassislarga yoki asbob-uskunalarga ega bo‘lmasa, ekspertiza muassasasi rahbari ekspertizaga taqdim etilgan materiallarni uch kun muddatda, ekspertizalarni tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ning bajarilmaganligi sabablarini ko‘rsatgan holda sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga qaytaradi.
- Sud ekspertizasiga narkotik vositalar, psixotrop moddalar, qimmatbaho metallar va toshlar, shuningdek ulardan tayyorlangan buyumlar, o‘q otar qurollar va ularga o‘q-dorilar, pul belgilari va yuqori qimmatga yoki ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa ob’ektlar taqdim etilgan taqdirda sud eksperti ushbu materiallarni sud ekspertizasiga yetkazib bergan shaxs hamda ekspertiza muassasasi rahbarlaridan birining ishtirokida idishni ochishi, tarozida tortib ko‘rishi, taqdim etilgan ob’ektlarni qayta sanab chiqishi, shuningdek taqdim etilgan tartib raqamli va boshqa ob’ektlarning sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) matniga muvofiqligiga ishonch hosil qilishi shart. Ularning natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi, u ekspertiza ob’ektlarini tekshirishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
III. Sud ekspertizasini o‘tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish
- Sud eksperti sud ekspertizasini o‘tkazishga ekspertiza muassasasi rahbarining yozma topshiriqnomasi sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) va sud ekspertizasiga tushgan barcha materiallar bilan birga olingan vaqtdan boshlab kirishadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud eksperti shifrlash bilan bog‘liq bo‘lgan sud ekspertizasini o‘tkazishga shifrlash qoidalariga asosan shifrlash o‘tkazilgandan so‘ng ekspertiza muassasasi rahbarining yozma topshiriqnomasi va shifrlangan ekspertiza materiallarini olgan vaqtdan boshlab kirishadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 7 iyuldagi 174-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2202-1, 07.07.2017 y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017 y., 27-son, 633-modda)
Sud ekspertizasiga taqdim etilgan materiallarni rasmiylashtirish tartibining buzilganligi aniqlangan taqdirda sud eksperti bu to‘g‘rida ekspertiza muassasasi rahbarini xabardor qiladi, rahbar ushbu Yo‘riqnomaning 23-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘radi.
- Taqdim etilgan materiallar to‘liq bo‘lmagan taqdirda bu haqda sud eksperti ekspertiza muassasasi rahbari orqali sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga qo‘shimcha materiallar taqdim etish to‘g‘risida yozma ravishda ma’lum qilish huquqiga ega.
Qo‘shimcha materiallar faqat sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan taqdim etiladi.
Qo‘shimcha materiallar o‘ttiz kun mobaynida tushmagan taqdirda sud eksperti tekshirishni mavjud materiallar bo‘yicha o‘tkazadi.
- Sud eksperti quyidagi hollarda qo‘yilgan masalalar yuzasidan xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi asoslangan dalolatnoma tuzadi:
agar qo‘yilgan masala sud ekspertining maxsus bilimlari (vakolatlari) doirasidan chetga chiqsa yoki uni hal etish uchun maxsus bilimlar talab qilinmasa yoxud masala huquqiy tusga ega bo‘lsa;
taqdim etilgan tekshirish ob’ektlari yoxud materiallar ularning to‘liq yoki sifatli emasligi tufayli xulosa berish uchun yaroqsiz bo‘lsa va to‘ldirilishi mumkin bo‘lmasa;
agar ilm-fan va ekspertiza amaliyotining holati qo‘yilgan masalalarga javob berish imkonini bermasa;
tekshirishlarni o‘tkazish va xulosalar berish uchun zarur shart-sharoitlar, uslubiy vositalar va asbob-uskunalar mavjud bo‘lmasa, shu jumladan, sud eksperti hayoti va salomatligiga kasbiy tavakkallik chegarasidan ziyod xavf tug‘ilsa.
Xulosa berishning imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma ushbu Yo‘riqnomaning 48-bandiga muvofiq tuziladi.
- Sud eksperti o‘ziga taqdim etilgan ob’ektlar va materiallarni tekshirish tegishli sohadagi bilimlarga amal qilgan holda, protsessual qonun talablariga qat’iy muvofiq ravishda xolisona va mufassal amalga oshiradi.
