SUD-EKSPERTLIK FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUVCHI AYRIM NORMATIV-XUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Sud-ekspertlik faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-xuquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son hamda «Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2022 yil 17 martdagi PF-89-son farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son hamda «Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2022 yil 17 martdagi PF-89-son farmonlariga muvofiq:
  2. a) sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud-ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish belgilanganligi;
  3. b) Adliya vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
  5. a) Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish to‘g‘risidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

sud ekspertlarini reyting tizimida baholash tartibi;

baholash uchun asos bo‘ladigan mezonlar;

sud ekspertlarini baholash natijasida to‘plagan ballarini inobatga olgan holda tasniflash;

reyting natijalari bo‘yicha sud ekspertlarini rag‘batlantirish, mavjud rag‘batlantirishni kamaytirish yoki bekor qilish yoxud intizomiy jazo qo‘llashgacha bo‘lgan choralarni ko‘rish;

reyting ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan sud ekspertining ish faoliyatini ommalashtirish, kelgusida uni boshqa rag‘batlantirish va mukofotlar bilan taqdirlashda hisobga olish;

  1. b) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) faoliyatini tashkil etish, jumladan, Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamg‘armadan mablag‘ ajratish va Jamg‘arma faoliyatini boshqarish tartiblari, shuningdek, Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan nazoratni tashkil qilish;

sud-ekspertiza sohasidagi islohotlarni qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga subsidiyalar ajratish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish;

sud ekspertiza sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, sud ekspertizaning yangi turlari va tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratish;

sud ekspertlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish;

sud-ekspertlik faoliyatiga ilg‘or fan va texnika yutuqlarini joriy etish;

davlat sud-ekspertiza muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

  1. Belgilansinki:

davlat sud-ekspertiza muassasalariga ularning budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining 50 foizgacha bo‘lgan qismini sud-ekspertiza muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflashga ruxsat etiladi;

tizimida davlat sud-ekspertiza muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralariga davlat sud-ekspertiza muassasalari tushumlaridan foydalanish to‘g‘risidagi tartibni Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash huquqi beriladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
  2. Tizimida davlat sud-ekspertiza muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari ikki oy muddatda:

Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish to‘g‘risidagi namunaviy nizom hamda faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib, o‘zlarining nizomlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

  1. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2022 yil 13 dekabr,

705-son

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 dekabrdagi 705-son qaroriga
1-ILOVA

Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish to‘g‘risida

NAMUNAVIY NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Namunaviy nizom davlat sud-ekspertiza muassasasi va nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti ekspertlarining (keyingi o‘rinlarda — sud ekspertlari) faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholash tartibini belgilaydi.
  2. Faoliyat ko‘rsatib kelayotgan sud ekspertlarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish, sud-ekspertlik sohasidagi innovatsion texnologiyalarni keng ommalashtirish, sud-ekspertiza faoliyatida sog‘lom raqobat muhitini yaratish reyting tizimida baholashning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Sud ekspertlari faoliyatini baholash qonuniylik, oshkoralik, xolislik, adolatlilik va shaffoflik prinsiplariga asoslanadi.

Bunda berilgan sud-ekspertiza xulosalarining muddatida va sifatli bajarganligi, bajarilgan sud ekspertizalarining hajmi, sud ekspertining mehnat va ijro intizomiga rioya qilishi, ilmiy loyihalarda ishtirok etishi, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun izlanishlari), yangi sud-ekspertiza turlarini joriy qilishi, yangi metodikalarni ishlab chiqishi, mavjud metodikalarni takomillashtirish, amalga oshirilgan targ‘ibot tadbirlari, faoliyatini takomillashtirish yuzasidan bergan asosli takliflari inobatga olinadi.

  1. Sud ekspertining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan baholash qoida tariqasida bir yilda bir marotaba amalga oshiriladi. Sud ekspertlarini reyting tizimida baholash ushbu Namunaviy nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.

