O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi xuzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida o‘tkazilayotgan ekspertizalar orasida, Yong‘in-texnik ekspertizasi laboratoriyasi yong‘in xodisasi yuzasidan keng qamrovdagi masalalarni xal qilib, samarali xizmat qilib kelmoqda.
Sud yong‘in – texnikaviy ekspertizasi, Respublika sud ekspertizasi markazi bazasida 1981 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunga kadar o‘z ish faoliyatini davom ettirib kelmokda.
Yong‘in texnikaviy ekspertizasining oldiga kuyilgan vazifalardan biri, bu yong‘inning o‘chog‘i(markazi), uni tarqalish yo‘nalishlarini, ushbu yong‘inni kelib chiqishiga elektr va gaz moslama, asbob-uskunalarning nosozliklari aloka bo‘lgan-bo‘lmaganligini, yong‘inni kelib chikish sabablari xamda ushbu yong‘inlarni oldini olish maqsadida profilaktikaviy tavsiyanomalar berishdan iborat.
Sud ekspertizasi amaliyoti, ekspert xulosalarining daliliy axamiyatining yuqoriligini, ishonchliligini, namoyishliligini ta’minlash va ekspertiza muddatlarining qisqartirish uchun ekspert amaliyotiga yangi uslub va uslubiyotlarni va yuqori sezgir kriminalistik uskunalarni, innovatsion texnologiyalarni xamda ilmiy ishlar natijalarini tadbiq etish orqali erishish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda, Markazda xuquq tartibot organlaridan kelib tushgan qarorga va sudlardan kelib tushgan ajrimga asosan ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazib xulosa berish bilan bir vaqtda, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish xamda profilaktik ishlarni olib borish keng yo‘lga qo‘yilgan.
Sud yongin-texnikaviy ekspertizasi amaliyoti, bugungi kunga kelib, sodir bo‘layotgan yong‘inlar orasida, ya’ni bino, inshoot, uy-joy va boshka turli qurilmalarda sodir bo‘layotgan yong‘inlar bilan bir qatorda, avtotransport vositalarida sodir bo‘layotgan yong‘inlar xam ko‘pchilikni tashkil qilayotganligini ko‘rsatmoqda.
Buni, sodir bulgan yong‘in fakti yuzasidan RSEMga tayinlangan sud yongin-texnikaviy ekspertizasi qarorlaridan va uning asosida berilgan xulosalardan kuzatish mumkin.
Markazning Yong‘in-texnik ekspertizasi laboratoriyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17 yanvar 2019 yildagi 4125-sonli “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining “Yo‘l xaritasi”da ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi FVV Yong‘in xavfsizligi instituti bilan xamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilib, ularning asosida ekspertlar xizmatda foydalanish uchun uslubiy qo‘llanmalar yaratildi.
Hozirgi kunda ushbu ilmiy-tadqiqot ishlarining uslubiy qo‘llanmalari yong‘in-texnikaviy ekspertizasi va elektrotexnikaviy ekspertizalari tadqiqotlarini o‘tkazishda katta rol o‘ynamoqda.
Sud yong‘in-texnikaviy ekspertizasiga kelib tushayotgan materiallar orasida, murakkab va o‘ta murakkab ekspertiza tadqiqotlarini talab qiladiganlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Mazkur ekspertiza turi bo‘yicha surishtiruv va tergov idoralari tomonidan tayinlanayotgan ekspertizalar soni o‘sib borayotganligini va bu esa, ekspertizaga katta axamiyat berilayotgan-ligini ko‘rsatmoqda.
Sud yong‘in-texnik ekspertizasi keng ko‘lamdagi klasifikatsion va diagnostik masalalarni xal etadi.
Klassifikatsion masalalarga “Yongin havfsizligi qoidalari”, “Elektr qurilmalarni tuzilish qoidalari” va shu kabi me’yoriy xujjatlarning talab va qoidalarining buzilishi oqibatida sodir bulgan yong‘inlar bilan bog‘liq savollar kiradi.
Diagnostik masalalarga yong‘inning kelib chiqish mexanizmi tiklanilishi yo‘li bilan aniqlanadigan masalalar kiradi. Bulardan: yong‘inning kelib chiqishiga elektr tarmog‘i, gaz tizimi, texnologik jarayonlar, avariya xolatlar, tashqi yong‘in manbayi kabilarning yong‘inga sabab bo‘lganligi yoki yo‘qligini aniqlash masalalaridir.
Shuningdek, Markazimizga kelib tushayotgan yong‘inlar yuzasidan xujjatlarning besh yillik xisobotlar o‘rganib chiqilganda, yong‘inlarni kelib chikishiga 60-70 foizini elektr tarmoqlaridagi nosozliklar yoki elektr qurilmalarni tuzilish koidalariga rioya etilmaslik okibatida yuzaga kelishi va qolgan 30-40 foizini yong‘in havfsizligi koidalari, turmushda gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilmasligi, yosh bolalarni gugurt va ochik alanga bilan uynashi, payvandlash va extiyotsizligi okibatida, (tamaki, chugi, ochik alanga bilan ishlash, elektr va mexanik uchkunlar) xamda jinoyat izini yashirish maqsadida o‘t qo‘yishlari sabab bo‘lib xizmat qilayotganligini ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda SYTE tadqiqotlari asosida berilgan xulosalar odil sudni ta’minlashga katta xissa qo‘shib kelmoqda.
Yunusov X.