X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida Mustaqilligimizning 32-yilligiga bag’ishlangan bayram dasturi bo’lib o’tdi.
Tadbirni Markaz direktori A.Xalilov tabrik so’zi bilan ochib berib, barcha xodimlarni bayram bilan muborakbod etdi.
Bayram munosabati bilan Markazda faoliyat yuritib kelayotgan, samarali mehnati, erishilgan yuksak natijalari hamda yuklatilgan vazifalarni ma’suliyat va vijdonan bajarayotgan, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishda va Sud ekspertlik sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan bir qator xodimlar “Faxriy yorliq” bilan va ularning ota-onalari nomlariga yuborilgan “Tashakkurnomalar” bilan taqdirlanishdi.
Markaz jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan chin dildan muborakbod etib, kelgusi ishlarida omad tilab qoladi!