2-bob. Reyting tizimida baholash tartibi

  1. Reytingni belgilangan tartibda yuritish davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, shuningdek, tizimida sud-ekspertiza muassasasi mavjud bo‘lgan vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idorasi rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan Sud eksperti faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlar asosida baholash bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Komissiya 5 yoki 7 nafar a’zodan iborat tarkibda tashkil etiladi.
  3. Komissiya tarkibi qoida tariqasida kuyidagi tartibda shakllantiriladi: davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti rahbari yoxud uning o‘rinbosari — Komissiya raisi, davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining kadrlar ishi bo‘yicha mas’ul xodimi — Komissiya kotibi hisoblanadi, davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining tegishli tarkibiy bo‘limi mas’ul xodimlari, tizimida sud-ekspertiza muassasasi mavjud bo‘lgan vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idoraning vakili, shuningdek kelishuv asosida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar xodimlari ham uning tarkibiga kiritilishi mumkin.
  4. Komissiya kotibi Komissiya majlislarini o‘tkazishni tashkil qiladi, hujjatlarni to‘playdi, bayonnomalarni rasmiylashtiradi, tanishtiradi, e’lon qiladi, saqlaydi, bayonnomalarda belgilangan tadbirlarni bajarilishini nazorat qiladi va boshqa tadbirlarni amalga oshiradi.
  5. Komissiya a’zolari Komissiya majlisi o‘tkaziladigan sanadan kamida 5 kun oldin xabardor qilinadi.
  6. Komissiya majlislari uning a’zolari umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirok etgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Komissiya har bir a’zosining sud ekspertiga mustaqil tarzda tegishli mezonlar asosida qo‘ygan ballar Komissiya kotibi tomonidan umumlashtirilib, Komissiya a’zolari soniga nisbatan yaxlitlash orqali o‘rtacha umumiy ball aniqlanadi.
  7. Faoliyatni baholash yuzasidan asoslantiruvchi hujjatlar tegishli tarkibiy bo‘lim (laboratoriya va bo‘limlar) mas’ul xodimlari tomonidan Komissiya kotibiga har yili 10 yanvarga qadar topshiriladi, 10 yanvardan kechiktirib topshirilgan hujjatlar Komissiya kotibi tomonidan qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
  8. Komissiyaga asoslanmagan yoki soxta hujjatlarni taqdim qilish tegishli javobgarlikni keltirib chiqaradi.
  9. Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar har yili 20 yanvarga qadar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib va har bir faoliyatning dolzarbligi inobatga olinib, ushbu Namunaviy nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan mezonlar asosida baholanadi.

Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar belgilangan mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholanadi.

  1. Sud eksperti faoliyatini reyting tizimi asosida baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, quyidagicha tavsiflanadi:

86 — 100 ball — «a’lo»;

71 — 85 ball — «yaxshi»;

56 — 70 ball — «qoniqarli»;

0 — 55 ball — «qoniqarsiz».

  1. Komissiya majlisi bayonnoma orqali rasmiylashtiriladi, baholash jadvali bayonnomaga ilova qilinadi.

3-bob. Reyting natijalari bo‘yicha sud ekspertlarini rag‘batlantirish

  1. Baholash natijasida to‘plangan reyting ko‘rsatkichlariga asosan «qoniqarli», «yaxshi» va «a’lo» deb topilgan:

davlat sud ekspertiga nisbatan davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki vazirlik, idora va tashkilotlarning budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan rag‘batlantirish, xususan, har oylik qo‘shimcha ustamalar miqdorini belgilashga doir choralar qo‘llanilishi mumkin;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining ekspertlarini rag‘batlantirish ushbu tashkilotlarning jamoa kelishuvlari yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi.

  1. Reyting natijasiga ko‘ra, faoliyati a’lo deb topilgan sud ekspertiga nisbatan davlat sud-ekspertiza muassasalarining budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armalari, shuningdek, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti hisobidan lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi mumkin.
  2. Sud eksperti faoliyatini reyting tizimida baholashda faoliyati qoniqarsiz deb topilgan sud ekspertlarini lavozim maoshiga qo‘llanib kelingan rag‘batlantirishlar kamaytirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Reyting tizimi asosida baholash faoliyati qoniqarsiz deb topilganligi sud ekspertiga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishiga asos bo‘lishi mumkin.

