ISO/IEC 27001 xalqaro standarti talablari bo‘yicha AKT mutaxassislarini malakasini oshirilmoqda
Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida “ISO/IEC 27001 xalqaro standarti talablari bo‘yicha Adliya vazirligining AKT mutaxassislarini malakasini oshirish” yuzasidan o‘quv kursi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur treningni o‘tkazilishi fuqarolar shaxsiy maʼlumotlarining ishonchli himoyalash, inson omili bilan bog‘liq yuqori xavf sohalarini aniqlash va minimallashtirish, aniqlangan kamchilik yoki zaifliklarni bartaraf etish, yashirin xavflarni aniqlashga va ularni maqbul darajada kamaytirish, shuningdek, maxfiy maʼlumotlarni tashkilotning axborot tizimiga joylashtirishda xavflarni baholash va ushbu xavflarni qanday kamaytirishni tushunish imkonini hosil qilishga qaratilgan.
3 kun davom etadigan o‘quv kursi Adliya vazirligining VIP zalida SMS Systems kompaniyasi mutaxassislari Azam Ibragimov hamda Omonjon Ibroximov tomonidan olib boriladi.
Tadbir ishtirokchilari Axborot xavfsizligi menedjment tizimining ISO/IEC 27001 standarti talablari hamda ichki audit o‘tkazish to‘g‘risida o‘z malakalarini oshirishadi va o‘quv kursi songida tegishli sertifikatlarga ega bo‘lishadi.
Ma’lumot uchun: “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida 2022 yil 30 sentyabrda Adliya vazirligi respublika davlat organlari orasida birinchi bo‘lib axborot xavfsizligi menejment tizimining ISO/IEC 27001:2013 xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.