Rasmiy uchrashuvda Turkiya Respublikasining Toshkent elchixonasi Ichki ishlar maslahatchisi Murat Karausta va Mustafa Avji, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori o‘rinbosari U.Uzakov, Markazning Xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi boshlig’i S.Saidxodjayev va ushbu bo’lim mutaxassisi F.Kayumovalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Markaz direktorining o’rinbosari U.Uzakov tomonidan Markaz faoliyati va bugungi kundagi amalga oshirilgan islohotlar, takomillashtirilgan moddiy texnik baza haqida batafsil ma’lumot berildi.
Elchixona vakillari O’zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o’rtasida sud ekspertlik sohasida hamkorlikni rivojlantirish, birgalikdagi faoliyatning samaradorligini oshirish, ilmiy tadqiqotlar sohasidagi o’zaro sa’y-harakatlarni qo’llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligining sud ekspertiza muassasalari va Markaz o’rtasida hamkorlik o’rnatish masalalari ham muhokama etildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Elchixona vakillariga Markaz muzeyi va laboratoriyalari tanishtirilidi.