Ob’ektlar (tirik odamdan tashqari) faqat tekshirishni o‘tkazish va xulosa berish uchun zarur bo‘lgan darajada shikastlangan va sarflangan bo‘lishi mumkin. Sud ekspertizasini o‘tkazish tekshirish uchun taqdim etilgan ob’ektning shikastlanishini (buzilishini) yoki sarflanishini talab qiladigan hollarda buning uchun sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ning yozma ravishdagi roziligi olingan bo‘lishi kerak, tayinlangan sud ekspertizasining xususiyatlari ob’ektning shikastlanishi (buzilishi)ni yoki sarflanishini nazarda tutadigan holatlar bundan mustasno.
- Ko‘rikdan o‘tkazish talab qilinadigan tekshirish ob’ektlarini (ekspertiza muassasasiga taqdim etilgan ob’ektlardan tashqari) ekspertizalardan o‘tkazishda sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) sud eksperti uchun ob’ektga to‘siqsiz kirishni va uni tekshirish imkonini ta’minlaydi. Ko‘rikdan o‘tkazish sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan tashkil etiladi, uning majburiy ishtirokida amalga oshiriladi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
- Ishda ishtirok etadigan shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda sud ekspertizasini tayinlagan shaxs bilan birga ekspertiza o‘tkazishda hozir bo‘lish huquqiga ega. Sababidan qat’i nazar, ularning yo‘qligi sud ekspertizasini o‘tkazishni to‘xtatib turish uchun asos hisoblanmaydi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son)
Ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan protsess ishtirokchilari tekshirishlar jarayoniga aralashishga haqli emas, lekin sud ekspertidan u tomonidan qo‘llanilgan tekshirish usullarining va olingan natijalarning mohiyatini tushuntirib berishni talab qilishi, sud ekspertiga tushuntirishlar berishi mumkin.
Sud eksperti tomonidan xulosa tuzilayotganda, shuningdek, agar sud ekspertizasi sud ekspertlari komissiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, sud ekspertlarining maslahatlashuvi va fikrlarni shakllantirish bosqichida protsess ishtirokchilarining hozir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
- Sud eksperti o‘zining maxsus bilimlariga muvofiq, o‘tkazilgan tekshirishlar asosida o‘z nomidan xulosa beradi va uning uchun javob beradi.
- Sud ekspertizasini o‘tkazish ikki va undan ortiq sud ekspertlariga topshirilganda, ekspertiza muassasasi rahbari ulardan biriga boshqa sud eksperti (ekspertlar) faoliyatini muvofiqlashtirish, tekshiruvlarning umumiy rejasini ishlab chiqish va ekspertlarning maslahatlashuviga rahbarlik qilishni yuklaydi.
- Bir xil mutaxassislikka ega bo‘lgan ikki va undan ortiq sud ekspertlariga (sud ekspertlari komissiyasiga) ekspertiza o‘tkazish topshirilganda komissiyaga kiritilgan sud ekspertlarining har biri tekshirishni to‘liq hajmda amalga oshiradi. Sud ekspertlari komissiyasi tekshirishda qatnashgan sud ekspertidan har biri unga rozi bo‘lgan taqdirda umumiy xulosa beradi. Shuningdek, sud ekspertlari komissiyasida ishtirok etgan sud ekspertlari fikrining bir qismini aks ettiruvchi yagona xulosa berilishi ham mumkin. Kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda har bir ekspert kelishmovchilikka sabab bo‘lgan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa tuzadi.
- Sud ekspertlari komissiyasi rahbari sud ekspertizasi oldiga qo‘yilgan savollarni mazmunan yechishda alohida ustunlikka ega emas.
- Sud ekspertizasini o‘tkazish uchun har xil mutaxassislikka ega bo‘lgan ikki va undan ortiq sud ekspertlari (kompleks ekspertiza) tayinlanganda har bir sud eksperti tekshirishni amalga oshiradi va o‘z vakolati doirasida xulosa beradi. Kompleks ekspertiza xulosasida har bir sud eksperti qanday tekshirishlar va qanday hajmda o‘tkazganligi, shaxsan u qanday faktlarni aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga kelganligi ko‘rsatiladi. Sud eksperti kompleks ekspertiza xulosasining o‘z vakolatiga tegishli bo‘lgan qismini imzolaydi.
Olingan natijalarni baholash va yakuniy xulosa (xulosalar)ni shakllantirishni vakolatli bo‘lgan ekspertlar umumiy xulosa (xulosalar) chiqaradi. Agar sud ekspertlari komissiyasining yakuniy xulosasi yoki uning bir qismi uchun sud ekspertlaridan biri (alohida ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlar asos hisoblansa, u holda bu haqda xulosada ko‘rsatilishi kerak. Kelishmovchilik holatida sud ekspertlarining har biri kelishmovchilikka sabab bo‘lgan masalalar bo‘yicha alohida xulosa tuzadi.