  1. Komissiya reyting natijalarini har yili 25 yanvarga qadar e’lon qiladi.
  2. Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari har yili 10 martga qadar reyting ko‘rsatkichlariga asosan sud ekspertlariga nisbatan rag‘batlantirish, mavjud rag‘batlantirishni kamaytirish va bekor qilish yoki intizomiy jazo chorasi qo‘llashgacha bo‘lgan choralarni ko‘radi.

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

  1. Reyting ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan sud ekspertining ish faoliyatini ommalashtirish kelgusida uni boshqa rag‘batlantirish va mukofotlar bilan taqdirlashda hisobga olinadi.
  2. Reyting ko‘rsatkichlari sud-ekspertiza muassasasining rasmiy axborot manbalarida, sud-ekspertiza faoliyatiga oid axborot portallarida va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.
  3. Ushbu Namunaviy nizom talablarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga
1-ILOVA

Sud ekspertlarini reyting tizimida baholashni tashkil etish

SXEMASI

Bosqichlar Sub’ektlar Tadbirlar Bajarish muddatlari
1-bosqich Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, shuningdek, tizimida sud-ekspertiza muassasasi mavjud bo‘lgan vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idorasi rahbarining buyrug‘i bilan Namunaviy nizomda belgilangan tartibda Sud eksperti faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlar asosida baholash bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqlash. Komissiya yig‘ilishi boshlangunga qadar
2-bosqich Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining tegishli tarkibiy bo‘lim (laboratoriya va bo‘limlar) mas’ul xodimlari Faoliyatni baholash yuzasidan asoslantiruvchi hujjatlarni Komissiya kotibiga topshirish. har yili 10 yanvarga qadar
3-bosqich Sud eksperti faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud-ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlar asosida baholash bo‘yicha komissiya 1. Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlarni tegishli tartibda ko‘rib chiqib, har bir faoliyat dolzarbligini inobatga olib baholash. har yili 20 yanvarga qadar
2. Komissiya majlisini bayonnoma orqali rasmiylashtirish, baholash jadvalini bayonnomaga ilova qilish. har yili 20 yanvarda
4-bosqich Sud eksperti faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud-ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlar asosida baholash bo‘yicha komissiya Reyting natijalarini sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti rasmiy axborot manbalarida, sud-ekspertiza faoliyatiga oid axborot portallarida va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish. har yili 25 yanvarga qadar
5-bosqich Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti Baholash natijasida to‘plangan reyting ko‘rsatkichlariga asosan sud ekspertlariga nisbatan rag‘batlantirish, mavjud rag‘batlantirishni kamaytirish va bekor qilish yoki intizomiy jazo chorasi qo‘llashgacha bo‘lgan choralarni ko‘rish. har yili 10 martga qadar

Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga

2-ILOVA

Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga muvofiqligi darajasini belgilash

