“1- Uzbekistan Halol Forum 2023” nomli Halol Forum bo’lib o’tdi!

O’zbekiston eksportchilar uyushmasi tomonidan “1- Uzbekistan Halol Forum 2023” nomli Halol Forumi tashkil etildi.

O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazilgan Forumda Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i N.Xalilova ishtirok etdi. Forum “Globallashuv olamida halollikning istiqbollari” shiori ostida o‘tkazildi.
Forumda O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni va Turkiyaning nufuzli Halol brendi doirasidagi ekspertlarining:

🔹O’zbekistonda ichki halol bozorini rivojlantirish;
🔹 Turli mamlakatlarning halol sertifikatiga bo‘lgan talablari;
🔹Halol sertifikatining istiqbollari va muammolari;
🔹Jahonda yagona Halol standartini joriy etish zarurati;
🔹Eksport imkoniyatlarini kengaytirish va yangi savdo ufqlarini ochish;
🔹“O‘zbekistonda Ziarat turizmini rivojlantirish istiqbollari” kabi mavzulardagi nutqlari tinglandi.

Ekspertlar Halol sanoatidagi voqealarga o‘zlarining professional baholarini berdilar.

Mazkur Forum O‘zbekistonda halol bo‘lgan asosiy tadbir hisoblanib, unda ilk bor mahalliy ishlab chiqaruvchilar va halol mahsulot, tovarlar va xomashyo yetkazib beruvchilar ishtirok etdilar.