- Agar sud ekspertizasi tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da har xil turdagi ekspertizalar predmetiga taalluqli masalalar mavjud bo‘lsa, ularning har biri bo‘yicha alohida xulosa yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi.
- Sud eksperti xulosasi uch qismdan: kirish, tadqiqot va xulosa (yakunlovchi) qismlardan iborat bo‘ladi.
Sud eksperti xulosasining kirish qismida sud ekspertining huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirish va uni bilib turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, ish materiallarini oshkor qilganligi, shuningdek uzrli sabablarsiz xulosa berishni rad ettanligi yoki bundan bosh tortganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida tushuntirilganligi haqidagi sud eksperti tilxati olinganligi ko‘rsatiladi.
- Xulosaning kirish qismida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
sud ekspertizasining turi va uning ro‘yxat raqami;
sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ning nomi;
sud eksperti (ekspertlari) haqidagi ma’lumotlar. Bunda sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, ixtisosi (umumiy va ekspertlik malakasi), ish tajribasi va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
shifrlash bilan bog‘liq bo‘lgan sud ekspertiza turlari bo‘yicha ular shifrlash qoidalariga muvofiq o‘tkazilganligi ko‘rsatiladi;
(39-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 7 iyuldagi 174-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2202-1, 07.07.2017 y.) asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017 y., 27-son, 633-modda)
materiallarning sud ekspertizasiga kelgan vaqti va xulosaga imzo chekilgan vaqt;
sud ekspertizasini o‘tkazish uchun protsessual asos (qaror yoki ajrim, u qachon va kim tomonidan chiqarilganligi);
sud ekspertizasiga yuborilgan materiallarning nomi, jo‘natish usuli, o‘ramning turi, holati va tekshiriladigan ob’ektlarning rekvizitlari;
sud ekspertizasi hal etishi uchun qo‘yilgan savollar. Bunda savollar sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da keltirilgan shaklda qayd etiladi. Savollarni mazmunan o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, sud eksperti faqat savolga to‘g‘ri grammatik shakl berishi va sud eksperti ixtisosligiga moslashtirishi mumkin. Bir necha savollar qo‘yilgan taqdirda sud eksperti tekshiruv o‘tkazish uchun ularning eng maqbul tartibini ta’minlaydigan izchillikda guruhlarga bo‘lib chiqishi mumkin. Sud eksperti tashabbusi bilan hal qilingan savollar sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da keltirilgan savollardan keyin bayon qilinadi.
xulosa berish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan va sud eksperti tomonidan asosiy ma’lumot sifatida qabul qilingan ish holatlari;
qo‘yilgan savollarni hal qilishda sud eksperti amal qilgan hujjatlar (qarorlar, buyruqlar, qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar), shuningdek tekshiruv o‘tkazishda foydalanilgan boshqa manbalar;
sud ekspertizasini o‘tkazish jarayonida hozir bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar (ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, protsessual holati);
sud ekspertining qo‘shimcha materiallar taqdim etish to‘g‘risidagi iltimosnomasi (iltimosnoma yuborilgan va javob olingan vaqt, iltimosnomani ko‘rib chiqish natijalari).
Qo‘shimcha yoki takroriy sud ekspertizasi bo‘yicha xulosaning kirish qismida yuqorida bayon etilgan ma’lumotlardan tashqari, dastlabki sud ekspertizasi haqidagi ma’lumotlar, ya’ni xulosaning ro‘yxat raqami va sanasi, sud ekspertining (ekspertlarining) familiyasi, ismi va otasining ismi, ekspertiza muassasasining nomi, dastlabki sud ekspertizasining xulosalari hamda qo‘shimcha va takroriy sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrimda)da keltirilgan sud ekspertizasini o‘tkazish sabablari bayon etiladi.
Tekshiruv ob’ektlari (hujjatlar, daktilokartalar va shu kabilar), sud ekspertizasi o‘tkazishga taalluqli bo‘lgan ish hujjatlari (ko‘zdan kechirish va tergov (sud) eksperimentlari bayonnomalari, yo‘l-transport hodisalarining chizmalari), shuningdek sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da havola qilingan va o‘zida boshlang‘ich ma’lumotlarni saqlagan boshqa materiallar ekspertiza muassasasining «RSEM» shtampi, solishtirma materiallar esa «NAMUNA» shtampi bilan belgilanadi.