MEZONLARI

T/r Mezonlar Ball
Ijobiy ko‘rsatkichlar
1. Sud ekspertining sud-ekspertlik faoliyatining asosiy prinsiplariga rioya etganligi 0 — 15
2. Sud-ekspertiza tadqiqotlarini belgilangan ish hajmi me’yoridan ortiq bajarilganligi (me’yordan oshgan har bir baravar uchun 2 ball, biroq eng yuqori ball 15 balldan oshmasligi kerak) 0 — 15
3. Sud ekspertizalarining muddatida bajarilishi. Sud ekspertizasini tayinlash haqidagi qarorda ko‘rsatilgan savollarga to‘liq va asoslantiruvchi dalillar bilan ekspert tomonidan xulosa berilganligi, uning tergov va sud jarayonlarida jinoyatlarni fosh etishga ko‘maklashishi. 0 — 10
4. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan 20 tadan ortiq tadqiqotlar o‘tkazishi 0 — 8
5. Yangi sud-ekspertiza turlari yoki yangi metodikalarni amaliyotga joriy qilishi 0 — 5
6. Mavjud foydalanib kelinayotgan 1 ta uslubiy qo‘llanmani tanqidiy tahlil qilgan holda uni takomillashtirishga doir asoslangan takliflar ishlab chiqishi va ularni X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutiga kiritishi 0 — 5
7. Ilmiy (grant) loyihalarida ijrochi, ilmiy ishlarni tayyorlashga rahbar hamda dissertatsiya tadqiqotlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan Ilmiy kengashlarda a’zo sifatidagi ishtiroki 0 — 5
8. Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun izlanishlari 0 — 5
9. Xorijiy tillarni bilish darajasi (B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi) 5
10. Quyidagi tadbirlardagi ishtiroki uchun: 0 — 18
Ilmiy nashrlar va qo‘llanmalar tayyorlanishi Xorijiy Mahalliy
har bir nashr uchun 10 ball har bir nashr uchun 3 ball
OAV orqali hamda ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlari, shuningdek, ilmiy anjumanlar va seminarlarda ishtiroki uchun Respublika Viloyat
har bir tadbir uchun 2 ball har bir tadbir uchun 1 ball
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda hamda ta’lim muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazganligi uchun Har bir tadbir uchun 1 ball
Mehnat jamoalarida uchrashuvlar o‘tkazganligi, shuningdek faoliyat yuritadigan muassasasining rasmiy axborot manbalarida chiqishlari hamda boshqalar uchun Har bir tadbir uchun 0,5 ball
11. Mehnat intizomiga rioya etishi 0 — 5
12. Jamoat ishlaridagi ishtiroki yoki yosh sud-ekspertlarga ustozlik qilishi 0 — 4
Salbiy ko‘rsatkichlar:
1. Tadqiqot o‘tkazish muddati asossiz o‘tkazib yuborilgan ishlar (har bir holat uchun) -2
2. Sud tomonidan asossiz deb topilgan yoki bekor qilingan sud-ekspertiza xulosalari (har bir xulosa uchun) -10
3. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qonunchilik buzilishi holati bo‘yicha kiritilgan taqdimnomalar (har bir kiritilgan taqdimnoma uchun)* -10
4. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘rsatilgan vajlarning to‘liq o‘z tasdig‘ini topishi (har bir tasdig‘ini topgan murojaat uchun) -10
5. O‘tkazilgan taqrizlar bo‘yicha sud-ekspertiza xulosalarida tasdiqlangan sud-ekspertizalarni o‘tkazish metodikasi qoidalari buzilganligi aniqlanishi (har bir kamchilik aniqlangan sud-ekspertizasi xulosasi uchun) -5
Izoh. Davlat sud-ekspertiza muassasalari, shuningdek tizimida sud-ekspertiza muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib, ushbu baholash mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 dekabrdagi 705-son qaroriga

2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
  2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son Farmoniga asosan tashkil qilingan.
  3. Jamg‘arma o‘z mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga va mazkur Nizomga asosan tasarruf qiladi.
  4. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi, uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Adliya vazirligi) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi shaxsiy hisobvarag‘iga jamlanadi hamda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi yuritiladi va amalga oshiriladi.
  5. Jamg‘armani boshqarish va uning mablag‘larini maqsadli taqsimlash Jamg‘arma faoliyatini boshqarish kengashi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma kengashi) tomonidan amalga oshiriladi.

Adliya vazirligining Moliya-iqtisod boshqarmasi Jamg‘arma kengashining ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi.

2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi

  1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son Farmoniga muvofiq Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va ular tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan tushumning 1 foizi miqdoridagi ajratmalar;

davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq o‘tkaziladigan sud-ekspertiza tadqiqotlari uchun olingan to‘lovlarning 5 foizi;

xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak vositalari va grantlari;

Jamg‘armaning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

  1. Jamg‘arma mablag‘lari:

«E-ekspertiza» elektron axborot tizimini joriy etish, texnik qo‘llab-quvvatlash va undan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan davlat-xususiy sheriklik asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga subsidiyalar ajratish;

sud-ekspertiza sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, sud ekspertizasining yangi turlari va tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratish;

sud ekspertlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish;

sud-ekspertlik faoliyatiga ilg‘or fan va texnika yutuqlarini joriy etish;

davlat sud-ekspertiza muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.

  1. Davlat sud-ekspertiza muassasalarining so‘rovlariga asosan «E-ekspertiza» elektron axborot tizimini joriy etish, texnik qo‘llab-quvvatlash va undan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun Jamg‘arma hisobidan mablag‘lar ajratilishi mumkin.