- Sud eksperti xulosasining tadqiqot qismida sud eksperti oldiga qo‘yilgan har bir savol bo‘yicha tekshirish jarayoni va uning natijalari yoziladi, aniqlangan faktlar bo‘yicha ilmiy tushuntirish beriladi.
Xulosaning tadqiqot qismida quyidagilar ko‘rsatiladi:
sud ekspertizasi tekshiruvi ob’ektlarining holati;
foydalanilgan tadqiqot usullari va bu usullar qo‘llanishining texnik sharoitlari;
sud ekspertizasi tahlilining sharoitlari, maqsadi va natijalari hamda namunalar olish;
xulosani asoslash uchun ahamiyatga ega tergov (sud) harakatlari (so‘roq, ko‘zdan kechirish, eksperiment va shu kabilar)ning natijalari;
namoyish materiallariga qilingan havolalar, ilovalar va ularga berilgan zarur izohlar;
olib borilgan tekshiruv va uning alohida bosqichlari natijalariga berilgan sud eksperti bahosi.
Qayta sud ekspertizasi xulosasining tadqiqot qismida, agarda tadqiqot natijalari bilan avvalgi sud ekspertizasi xulosasining yakunlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lsa, buning sabablari ko‘rsatiladi.
Xulosaning tadqiqot qismi maxsus bilimi bo‘lmagan shaxslar uchun tushunarli tilda bayon etilgan bo‘lishi kerak. Maxsus atamalar izohlab berilgan bo‘lishi lozim.
- Sud eksperti xulosalari uning oldiga qo‘yilgan savollarga javob shaklida bayon qilinadi va turli talqinlarga yo‘l qo‘ymaydigan aniq, tushunarli tilda bayon qilinishi lozim.
Agar xulosani tadqiqot qismida bayon qilingan tekshirish natijalarining mukammal tavsifisiz va qo‘yilgan masalaga to‘liq javobsiz shakllantirish mumkin bo‘lmasa, xulosaning tadqiqot qismiga havola qilishga ruxsat beriladi.
- Sud eksperti xulosasida qoidabuzarlik sabablari va ularni sodir etishga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishning tashkiliy-texnikaviy tavsiyalari ko‘rsatilishi mumkin.
- Ekspert xulosasi ikki nusxada tuziladi, tekshirishni o‘tkazgan sud eksperti (ekspertlari) tomonidan imzolanadi, uning (ularning) imzosi ekspertiza muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi, shundan keyin xulosaning bir nusxasi ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga yuboriladi, ikkinchi nusxasi esa ekspertiza muassasasida besh yil mobaynida saqlanadi.
- Agar sud eksperti xulosasida ekspert tekshirishlari va natijalarini tasvirlovchi fotojadvallar, diagrammalar, chizmalar va shu kabi ilovalar berilsa, ular ham sud eksperti (ekspertlari) tomonidan imzolanadi. Sud eksperti tekshirishlarining borishi, sharoitlari va natijalarini hujjatlashtirish materiallari sud eksperti xulosasi nusxasi bilan birga ekspertiza muassasasida saqlanadi. Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ning talabiga ko‘ra ular yig‘majildga qo‘shib qo‘yish uchun taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
- Sud ekspertizasi tugatilgandan so‘ng sud eksperti tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tadqiqot fayli shakllantiriladi va bu tadqiqot fayli sud eksperti xulosasi nusxasi bilan saqlanadi.
(45-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 2 dekabrdagi 22-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2202-4, 02.12.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2021 y., 10/21/2202-4/1136-son)
Dastlabki sud ekspertizasi xulosasini tasdiqlamagan takroriy sud ekspertizasi natijalari bo‘yicha ilovalar bilan xulosa nusxasi tayyorlanib, dastlabki sud ekspertizasini o‘tkazgan ekspertiza muassasasiga yuboriladi.
Takroriy sud ekspertizasi tugatilgandan so‘ng mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq takroriy sud ekspertizasi bo‘yicha nazorat kartochkasi to‘ldiriladi va ekspertiza muassasasida besh yil mobaynida saqlanadi.
Agar sud ekspertizasi boshqa ekspertiza muassasasi (muassasalari) bilan birgalikda o‘tkazilgan bo‘lsa, sud ekspertlari xulosasi va unga ilovalarning qo‘shimcha nusxasi (nusxalari) tayyorlanib, ushbu muassasaga (muassasalarga) yuboriladi.