Bunda ajratilgan mablag‘lar, birinchi navbatda, «E-ekspertiza» elektron axborot tizimini texnik qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

  1. Jamg‘arma mablag‘laridan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga subsidiyalar quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijaraga olingan binolar dastlabki olti oylik ijarasining 50 foizgacha bo‘lgan miqdorini to‘lab berish;

tadqiqotlar o‘tkazishda foydalaniladigan zamonaviy uskunalarni xorijiy davlatlardan import qilishda sarflangan transport xarajatlarini bir qismi bo‘lgan, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi.

Bunda, Jamg‘arma mablag‘laridan samarali va to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish uchun nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga yil davomida bir marotaba subsidiya ajratiladi.

  1. Sud-ekspertiza sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, sud ekspertizasining yangi turlari va tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bilim va tajribaga ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot muassasalariga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan grantlar ajratiladi.
  2. Sud ekspertlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirishda Jamg‘arma mablag‘lari davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ehtiyojlaridan kelib chiqib, biroq yil davomida o‘n nafardan ko‘p bo‘lmagan nomzodlarni xorijiy davlatlarda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlariga yo‘naltiriladi.
  3. Jamg‘armaga tushadigan xorijiy valyutadagi mablag‘lar Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi shaxsiy hisobvarag‘iga jamlanadi va mazkur mablag‘lardan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda foydalaniladi.
  4. Jamg‘armadan mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan yo‘nalishlarga mablag‘lar tasdiqlangan xarajatlar smetasi bo‘yicha ajratiladi hamda ulardan ushbu taqsimot doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladi.
  5. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi moliya yillarida foydalaniladi.

3-bob. Jamg‘armadan mablag‘ ajratish tartibi

  1. Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga Jamg‘armadan mablag‘ mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ajratiladi.

Jamg‘armadan mablag‘lar ajratishda, mablag‘lar birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarida Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

  1. Davlat sud-ekspertiza muassasalari hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan yo‘nalishlar bo‘yicha Jamg‘arma kengashiga zaruratga ko‘ra har yili dekabr oyining 15-sanasiga qadar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

murojaat etuvchi yuridik shaxs nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank bo‘linmasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, elektron pochta manzili hamda STIR ko‘rsatilgan ariza;

Jamg‘armadan mablag‘lar ajratish zarurligini asoslovchi tegishli hujjatlar (mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishiga qarab).

Bunda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar, grantlar, rejalar hamda ularni moliyalashtirish bilan bog‘liq hisob-kitoblar taqdim etiladi.

Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liq va haqqoniyligi uchun ariza beruvchilar javobgar hisoblanadi.

  1. Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotidan ushbu Nizom talablariga muvofiq kelib tushgan arizalar Jamg‘arma kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibiga qo‘yiladi va ko‘rib chiqiladi.

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Ishchi organ tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Jamg‘arma kengashi Jamg‘armadan mablag‘lar ajratish zarurligiga aniqlik kiritish maqsadida qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.

  1. Jamg‘arma mablag‘larini olish uchun davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonida, agar buyurtmanoma Jamg‘armaning maqsad va vazifalariga mos kelmasa, mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish tavakkalchiligi mavjud bo‘lsa va loyihaning maqsadga muvofiqligi hamda iqtisodiy samaradorligi yetarlicha asoslanmagan bo‘lsa, mablag‘larni ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
  2. Jamg‘armadan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingan taqdirda, Jamg‘arma kengashi tomonidan qaror qabul qilingandan keyin 3 ish kuni ichida ariza beruvchi xabardor qilinadi va belgilangan mablag‘ ariza beruvchining arizasida ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga 15 ish kuni ichida o‘tkazib beriladi.
  3. Ariza beruvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng tasdiqlovchi hujjatlarni 15 ish kuni ichida Jamg‘arma kengashiga taqdim etishi shart.
  4. Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida o‘zlashtirilmasdan qolgan mablag‘ hamda ajratilgan yo‘nalishdan boshqa maqsadlarga sarflangan mablag‘ to‘liq hajmda davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan Jamg‘armaga qaytariladi.