- Ekspertiza muassasasi rahbari xulosani ko‘rib chiqishda noto‘g‘ri xulosaga olib kelishi mumkin bo‘lgan to‘liq bo‘lmagan tekshirishlarni, tekshirish o‘tkazish uslubiyoti buzilishini yoki uning noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligini aniqlagan taqdirda xulosa zarur o‘zgartirishlar va aniqliklar kiritish uchun sud ekspertiga qaytariladi.
Agar sud eksperti o‘z xulosasini to‘g‘ri deb qat’iy turib olsa, ekspertiza muassasasi rahbari belgilangan tartibda xulosa berish uchun tekshirish o‘tkazishni birinchi sud eksperti ishtirokidagi sud ekspertlari komissiyasiga topshirish huquqiga ega.
- Sud ekspertizasini sudda o‘tkazishda uning natijalari mazkur Yo‘riqnomaning 38—42-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
Sud eksperti xulosasi ekspert tomonidan ikki nusxada tuziladi va imzolanadi, ulardan biri sudga, ikkinchisi esa ekspertiza muassasasi rahbariga taqdim etiladi.
- Xulosa berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma uch qismdan: kirish, asoslovchi va yakunlovchi qismlardan iborat bo‘ladi.
tomonidan imzolanadi, uning imzosi ekspertiza muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi, shundan keyin uning bir nusxasi ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga yuboriladi, ikkinchisi esa ekspertiza muassasasida besh yil mobaynida saqlanadi.
Agar xulosa berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma sudda ko‘rib chiqish bosqichida tuzilgan bo‘lsa, u sud ekspert tomonidan ikki nusxada tuziladi va imzolanadi, ulardan biri sudga, ikkinchisi esa ekspertiza muassasasi rahbariga taqdim etiladi.
- Agar bir masala bo‘yicha ekspert xulosa bersa, boshqasi bo‘yicha xulosa berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzish uchun asos mavjud bo‘lsa, u holda yagona hujjat — sud eksperti xulosasi tuziladi.
- Sud eksperti xulosasi, sud ekspertizasi tekshiruvi ob’ektlari bo‘lgan predmetlar va hujjatlar hamda boshqa materiallar sud ekspertizasini tayinlagan shaxsga yoki ekspertizani tayinlagan organning vakolatli xodimiga yoxud ekspertizani tayinlagan organ tomonidan berilgan ishonchnoma bo‘yicha boshqa shaxsga shaxsan beriladi yoki ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ga pochta orqali yuboriladi.
- Ekspert xulosasini, sud ekspertizasi tekshiruvi ob’ektlari bo‘lgan predmetlar va hujjatlarni hamda ekspertizaga berilgan boshqa materiallarni faksimil yoki yorug‘ sezgir qog‘ozga ko‘chirilgan ishonchnoma nusxasi orqali berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
1-ILOVA
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 2 dekabrdagi 22-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2202-4, 02.12.2021 y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2021 y., 10/21/2202-4/1136-son)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang (old qismi)
7. Dastlab o‘tkazilgan sud ekspertizasi (ekspertizalari) xulosalari tasdiqlanmaganlik sabablari
Hal etilgan masalalar | Sud ekspertizasi raqami va tasdiqlanmaganlik sabablari (kodifikator bo‘yicha) | ||
Identifikatsion | |||
Diagnostik | |||
Klassifikatsion |
Sud eksperti (ekspertlari) _________________________________
(F.I.Sh, imzosi)
Ekspertiza muassasasi rahbari _________________________________
(F.I.Sh, imzosi)
Xulosalar tasdiqlanmaganlik sabablari kodifikatori:
tadqiqot uchun taqdim etilgan materiallar (ma’lumotlar) yetishmasligi yoki ularning sifat jihatidan qoniqarsizligi | 1 | ko‘rsatkichlarni, koeffitsientni tanlashda va hisoblarda xato | 6 |
aniqlangan belgilarni noto‘g‘ri talqin etilganligi | 2 | ekspert o‘z vakolati doirasidan chiqishi | 7 |
tadqiqot to‘liq o‘tkazilmaganligi | 3 | zarur asboblarning yo‘qligi yoki uskuna va moslamalardan noto‘g‘ri foydalanilganligi | 8 |
tadqiqot uslubi yoki tartibi noto‘g‘ri tanlanganligi | 4 | ekspert tadqiqotlari noto‘g‘ri tashkil qilinganligi | 9 |
tadqiqot uslubi noto‘g‘ri qo‘llanilganligi | 5 | boshqa sabablar | 10 |