4-bob. Jamg‘armani boshqarish

  1. Jamg‘armani boshqarish va uning mablag‘larini maqsadli taqsimlash Jamg‘arma kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Unga O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari rahbarlik qiladi va Jamg‘arma kengashining raisi hisoblanadi.

Jamg‘arma kengashi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan kamida yetti nafar a’zodan iborat tarkibda tasdiqlanadi va vazir o‘rinbosarlari, vazirlikning tegishli tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari, manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillari hamda davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari rahbarlaridan shakllantiriladi.

Jamg‘arma kengashi o‘z faoliyatini mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi. Jamg‘arma kengashi a’zolari Jamg‘arma boshqaruvidagi o‘z majburiyatlarini jamoatchilik asosida bajaradi.

Jamg‘arma kengashi majlisi a’zolarning yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va Jamg‘arma kengashining raisi tomonidan imzolanadi.

  1. Jamg‘arma kengashi majlisi har yarim yillikda o‘tkaziladi, shuningdek, zarur bo‘lganda navbatdan tashqari majlislar ham o‘tkazilishi mumkin.
  2. Ishchi organ:

Jamg‘armadan ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishini nazorat qiladi va uning monitoringini amalga oshiradi;

har yil yakunida bir marotaba Jamg‘arma kengashiga Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi bo‘yicha hisobot taqdim etadi;

Jamg‘arma kengashining qarorlariga asosan Jamg‘arma faoliyati bilan bog‘liq boshqa ishlarni amalga oshiradi.

5-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisob va hisobot hamda nazorat

  1. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob-kitoblar alohida g‘azna hisobvaraqlari orqali yuritiladi.
  2. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetalarini budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari uchun belgilangan tartibda tuziladi va Jamg‘arma kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
  3. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetalarining bajarilishi bo‘yicha yillik hisobot Jamg‘arma kengashi majlisida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi hamda Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
  4. Jamg‘arma ishchi organi tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish, shu jumladan, Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda Adliya vazirligining umumiy hisobotlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot topshiriladi.

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

  1. Jamg‘arma kengashi a’zolari Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli va samarali taqsimlanishi uchun javob beradi.
  2. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA

Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan mablag‘ ajratish

SXEMASI

Bosqichlar Mas’ul ijrochilar Tadbirlar Ijro muddati
1-bosqich Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘ olish uchun Nizom talablariga muvofiq Jamg‘arma kengashiga ariza bilan murojaat qilish. Jamg‘armadan mablag‘lar olish uchun zarur hujjatlarni taqdim etish. Zaruratga ko‘ra har yili dekabr oyining 15-sanasiga qadar
2-bosqich Jamg‘arma kengashi 1. Jamg‘armadan mablag‘ olish uchun Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish, tahlil etish va ko‘rib chiqish.

2. Jamg‘armadan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida yoki mablag‘lar ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Jamg‘arma kengashining navbatdagi yig‘ilishida
3-bosqich Jamg‘arma kengashi Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabarnoma yuborish. Jamg‘arma kengashining tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng 3 ish kuni ichida
4-bosqich Jamg‘arma kengashi Jamg‘armadan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti arizasida ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga Jamg‘armadan mablag‘lar o‘tkazish. Jamg‘arma kengashining tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng 15 ish kuni ichida
5-bosqich Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan tadbirlar amalga oshirilganini tasdiqlovchi hujjatlarni Jamg‘arma kengashi (Ishchi organ)ga taqdim etish. Tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng 15 ish kuni ichida

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 dekabrdagi 705-son qaroriga
3-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

  1. Vazirlar Mahkamasining «Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2012 yil 31 oktabrdagi 312-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 10-son, 78-modda):
  2. a) muqaddima «PF-5147-son» so‘zlaridan keyin ««O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 12 apreldagi PF-5414-son,» so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
  3. b) 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin»;

  1. v) 1-ilovada:

1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«1. Mazkur Nizom «Ipoteka to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 2 avgustdagi PF-4459-son, «Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 18 iyuldagi PF-5116-son, «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 10 avgustdagi PF-5147-son, «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 12 apreldagi PF-5414-son, «Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 13 iyuldagi PF-5482-son farmonlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2013 yil 13 noyabrdagi PQ-2065-son, «Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» 2017 yil 23 avgustdagi PQ-3240-son qarorlariga muvofiq tijorat banklari tomonidan sudyalarga, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar apparatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda sud organlari deb ataladi) xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi o‘rinlarda prokuratura organlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka krediti berish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizomning amal qilishi sudyalarga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalariga (keyingi o‘rinlarda sudyalar deb ataladi), sud organlari, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi»;

10-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar tijorat bankida sudyaning, sud organlari, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimining nomiga milliy valyutada ochilgan jamg‘arma hisob raqamida bo‘lishi kerak»;

II bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«II. Sudyalarning va sud organlari xodimlarining dastlabki badalni olishi, uni berish va qaytarish tartibi»;

11-banddagi «sudyaning sud organlari, xodimining» so‘zlari «sudyaning, sud organlari xodimining» so‘zlari bilan almashtirilsin;

199-banddagi «soliq» so‘zi «bojxona» so‘zi bilan almashtirilsin;

20-bandda:

uchinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi prokuratura» so‘zlari «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura» so‘zlari bilan almashtirilsin;

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«sudyani lavozimga tayinlash (saylash), O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlarini lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi tegishli qarorning, sud organlari, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxalari»;

23-banddagi «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi prokuratura» so‘zlari «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura» so‘zlari bilan almashtirilsin;

26-bandda:

ikkinchi xatboshidagi «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari» so‘zlari «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini» so‘zlari bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi xatboshidagi «ipoteka to‘g‘risida shartnoma, shuningdek kredit shartnomasi» so‘zlari «ipoteka to‘g‘risida shartnomani, shuningdek kredit shartnomasini» so‘zlari bilan almashtirilsin;

28-banddagi «sudya, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari,» so‘zlari «sudya, sud organlari, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi,» so‘zlari bilan, «sudyaning, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari,» so‘zlari «sudyaning, sud organlari, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi,» so‘zlari bilan almashtirilsin;

30-bandning birinchi xatboshisidagi «sud organlari O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi,» so‘zlari «sud organlari, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi,» so‘zlari bilan almashtirilsin;

32-banddagi «organlari xodimlari» so‘zlari «xodimlari» so‘zi bilan almashtirilsin;

  1. g) 2-ilovada:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom»;

1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 2 avgustdagi PF-4459-son, «Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 18 iyuldagi PF-5116-son, «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 10 avgustdagi PF-5147-son, «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 12 apreldagi PF-5414-son, «Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 13 iyuldagi PF-5482-son farmonlariga, shuningdek «O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2013 yil 13 noyabrdagi PQ-2065-son, «Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» 2017 yil 23 avgustdagi PQ-3240-son qarorlariga muvofiq sudyalarga, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar apparatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda sud organlari deb ataladi) xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi o‘rinlarda prokuratura organlari xodimlari deb ataladi), davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibini belgilaydi»;

Ushbu Nizomning amal qilishi sudyalarga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalariga (keyingi o‘rinlarda sudyalar deb ataladi), sud organlari, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi»;

2-bandda:

birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«2. Uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi (keyingi o‘rinlarda pul kompensatsiyasi deb ataladi) uy-joylar bilan ta’minlanmagan sudyalarga, sud organlari xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlariga, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno), lekin:»;

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Oila a’zolari uch kishi va undan ortiq bo‘lgan taqdirda (sudyaning, sud organlari xodimining, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlarining, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining o‘zini hisoblamagan holda) ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda sudyani tayinlash (saylash), sud organlari xodimini, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlarini, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini tayinlash joyiga kelgan oila a’zolari: xotini (eri), ularning bolalari va ota-onalari, shuningdek qonunchilikka muvofiq ijaraga oluvchining oila a’zolari deb e’tirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi»;

3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«3. Sudyaga, sud organlari xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlariga, davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi to‘lash sudya tayinlangan (saylangan) joyga kelgandan, sud organlari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlari, davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari tayinlangan joyga kelgandan keyin uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sudyaga tayinlangan (saylangan) joyida, sud organlari xodimiga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura xodimlariga, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga tayinlangan joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari to‘xtatilganda va tugaganda pul kompensatsiyasi to‘lash to‘xtatiladi»;

5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«5. Tayinlangan (saylangan) joyida ota-onalari yoki eri (xotini)ning ota-onalari uy-joylarida birga yashayotgan sudyalarga, tayinlangan joyida ota-onalari yoki eri (xotini)ning ota-onalari uy-joylarida birga yashayotgan sud organlari xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlariga, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi to‘lanmaydi»;

6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«6. Sudya, sud organlari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlari, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kommunal xizmatlar qiymatisiz amaldagi xarajatlar summasini ko‘rsatgan holda tegishli organ rahbariga ariza beradi»;

7-bandning ikkinchi xatboshisidagi «prokuratura,» so‘zi «prokuratura organlari xodimlariga» so‘zlari bilan almashtirilsin;

9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«9. Pul kompensatsiyasi miqdorini aniqlashda hisobga olinadigan oila tarkibi o‘zgargan taqdirda, sudyaning, sud organlari xodimining, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlarining, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining oila tarkibi o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilingan pul kompensatsiyasi miqdorini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizasi asosida yangi miqdorlardagi pul kompensatsiyasi belgilangan tartibda ushbu o‘zgarishlar boshlangan kundan boshlab to‘lanadi.

  1. Sudya, sud organlari xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlari, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari tomonidan ortiqcha olingan pul kompensatsiyasi summasi qonunchilikda belgilangan tartibda ish haqidan ushlab qolish yo‘li bilan to‘liq miqdorda undan undirib olinadi»;

11-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«11. Ushbu Nizomga muvofiq sudyalarga, sud organlari xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi».

  1. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risida» 2017 yil 13 apreldagi 206-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 4-son, 45-modda) 2-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlarining so‘roviga asosan boshqa sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil qilish».

  1. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyundagi 531-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019 y., 6-son, 139-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustavi 15-bandi o‘n ikkinchi xatboshisidagi «tarif stavkasining» so‘zlari «lavozim maoshining» so‘zlari bilan almashtirilsin.
  2. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 martdagi 180-son qarori(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2020 y., 3-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash, malakasi va huquqiy bilimini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
  3. a) 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«29. Tinglovchilar o‘quv jarayonidan quyidagi holatlarda davlat muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan chetlashtiriladi:

davlat muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun;

uzrli sabablarsiz 24 akademik soatdan ko‘p o‘quv mashg‘ulotlarini qoldirganlik uchun;

o‘z arizasiga asosan;

sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

vafot etganligi sababli»;

  1. b) 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshisi qo‘shilsin:

«34. Sud ekspertlarini qayta tayyorlash kursi bo‘yicha yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan sud ekspertlariga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq namunadagi sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat beriladi.

Yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan va kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lgan tinglovchilar qonunchilikda belgilagan tartibda davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida sud eksperti sifatida mehnat faoliyatini olib borishi mumkin.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari baholash yo‘nalishidagi sud ekspertizasi turlarini amalga oshirishda sud ekspertizalarini o‘tkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatga ega bo‘lganda, ulardan baholovchining malaka sertifikati talab qilinmaydi.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlariga sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat Nizomga 2-ilovaga muvofiq tartibda beriladi.

Yakuniy attestatsiya topshirgan tinglovchi attestatsiyadan o‘ta olmagan hollarda attestatsiya o‘tkazilgan kundan uch oy o‘tgandan keyin umumiy tartibda qayta attestatsiya topshirishga haqli.

Qayta yakuniy attestatsiyadan ham o‘ta olmagan tinglovchilarga sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat o‘rniga sud ekspertlarini qayta tayyorlash bo‘yicha kurslarda tahsil olganligi haqida ma’lumotnoma beriladi.

Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat berishni rad etish asoslari sud ekspertiza turlari bo‘yicha ta’lim dasturlarida belgilanadi».

  1. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 22 noyabrdagi 705-son qarorining 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2021 y., 11-son, 235-modda) beshinchi xatboshisida «xarajatlarni qoplash» so‘zlaridan keyin «, faoliyatini tashkil etish va doimiy ravishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash» so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2022 y., 09/22/705/1089-son)
Skip to content